Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


 Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
2. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat 
Rossiya Federatsiyasi bank tizimining birinchi pog’onasida Rossiya 
Markaziy banki turadi. 
Rossiya bank tizimining ikkinchi pog’onasida tijorat banklari turadi. 
Rossiya Markaziy banki naqd rublni emissiya qiladi, pul-kredit siyosatini 
ishlab chiqadi, tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi va rasmiy oltin-valyuta 
zaxiralarini boshqaradi. 
Rossiya Markaziy bankining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli 
uning pul-kredit siyosati orqali namoyon bo’ladi. 
Rossiya Markaziy banki tomonidan qo’llanilayotgan inflyatsion targetlash 
rejimida 2017 yilning oxiriga borib, inflyatsiyaning yillik darajasini 4 foizga 
etkazish maqsadi qo’yilgan. 2016 yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu 
maqsadga erishish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ya’ni, 2016 yilning yakuniga 
kelib, Rossiyada inflyatsiyaning yililk darajasi 5,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, 
2015 yil 31 dekabr holatiga ko’ra, Rossiyada inflyatsiyaning yillik darajasi 12,9% 
bo’lgan edi. 
165
Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 625-626. 
166
Markaziy banknnig iqtisodiy mustaqilligi deganda uning monetar siyosatni amalga oshirishda ixtiyoridagi pul-
kredit instrumentlaridan cheklovlarsiz, erkin foydalana olishiga aytiladi. Uning siyosiy mustaqilligi deganda 
monetar siyosatni amalga oshirishda Hukumatga va davlat organlariga nisbatan mustqilligiga aytiladi. 


 
2016 yilning iyun oyiga kelib, inflyatsiyaning darajasini sezilarli darajada 
pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini 
pasaytirish imkonini berdi.
Rossiya Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2016 yilning iyun va 
sentyabr oylarida 0,5 foizli punktga 2 marta pasaytirildi va yilning oxiriga kelib, 
qayta moliyalash stavkasining yililk darajasi 10,0 foizni tashkil qildi. 
Rossiya Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard va 
muddatli kreditlar berish qo’llanilmoqda.
Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan 
lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o’laroq, nafaqat yuqori 
likvidli hukumat qimmatli qog’ozlari bilan, balki reputatsiyasi yuqori bo’lgan 
Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog’ozlari bilan ham ta’minlanmoqda. 
Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining lombard kreditlari hajmini 
oshirishga imkon bermoqda. 
2015 yilda Rossiyada inflyatsiyaning yuqori bo’lishi rossiya rublining 
qadrsizlanishi bilan bog’liq bo’ldi. Rublning qadrsizlanishi hisobiga inflyatsiya 
darajasi qo’shimcha 4,5-5,0 foizli punktga oshdi. 
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalaridan pul-kredit 
siyosatining asosiy instrumenti sifatida foydalanadi. Shunisi xarakterliki, Rossiya 
Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda Rossiya 
hukumatining qimmatli qog’ozlaridan tashqari, yirki kompaniyalar va banklarning 
qimmatli qog’ozlaridan foydalanadi. Gazprom, Rosneft, Rosnano kabi yirik 
kompaniyalarning 
qimmatli 
qog’ozlari 
va 
Sberbank, 
Vneshtorgbank, 
Gazprombank kabi yirik banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar 
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektlari bo’lib 
hisoblanadi. 
Xitoy Xalq Respublikasi 1949 yilda tashkil topdi va shu munosabat bilan 
mamlakatda ikki pog’onali bank tizimi tashkil topdi. 
Birinchi pog’onada Xitoy Xalq banki turadi va u 1948 yilda tashkil etilgan. 
Xitoy Xalq banki Markaziy bank hisoblanadi. U dastlab tijorat banklari 
funktsiyalarini ham bajargan. Ushbu bank emission, depozit, hisob-kitob va kassa 
markazi vazifasini bajarar edi. 
1949 yilda Xitoy bank tizimining ikkkinchi pog’onasida qishloq xo’jalik 
kredit kooperativlari turar edi. Chunki, Xitoy kommunistik davlat bo’lganligi 
sababli 1949 yilda tijorat banklari tashkil etishga umuman ruxsat yo’q edi. 
1954 yilda Xitoy banki, Xitoy Xalq qurilish banki tashkil etildi, 1955 yilda 
Xitoy Qishloq xo’jalik banki tashkil etildi. Ushbu banklar faoliyatining mazmuniga 
ko’ra Xitoy Xalq bankining bo’linmalari hisoblanar edi. 
Hozirgi davrda Xitoy bank tizimi 2 pog’onali hisoblanadi. 
Xitoy bank tizimining birinchi pog’onasida Xitoy Xalq banki, uchta siyosiy 
bank va davlat nazoratida bo’lgan to’rtta yirik bank turadi. 
Siyosiy banklar – Davlat taraqqiyot banki, Xitoy qishloq xo’jaligini 
rivojlantirish banki, Xitoy eksport-import banki. 
Davlat nazoratidagi 4 ta yirik bank – Xitoy Savdo-sanoat banki, Xitoy banki, 
Xitoy Qishloq xo’jaligi banki, Xitoy Xalq qurilish banki. 


 
Xitoy bank tizimining ikkinchi pog’onasida aktsiyadorlik-tijorat banklari va 
qishloq xo’jalik kooperativ banklari kiradi. 
Xitoy Xalq banki 1995 yil 18 martda qabul qilingan “Xitoy Xalq banki 
to’g’risida”gi qonunga binoan haqiqiy markaziy bank maqomiga va vakolatiga ega 
bo’ldi. Ya’ni, Markaziy bank aholi va korxonalarga moliyaviy xizmatlar 
ko’rsatmaydigan bo’ldi, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish 
vakolatiga ega bo’ldi. 
Xitoy Xalq bankining 9 ta hududiy bo’linmasi mavjud: Ular Shanxay, 
nankin, Tyanzin, Tszin, Shenyan, Uxan, Guanchjou, Chendu va Sian viloyatlaridan 
joylashgan. 
Xitoy Xalq banki faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
1. Xitoy Xalq banki milliy valyuta – yuanni emissiya qiladi va uning 
muomalasini tashkil qiladi. 
2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. 
3. Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. 
4. Mamlakatdagi tijorat banklari va nobank kredit institutlari faoliyatini 
nazorat qiladi. 
5. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini shakllantiradi va boshqaradi. 
6. To’lov tizimining holati uchun javob beradi. 
Xitoy Xalq banki hozirgi davrda pul-kredit siyosatining quyidagi 
instrumentlaridan foydalanmoqda: 
– majburiy zaxira siyosati; 
– qayta moliyalash siyosati; 
– ochiq bozor siyosati; 
– valyuta siyosati. 
Xitoyda tashqi savdoning yirik miqdorda ijobiy saldoga ega ekanligi to’lov 
balansinning holatiga ijobiy ta’sir etgani holda, milliy valyutaning nominal 
almashuv kursini ko’tarilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu esa, Xitoy Xalq bankini 
milliy valyutaning nominal almashuv kursini nazorat qilishga majbur qiladi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish