Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


-jadval  Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017 yilning 1 yanvar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

1-jadval 
Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017 yilning 1 yanvar 
holatiga
162
 
Aktivlar tarkibi 
Aktivning jami 
aktivlardagi ulushi, 

Berilgan kreditlar 
95,1 
Sotib olingan qimmatli qog’ozlar 
4,3 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
0,6 
Aktivlar -jami 
100,0 
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Angliya Markaziy banki aktivlarining 
mutlaq asosiy qismini, ya’ni 95 foizdan ortiq qismini tijorat banklariga va Angliya 
Hukumatiga berilgan kreditlar egallaydi. 
Angdiya Markaziy banki aktivlarining umumiy hajmida salmog’iga ko’ra 
ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi. Bu esa, 
asosan, Angliya Hukumatining qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalardir. 
2017 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, Angliya Markaziy bankining aktivlari 
422 mlrd. 702 mln. funt sterlingni tashkil etdi. Shundan, berilgan kreditlar miqdori
401 886 mln. funt sterlingni tashkil etdi. 
2-jadval 
Angliya Markaziy banki passivlarining tarkibi, 2017 yilning 1 yanvar 
holatiga
163
 
Passivlar tarkibi 
Passivning jami 
passivlardagi ulushi, 

Depozitlar 
81,5 
Muomalaga chiqarilgan naqd pullar 
16,1 
Obligatsiyalar 
1,0 
Boshqa majburiyatlar 
0,3 
Kapital 
1,1 
Passivlar -jami 
100,0 
162
 
www.bankofengland.co.uk
 sayti ma’lumotlari. 
163
 
www.bankofengland.co.uk
 sayti ma’lumotlari. 


 
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining 
mutlaq asosiy qismini, ya’ni 81 foizdan ortiq qismini tijorat banklari va Angliya 
Hukumatining depozitlari tashkil etadi. Ushbu depozitlarga quyidagilar kiradi: 
* Angliya tijorat banklarining Markaziy bankda ochilgan “Vostro” vakillik 
hisobraqamlaridagi pul mablag’lari; 
* tijorat banklarining Angliya Markaziy bankidagi muddatli depozit 
hisobraqamlaridagi pullar; 
* Angliya Hukumatining Markaziy bankda ochilgan joriy hisobraqamidagi 
pullar; 

Angliya 
Hukumatining 
Markaziy 
bankdagi 
muddatli 
depozit 
hisobraqamidagi pullar. 
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining 
hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni muomalaga chiqarilgan naqd pullar 
egalalydi. Bu esa, naqd funt sterlingni naqat Angliya ichkarisida, balki xoriijy 
mamlakatlarda ham ishlatilishi bilan izohlanadi. 
AQShda monetar siyosatni Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshiradi. 
AQSh FZT monetar siyosatni amalga oshirishda qayta moliyalashtirish 
siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati va depozit siyosatidan faol tarzda 
foydalanadi. Majburiy zaxira siyosati FZT uchun monetar siyosat instrumenti 
hisoblanmaydi. 
FZTning kreditlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda muhim o’rin 
tutadi. FZT tijorat banklariga bir vaqtning o’zida bir necha turdagi markazlashgan 
kreditlarni taklif etadi. Xususan, diskontli kreditlar, lombard kreditlari, overdraft va 
overnayt kreditlari keng qo’llaniladi. 
AQSh Hukumati qimmatli qog’ozlari emissiya hajmining katta ekanligi 
FZTga ochiq bozor siyosatidan monetar siyosatning asosiy instrumenti sifatida 
foydalanish imkonini beradi. 
AQSh FZT monetar siyosat instrumentlaridan makroiqtisodiy o’sish 
sur’atlariga ta’sir etish maqsadida aktiv foydalanib kelmoqda. Masalan, 2001 yilda 
AQSh iqtisodiyotida retsessiya belgilarining paydo bo’la boshlaganligi FZTni 
“arzon pullar” siyosatini qo’llashga majbur qildi va natijada 2001-2004 yillarda pul 
massasining oshishini rag’batlantiruvchi ekspansionistik monetar siyosat olib 
borildi. Ushbu siyosatning natijasi o’laroq, AQSh hukumatiga tegishli pul 
mablag’lari bo’yicha belgilangan stavka 2001 yildagi 6,5 foizdan 2004 yil dekabr 
oyiga kelib, 1,75 foizga tushdi
164

AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, 
Buyuk Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Chunki, 
ularning xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. 
Shu sababli, 1999 yil yanvarda Yaponiya va Germaniya Moliya vazirlari AQShga 
dollar, evro va ienning kurslarini o’zaro bir-biriga bog’lashni taklif qildilar. Ammo 
AQSh Federal zaxira tizimining o’sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya 
vaziri R.Rubin ushbu taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko’ra, mazkur 
uch etakchi valyuta kurslarini o’zaro bir-biriga bog’lashni joriy etish AQSh 
164
OECD Economic Outlook, Vol. №73, 2003/ I. - June, pp. 38-39. 


 
Federal zaxira tizimining ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 
pul-kredit siyosatining mustaqilligiga putur etkazadi
165

AQShda 1913 yil 23 dekabrda qabul qilingan “Federal zaxira tizimi 
to’g’risida”gi qonunga muvofiq, Federal zaxira tizimi (FZT) monetar siyosatni 
ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
AQSh FZTning oliy Boshqaruv organi bo’lib, Boshqaruvchilar kengashi 
hisoblanadi. Aynan, Boshqaruvchilar kengashi monetar siyosatning asosiy, tayanch 
masalalari bo’yicha qarorlar qabul qiladi. Jumladan, Kengash, hisob stavkasini 
o’rnatadi va o’zgartiradi, tijorat banklariga nisbatan majburiy zaxira 
talabnomalarini belgilaydi, trattalarni qayta hisobga olish kontingentini aniqlaydi. 
FZTning yana bir boshqaruv organi bo’lib, ochiq bozordagi operatsiyalar 
bo’yicha Federal qo’mita bo’lib, u federal zaxira banklar savdo qiladigan davlat 
qimmatli qog’ozlarini sotib olish va sotish strategiyalarini ishlab chiqish bilan 
shug’ullanadi. 
AQSh FZTning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligining ta’minlanganligi 
monetar siyosatning samaradorligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi
166

AQSh FZT inflyatsion targetlashni qo’llamaydi, balki pul massasining o’sish 
sur’atlarini nazorat qiladi. AQSh Kongressi 1978 yilda FZTga pul massasining 
o’sish sur’atlarini nazorat qilish majburiyatini yukladi. Unga ko’ra, mamlakatda 
baholar barqarorligiga erishish maqsadida har yili kelgusi yil uchun pul 
massasining o’sish sur’ati FZT tomonidan e’lon qilinadi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish