maqsadiga – milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va jamiyatda baholar
barqarorligiga erishishga xizmat qiladi.
Kanada va Yangi Zelandiyada hukumat inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichidan inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishni rag’batlantirish
maqsadida
foydalandi va maqsadli ko’rsatkichga erishish uchun 18 oylik muddatni
belgilashdi. Mazkur muddat tugagandan so’ng, inflyatsiyaning darajasini
bosqichma-bosqich pasaytirish maqsadida, Yangi Zelandiyada yana 12 oylik,
Kanadada – 18 oylik muddat belgilandi. Belgilangan yangi muddatlar tugagandan
so’ng har ikkala mamlakatda inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichini ta’minlashga
muvaffaq bo’lindi va har ikkala mamlakatda yana besh yillik davrga
inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichi belgilandi. Buyuk Britaniyada 1997 yilning
o’rtalarigacha, ya’ni mamlakat parlamentining vakolat muddati tugagunga qadar
bo’lgan davrda inflyatsiyadan maqsadli ko’rsatkich sifatida foydalanildi. 1997
yilning o’rtalariga qadar inflyatsiya 1 foizdan 4 foizgacha diapazonda belgilangan
yo’lakcha doirasida bo’lishi lozim edi. Undan keyin cheklanmagan vaqt
mobaynida inflyatsiya darajasi 2,5 foizdan past darajada
barqarorlashishi lozim
edi. Shunisi xarakterliki, boshqa davlatlardan farqli o’laroq, Avstraliyada
inflyatsiya bo’yicha maqsadli ko’rsatkichga erishish uchun olingan vaqt iqtisodiy
faollik tsiklining davomiyligiga mos bo’lishi lozim edi
158
.
Ayni vaqtda, inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichidan pul-kredit siyosatining
indikatori sifatida foydalanmagan davlatlarda ham inflyatsiyaning pasayishi
kuzatilmoqda. Masalan, AQShda inflyatsiyaning yillik darajasi 2001 yilda 2,8
foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2003 yilda 2,7 foizni tashkil qildi. Yaponiyada esa,
2001 yildan boshlab deflyatsiya kuzatilmoqda. Ammo shuni e’tirof etish joizki,
inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida
foydalangan davlatlarda inflyatsiyaning pasayish sur’ati bu ko’rsatkichdan
indikator sifatida foydalanmagan rivojlangan davlatlardagiga qaraganda yuqori
bo’ldi. Masalan, Buyuk Britaniyada 2005 yilda 2001 yilga nisbatan inflyatsiyaning
yillik darajasi 1,0 foizli punktga pasaydi. AQShda
esa mazkur davr mobaynida
inflyatsiyaning yillik darajasi 0,6 foizli punktga pasaydi
159
.
Inflyatsiya bo’yicha maqsadli ko’rsatkichlarni belgilashda davlatlar o’rtasida
mavjud bo’lgan asosiy farqlardan yana biri maqsadli ko’rsatkich atrofida
o’rnatiladigan yo’lakcha diapazoning kengligidir. Masalan, Avstraliya va
Finlyandiyada inflyatsiyani maqsadli ko’rsatkichi aniq daraja sifatida olindi.
Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniyada inflyatsiya bo’yicha
maqsadli ko’rsatkich yo’lakcha sifatida belgilandi. Ispaniyada esa maqsadli
ko’rsatkich inflyatsiya sur’atlari chegarasi sifatida o’rnatildi. XVF ekspertlarining,
shu jumladan, P.Masson, M.Savastano va S. Sharmalarning fikriga ko’ra,
158
Определение целевых показателей инфляции как основа денежно-кредитной политики. Результаты
исследований экспертов МВФ:
Вашингтон, 1999. - С. 5.
159
«International Financial Statistics» byulleteni ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
yo’lakning kengligi pul-kredit siyosati orqali inflyatsiya sur’atlarini boshqarishni
takomillashganligidan kelib chiqadi
160
.
Shveytsariyada
inflyatsiya
sur’atlarini o’rta muddatli targetlash
qo’llanilmoqda. 1990 yildan boshlab uch yil muddatga inflyatsiyaning maqsadli
ko’rsatkichlari o’rnatilmoqda. (1990 yilga qadar inflyatsion targetlash bir yil
muddatga amalga oshidilar edi). Shu sababli, Shveytsariya Milliy banki pul-kredit
siyosatining bosh maqsadi nafaqat milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash,
balki o’rta muddatli davriy oraliqda baholarning barqarorligini ta’minlash ham
hisoblanadi. Hozirgi davrda baholarning o’sishiga nisbatan belgilangan yillik
maksimal chegara 2 foizni tashkil qiladi. Shuni alohida e’tirof etish joizki,
Shveytsariya Milliy banki baholarning qisqa va o’rta muddatli davriy oraliqlardagi
barqaror darajasini ta’minlashga muvaffaq bo’lmoqda. Chunonchi, 1975-2000
yillarda baholarning o’rtacha yillik o’sishi 2,79 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2001
yilda bu ko’rsatkich 1,0
foizni tashkil qildi
161
.
Do'stlaringiz bilan baham: