Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


O’zbekiston Markaziy banki monetar siyosatining instrumentlari va



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
2.O’zbekiston Markaziy banki monetar siyosatining instrumentlari va 
ulardan foydalanish amaliyoti.
O’zbekiston Respublikasida monetar siyosatni isloh qilish jarayonlarini 
shartli ravishda besh bosqichga bo’lish mumkin. 
Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni qamrab oladi. 
Ushbu bosqich monetar siyosatni shakllantirishning dastlabki bosqichi 
hisoblanadi va bunda asosiy e’tibor ikki pog’onali bank tizimini yaratish uchun 
zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yuzaga keltirish, davlat iqtisodiyotining ustuvor 
tarmoqlarini, 
shu 
jumladan, 
sanoat 
potentsialini 
kuchaytirish 
va 
rag’batlantirishga qaratildi. 
Respublikamizda monetar siyosatni isloh qilishning ikkinchi bosqichi 1994-
2000 yillarni o’z ichiga oladi. Ta’kidlash joizki, mazkur bosqichda O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari faoliyatining qonunchilik 
asoslari yaratildi. 1995 yil 21 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining Markaziy 
banki to’g’risida”gi qonun, 1996 yil 25 aprelda esa, “Banklar va bank faoliyati 
to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. 
“O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunga 
muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi: 
- monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 


 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 
- O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashki 
etish va ta’minlash; 

banklar, 
mikrokredit 
tashkilotlari 
va 
garovxonalar 
faoliyatini 
litsenziyalash hamda tartibga solish, ular faoliyatini nazorat qilish, qimmatli 
qog’ozlar blanklarini ishlab chiqarishni litsenziyalash; 
- O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, 
kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holdasaqlash va tasarruf etish; 
- davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilanbirgalikda tashkil 
etish. 
Bundan tashqari, mazkur qonunga muvofiq, Markaziy bankka monetar 
siyosatni mustaqil amalga oshirish bo’yicha quyidagi vakolatlar berildi: 
- muomaladagi pul massasini tartibga solish parametrlarini belgilash; 
- tijorat banklari uchun majburiy zaxira me’yorlarini belgilash; 
- Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini belgilash; 
- tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari uchun iqtisodiy 
normativlarni belgilash; 
- ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish; 
- ichki valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini 
o’rnatish. 
Monetar siyosatni isloh qilishning uchinchi bosqichi 2000-2003 yillarni 
qamrab oladi. 
Ushbu bosqichda asosiy e’tibor milliy valyutaning almashuv kursini 
erkinlashtirish va unifikatsiya qilishga qaratildi. Chunki, O’zbekistonda 2003 
yilning 15 oktyabridan boshlab joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha cheklovlar 
bekor qilindi. Chunki, 2003 yil 8 oktyabrda O’zbekiston hukumati Xalqaro 
valyuta fondi nizomining VIII-moddasi bo’yicha majburiyatlarni qabul qildi. 
Milliy valyuta bozorining rivojlanmaganligi, uning likvidlilik darajasining 
pastligi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda foydalaniladigan 
moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi.
Masalan, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining pastligi milliy va 
xorijiy valyutadagi sof aktivlarning uzluksiz harakatlanishiga to’sqinlik qiladi, 
derivativlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini bermaydi, import 
to’lovlari bilan bog’liq bo’lgan konversion operatsiyalar hajmining kamayishiga 
sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi 
miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada, milliy valyutaning 
almashuv kursi barqarorligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga kelishi 
mumkin.
To’lov balansida asosiy tushum moddasi eksport bo’lgan o’tish iqtisodiyoti 
mamlakatlari uchun tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi miqdorining 
kamayishi jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Ana shunday muammolardan 
biri inflyatsiya darajasining oshishi va milliy valyuta nominal almashuv 
kursining nobarqarorligi hisoblanadi. O’z navbatida, valyuta kursining 
nobarqarorligi aholi turmush darajasining yomonlashishiga olib keladi, to’lov 
balansining holatiga salbiy ta’sir qiladi va shuning asosida milliy valyuta kursiga 


 
nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevralda 
qabul qilingan 63-sonli “Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, kassa rejalarini 
nazorat qilish kabi eskirgan usullar bekor qilinib, uning o’rniga bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan, zamonaviy, tez ta’sirchan kuchga ega 
bo’lgan uslublar joriy etildi. Bu esa, Markaziy bankka monetar siyosatning 
bevosita dastaklariga nisbatan uning bilvosita dastaklaridan kengroq 
foydalanishga imkon yaratdi. 
Monetar siyosatni isloh qilishning to’rtinchi bosqichi 2003-2008 yillarni o’z 
ichiga oladi. Ushbu bosqichda bank tizimining kapitallashish darajasini oshirish, 
davlat banklarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, xususiy banklar 
va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va kengaytirish, 
fuqarolarning banklardagi omonatlarini sir saqlanishi va kafolatlanishi hamda 
kredit tarixi axborot tizimlarining yaratiliish, tijorat banklarini ularga xos 
bo’lmagan funktsiyalardan bosqichma-bosqich ozod etish vazifalariga qaratildi. 
Monetar siyosatni isloh qilishning beshinchi bosqichi 2008 yildan hozirgi 
kunga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotiga ta’sirini pasaytirish maqsadida inqirozga qarshi 
choralar dasturi ishlab chiqildi.Ushbu Dastur O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real 
sektori korxonalarini qo’llab – quvvatlash, ularning barqaror ishlashini 
ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
farmonida o’z ifodasini topdi. 
Inqirozga qarshi choralar dasturi dasturi doirasida respublikamizning 
etakchi banklarining kapitallashish darajasi Davlat byudjetining mablag’lari 
hisobidan oshirildi.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish