Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


-jadval  O’zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar indikatorlar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

2-jadval 
O’zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar indikatorlar
176
 
 
Ko’rsatkichlar 
Yillar 
2013 
2014 
2015 
2016 
2017 
Markaziy 
bankning 
qayta 
moliyalash 
stavkasi, % 
12,0 
10,0 
9,0 
9,0 
14,0 
Tijorat 
banklarining 
so’mda berilgan 
kreditlarining o’rtacha yillik foiz stavkasi, 

13,0 
12,5 
11,4 
11,5 
18,5 
Inflyatsiyaning yillik darajasi,% 
6,8 
6,1 
5,6 
5,7 
14,4 
Tijorat banklari kreditlari, trln. so’m 
26,5 
34,8 
42,7 
53,4 
108,5 
Tijorat banklari depozitlari, trln. so’m 
26,1 
28,5 
35,6 
44,6 
58,7 
Tijorat banklari kapitali, trln. so’m 
6,5 
6,9 
7,8 
9,4 
23,7 
175
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b.
176
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan shakllantirildi. 


 
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2017 yilda oldingi yillarga nisbatan 
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini, tijorat banklarining so’mda 
berilgan kreditlarining o’rtacha yillik foiz stavkasini va inflyatsiya darajasini 
keskin oshib ketishi yuz berdi. Bu esa, milily iqtisodiyot rivojiga nisbatan salbiy 
ta’sirni yuzaga keltiradi. 
Shuni alohida e’tirof etish joizki, Markaziy bank tomonidan amalga 
oshiriladigan pul-kredit siyosatini takomillashtirib borilishi hamda bank tizimini 
davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi mamlakat bank tizimining 
barqarorligini ta’minlashda muhim rol o’ynadi. Xususan, pul-kredit siyosatini 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijasi o’laroq, inflyatsiya 
darajasini keskin pasaytirishga muvaffaq bo’lindi. 1994 yilda inflyatsiyaning 
yillik darajasi 1132 foiz bo’lgan bo’lsa (haqiqiy giperinflyatsiya), 1997 yilda 
ushbu ko’rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi 362-sonli 
“O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy qo’llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 1995 yil 9 noyabrdagi “O’zbekiston 
bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1997 yilning 31 
dekabriga qadar soliq to’lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
bilan ta’minlash imkonini berdi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul 
mablag’laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag’laridan muomaladagi pul 
massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib 
tushish vaqti bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti o’rtasidagi farq 
tufayli ma’lum miqdordagi pul mablag’larini to’planishi yuz beradi. Markaziy 
bank ana shu pul mablag’laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy 
banki, ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag’lari muomaladagi pul 
massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb ataladi. 
Markaziy bank tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamlaridagi 
ortiqcha pul mablag’larini o’zining depozit hisobraqamlariga jalb etish yo’li 
bilan bank tizimining likvidligiga va tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga 
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. 
Shunisi muhimki, Markaziy bankning depozit siyosati qayta moliyalash va 
ochiq bozor siyosatlari bilan uyg’unlikda olib borilsa katta samara berishi 
mumkin. Ammo respublikamizda mazkur instrumentlar o’rtasidagi uyg’unlikni 
ta’minlashning hozircha imkoni yo’q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank 
tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. 
Buning ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga 
oshirilmayapti. 
Markaziy bankning monetar siyosati tijorat banklarining kreditlash 
salohiyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu sababli, qator 
xorijiy davlatlar tajribasini monetar siyosat aniq yo’naltirilgan restriktsion yoki 
ekspansionistik mazmunga ega bo’lishi lozim. Xususan, AQSh FZTning tajribasi 


 
ko’rsatdiki, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va bank tizimining likvidligini 
ta’minlash maqsadida nollik hisob stavkasi qo’llanilmoqda. Bu esa, birinchidan, 
tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularni kreditlash 
imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining 
foiz stavkalarini oshishiga va natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining tijorat 
banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonin beradi. 
Shunisi xarakterliki, respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan 
ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining kredit ekspansiyasi o’rtasida 
ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki, 
bir tomondan, tijorat banklari kredit ekspansiyasi ko’lamining keng emasligi 
(kreditlarning YaIMga nisbatan darajasi bilan o’lchanadi) iqtisodiyotning pul 
mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga to’sqinlik qilsa, ikkinchi 
tomondan iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining past 
ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski darajasining yuqori bo’lishiga 
sabab bo’lmoqda. Buning sababi shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
tomonidan etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar haqini o’z vaqtida 
to’lanmasligi ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-
3272-sonli qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish 
operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni 
kengaytirish, majburiy zaxira me’yorlarini qo’llashni takomillashtirish talablari 
o’z aksini topgan. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonida pul-kredit siyosatini takomillashtirish 
bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan: 
–.milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqat 
bozor mexanizmlarini qo’llash; 
– milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar 
siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va 
moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog’ozlari bozorini 
rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli 
qog’ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bo’yicha operatsiyalarni 
amalga oshirishni amaliyotga joriy etish; 
– monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining 
mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o’sishining oldini 
olish. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish