2. MAVZUNING DOLZARBLIGI
Bugun ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillari, maxsus transport vositalari avtomobilsozlik sohasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning o‘tgan yigirma to’rt yillik tinimsiz izlanishlari, samarali mehnat va orttirilgan boy tajribalari mahsulidir. Shu bois, o‘tgan davr mobaynida hammamiz uchun qadrdon bo‘lib qolgan mazkur transport vositalari hayotimizning ajralmas qismiga, milliy g‘ururimizga aylandi.
Yildan-yilga barqaror rivojlanish yo‘lidan dadil odimlayotgan yurtimizda sanoatimizning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lmish avtomobilsozlikning izchil taraqqiy topishi ko‘p jihatdan amaldagi qonunlar, mavjud shart-sharoitlar va inson omiliga bog‘liq. Shu jihatdan olganda, yurtimiz avtomobilsozlik sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlanayotgani milliy avtomobilsozligimiz istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biriga aylanib bormoqda. Davlatimizda ishlab chiqarishdagi asosiy kuch sifatida asosan yoshlarga alohida e'tibor qaratilayotgani va ularning o‘z sohasidayetuk va malakali kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganini, birgina mamlakatimiz avtomobil sanoati misolida ham kuzatishimiz mumkin. Chunki yurtimiz avtomobil sanoatiga tamal toshi qo‘yilgan ilk kunlardanoq sohada malakali va yetuk kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon mashinasozlik instituti, Asaka va Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kollejlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi va ushbu maskanlarda yoshlarga xalqaro standartlar bo‘yicha ta'lim berilayotgani ushbu e'tiborning amaliy natijasi hisoblanadi. «Uzavtosanoat» AJ tomonidan, tizimdagi korxona va tashkilotlar hamda sanoat va avtomobilsozlikka ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. U talabalarning ishlab chiqarishdagi tajribasini tashkil qilishga, ularni ish bilan ta'minlashga va oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.
Bugun O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qator korxonalarni o‘z ichiga oladi. Mahalliylashtirish dasturiga ko‘ra, xorijnikidan aslo qolishmaydigan o‘ta sifatli ehtiyot qismlar va nozik detallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan turli yo‘nalishdagi ko‘plab qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Bamperlar, pribor panellari, o‘rindiqlar, avtoemallar, germetiklar, avtomobil salonining ichki qoplash qismlari, glushitel, trubalar, balkalar ishlab chiqaradigan korxonalar shular jumlasidandir. "UzAuto Motors” korxonasining talablariga javob beradigan xususiy ishlab chiqaruvchilar esa turli xil boshqa ehtiyot qismlarni yetkazib bermoqda. Yurtimizda yengil avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgach, ularga xizmat ko‘rsatuvchi keng tarmoqli butun bir infratuzilma yaratildi. Xususan, joylarda ochilgan jahon andozalari talablariga to‘liq javob beradigan, ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlangan, avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatuvchi ko‘plab shoxobchalar ishining yo‘lga qo‘yilgani yurtimizda bu soha jadal taraqqiy etayotganidan dalolatdir.
Endilikda milliy iqtisodiyotimizning turli yo’nalishlarining tarkibiy qismlarni jahon bozori bilan qiyosiy o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbеkiston milliy iqtisodiyoti – jami sohalar, asotsatsiyalar, korxonalar, tashkilotlarninig yig’indisi bo’lib, ular iqtisodiy tizimga umumiy qonunlar va rivojlanish maqsadlariga asoslangan holda birlashgan.
Ana shu fikrlarning davomi sifatida hozirgi zamon o’titishning zamonaviy texnologiyalarini tashkil qilishda o’quv laboratoriya xonalarini jihozlash va o’quv stendlaridan foydalanib o’quv mashg’ulotlarini olib borish dars sifatini oshirishga va talabalar bilimini mustahkamlashga kerak bo’ladi.
Bugungi kunda vatanimizda mahalliylashtirish dasturi asosida ko`plab korxonalar barpo etilayotganligi, xususan avtomobil qismlarini yetkazib beruvchi korxonalardan “O`zERAE Climate Control” QKda avtomobil radiatorlari ishlab chiqarilishi keng yo’lga qo’yilgan. “O`zERAE Climate Control” qo’shma korxonasi 2011-yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
“Uzavtosanoat”AJ-57% , “ERAE cs limited” Janubiy Koreya-40%,
“Avtosanoat invest”-3% ulushni tashkil etadi.
Vatanimizda yangi avtomobillarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yilishi munosabati bilan ularning qismlarini mukammal o`rganish kerakligi ayon bo`lmoqda. Bu o`z navbatida avtomobil qismlarini O`zbekistonda yaratish boshlang`ich qadam bo`lishi mumkin, bu esa bugungi kunning eng dolzarb masalaridan biridir. Chunki, avtomobil uchun har bitta detal juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, radiator ham. Shuning uchun men bitiruv malakaviy ishimni “Yengil avtomobil radiatorlar sinovi” mavzusini “O`zERAE Climate Control” qo’shma korxonasida bajarishga kirishdim. “O`zERAE Climate Control” qo’shma korxonasida avtomobil radiatorlarini yig’ish jarayonini o’rganib chiqdim va shu asosda bitiruv malakaviy ishimni bajardim
Do'stlaringiz bilan baham: |