Kafedrasi abdullayev utkir azimovich



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
 
 
 
 
 
 


 
8-mavzu. Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda 
monetar siyosatning ahamiyati
 
REJA 
1. Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
2. Moliyaviy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
3. Monetar siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi 
ahamiyati.
4. Mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash 
va uni mustahkamlash yo’llari. Restriktsion monetar siyosat. Ekspansionistik 
monetar siyosat. 
 
1. Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar.
Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik deyilganda - mamlakatda asosiy 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o’sishi, inflyatsiya, 
valyuta kursi, ishsizlik darajasi, to’lov balansi va boshqalarning muvozanati 
buzilmasdan iqtisodiyotning barqaror holda rivojlanishi tushuniladi.
Moliyaviy barqarorlik esa – mamlakatda valyuta kursi, foiz stavkalari, bank 
tizimi, moliya, pul va valyuta bozorlarining, soliq-byudjet sohasining jiddiy 
tebranishlarga uchramasdan, o’zaro aloqadorlikda rivojlanishidir. Bunda moliyaviy 
barqarorlikning eng asosiy shartlaridan biri milliy valyuta kursi boshqa xorijiy 
valyutalarga nisbatan barqaror bo’lishi kerak.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka 
erishish muammosi har bir davlat uchun Hukumat tomonidan olib boriladigan 
iqtisodiy siyosatidagi eng muhim, o’ta mas’uliyatli va murakkab vazifa bo’lib 
kelgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichida har bir mamlakat, 
xususan MDH davlatlari kabi O’zbekiston ham ishlab chiqarishning pasayishi, 
inflyatsiya darajasining o’sishi, giperinflyatsiya jarayonlari, moliyaviy mablag’lar 
etishmasligi, byudjet taqchilligi, to’lov balansi muvozanatining buzilishi kabi 
makroiqtisodiy muammolarga duch kelgan va bartaraf etgan.
Iqtisodiyotdagi bunday salbiy holatlarni bartaraf etish uchun har qanday 
mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga 
yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun Hukumat pul-
kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq 
maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini 
to’xtatish, inflyatsiya darajasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek mas’uliyatli maqsadga qisqa vaqtda 
erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni 
muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi.


 
Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish uchun, har doim ham 
qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal 
siyosatining ta’siri etarli deb bo’lmaydi, albatta.
Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator 
tuzilmaviy 
va 
iqtisodiy 
islohotlarni 
qamrab 
oluvchi 
makroiqtisodiy 
barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi zarur.
Hukumat tomonidan belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun 
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi: 

institutsional islohotlar; 

narxlarni erkinlashtirish; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish; 

moliya tizimini isloh qilish; 

joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutaning konvertatsiyasini 
ta’minlash; 

zamonaviy to’lov tizimini yaratish; 

qimmatli qog’ozlar bozorini yaratish; 

iqtisodiy siyosatning va moliya tizimining ochiqligini ta’minlash; 

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini 
jadallashtirish; 

iqtisodiyot real sohasini tubdan o’zgartirish; 

bozor infratuzilmasini to’liq shakllantirish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish jarayonlari tezlashadi hamda bozor 
infratuzilmasi va mexanizmlari to’liq ishlaydigan iqtisodiyotga asos solinadi. 
O’z navbatida, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan 
bosqichlardan iborat bo’lib, jamiyatning barcha sohalarida islohotlarni amalga 
oshirishni taqazo etadi. Xususan, bozor iqtisodiyotiga o’tish: 

iqtisodiy faoliyatni, baholar va bozorlarning amal qilishini, 
mablag’larni eng yuqori samaradorlik bilan ishlatilishini ko’zda tutgan holda 
erkinlashtirishni; 

iqtisodiy 
barqarorlikni 
ta’minlashga va moliya bozorlarini 
rivojlantirishga mo’ljallangan bilvosita vositalarni yaratishni; 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali boshqarishni ta’minlash va 
xususiylashtirish jarayonlarini kengaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni 
oshirishni; 

samaradorlikni 
oshirishga 
zamin 
yaratuvchi 
qat’iy byudjet 
cheklovlarini o’rnatishni; 

qonun ustuvorligi, mulkdorlik huquqini va bozorga kirish 
qoidalarining soddaligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy va xuquqiy asosni 
yaratishni nazarda tutadi.
Jahon iqtisodiy kon’yunkturasining, xususan jahon bozoridagi talab va 
taklifning o’zgarishi yoxud neft, oltin, paxta, gaz va boshqa nodir metallar 


 
narxining keskin o’zgarishi har qanday davlat iqtisodiyotiga eksport-import orqali 
o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bu esa mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatning buzilishiga va ma’lum 
makroiqtisodiy muammolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu qiyin 
vaziyatdan chiqib ketish uchun davlatlar iqtisodiy islohotlar bo’yicha 
makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga tegishli tuzatishlar va o’zgartirishlar 
kiritadilar. 
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda Hukumat 
Markaziy bank va Moliya vazirligining faoliyatini mamlakatda amalga 
oshirilayotgan tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarning maqsadlariga mos holda 
muvofiqlashtiradi.
Bunda Markaziy bank va Moliya vazirligi o’z vazifalari va strategiyalarini 
belgilab oladi hamda qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun barcha zarur 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu sababli, Davlat siyosatining maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda Markaziy bank, o’z navbatida, pul-kredit siyosati va valyuta 
kursi yo’nalishida o’zining aniq strategiyasini belgilab olishi lozim.

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish