Kafedrasi abdullayev utkir azimovich



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
 
 
 
 
 
 
 
170
www.nationalbank.kz 


 
 
7- mavzu. O’zbekistonda monetar siyosatning o’ziga xos xususiyatlari 
 
Reja 
 
1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining strategik 
va taktik maqsadlari.
2.O’zbekiston Markaziy banki monetar siyosatining instrumentlari va 
ulardan foydalanish amaliyoti.
3.Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo’nalishlari.
4.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida 
Markaziy bank monetar siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining 
strategik va taktik maqsadlari.
Pul-kredit siyosatining strategik maqsadi sifatida iqtisodiy adabiyotlarda 
milliy 
valyutaning 
barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar 
barqarorligiga erishish e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to’g’risidagi qonunda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik 
maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi e’tirof etilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik 
maqsadi bo’lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanar edi. 
Qator taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining pul-kredit siyosat 
maqsadlaridan 
farqli 
ravishda, 
O’zbekiston 
Respublikasida 
baholar 
barqarorligiga erishish Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadi 
hisoblanmas edi. 
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9-
yanvardagi PF-5296 sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga 
asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-
kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustudan 
samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni 
ta’minlash maqsadida quyidagilarni ta’minlash Markaziy bank faoliyatining 
strategik maqsadli yo’nalishlari deb hisoblandi:
171

narxlar barqarorligi; 

bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi; 

to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi. 
AQSh FZT to’g’risidagi qonunda ham milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlash va baholar barqarorligini saqlab turish pul-kredit siyosatning strategik 
maqsadi ekanligi o’z ifodasini topgan. Bu esa, pul-kredit siyosatning strategik 
maqsadi xususida munozarali holatlarning mavjud emasligidan dalolat beradi. 
171
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 9 январдаги “Ўзбекистон Республикаси Марказий 
банкининг фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”гиПФ-5296-сонли Фармони. 


 
Pul-kredit siyosatning strategik maqsadi xususida munozarali holatlar 
mavjud bo’lmasada, uning taktik maqsadlaridan foydalanish xususida bir-biridan 
keskin farqlanuvchi munozarali qarashlar mavjud.
Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatning taktik maqsadlari sifatida pul 
massasining o’sish sur’ati, milliy valyutaning nominal almashuv kursi, nominal 
foiz stavkasi, inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlaridan foydalanilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasida yaqingacha rasman pullar taklifini tartibga solish 
Markaziy bank pul-kredit siyosatining taktik maqsadi hisoblanar edi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
3272-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 
yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi 
pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutaning 
mustahkamligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi. Bunda 
mamlakatda ichki narxlar barqarorligini samarali ta’minlash maqsadida o’rta 
muddatli istiqbolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar markaziy banklari 
tomonidan keng qo’llanilayotgan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-
bosqich o’tish vazifalari belgilandi. 
O’ylaymizki, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining inflyatsion 
targetlash rejimiga o’tishi o’z navbatida, valyuta bozori faoliyatini 
liberallashtirishdan keyingi davrda faol pul-kredit siyosati yuritish bosqichiga 
o’tilishi va bank tizimida nazorat choralarining kuchaytirilishiga iqtisodiy zamin 
bo’lib xizmat qiladi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish