Moliyaviy siyosat Reja: Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. Moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 498,22 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2022
Hajmi498,22 Kb.
#647370
  1   2
Bog'liq
20 SLAYD

Moliyaviy siyosat Reja: 1.Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari. 2.Moliyaviy siyosatning asosiy yo’nalishlari. 3.Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari

Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari

  • Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
  • Sotsial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sotsial ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning sotsial tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qo’yish maqsadga muvofiq emas.
  • Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida gapiriladi.
  • Moliyaviy siyosat o’z-o’zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas.
  • Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
    • bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkretlashtirish;
    • yordamida qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
    • qo’yilgan vazifalarni echishga qodir bo’lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
  • Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
  • Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik printsip-larining majmuiga (yig’indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
  • Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funktsiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo’jalik taraqqiyotida davlatning roli to’g’risidagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funktsiyalari ham o’zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi sotsial-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funktsiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funktsiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa subyektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo’jalik yurituvchi subyektlari manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi.
  • Masalan, ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o’zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
  • Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
    • birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning sotsial-iqtisodiy vazifalarini echish vositasi bo’lishi kerak;
    • ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
    • uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
  • Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslarning o’sishini balanslashtirilgan (mutanosib-lashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha davlat sotsial-iqtisodiy
  • Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
    • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog’lom hayot kechirishiga (faoliyat ko’rsatishiga) erishish;
    • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish;
    • raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo’lishga) erishish;
    • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
    • korxona iqtisodiy salohiyatining o’sish sur’atlarini barqaror o’stirish;
    • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
    • foydani maksimallashtirish;
    • xarajatlarni minimallashtirish;
    • rentabelli faoliyatni ta’minlash
    • va boshqalar.
  • Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foyda- laniladi.
  • Moliyaviy siyosat moliyaning o’zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita mujassam bo’lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliya tizimining (boshqaruv subyektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog’lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi printsiplar asosida quriladi:
    • moliya tizimi bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
    • barcha moliyaviy muassasalar funktsiyalarining umumiyligi;
    • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
  • Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o’tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
    • pirovard maqsadga bog’liqlik;
    • xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
    • jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
  • real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.

Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari)

  • Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) quyidagilardan iborat:
  • byudjet siyosati;
  • soliq siyosati;
  • pul siyosati;
  • kredit siyosati;
  • baho siyosati;
  • investitsion siyosat;
  • sotsial moliyaviy siyosat;
  • boj siyosati.
  • O’z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va sotsial siyosatini amalga oshirishning vositasi bo’lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o’ynaydi. Bir vaqtning o’zida davlat siyosatining boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo’nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo’nalishning (iqtisodiy, sotsial, milliy, geosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
  • Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning subyektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funktsiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funktsiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
  • Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo’nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funktsiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O’zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo’lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funktsiyalarini, mamlakat subyektlari funktsiyalarini, byudjet federalizmi
  • printsiplarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlarini va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda kontsentratsiya qilinadigan (to’planadigan) YaIM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o’zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o’rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo’llarini aniqlashda va h.k.larda ifodalanadi.
  • Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo’nalishi) hisoblanadi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo’lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:
  • soliqlarsiz davlatning faoliyat ko’satishi mumkin emas;
  • soliqli undirish qat’iy o’sish tendentsiyasiga ega;
  • oqilona soliq ostonasidan o’tilganidan so’ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi – iqtisodiyotning o’z-o’zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo’ladi;
  • tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi;
  • soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
  • iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o’lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy o’sishi to’xtaydi;
  • soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bo’lishi va barcha takror ishlab chiqarish subyektlari uchun teng bo’lishi kerak;
  • soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo’lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning o’sishida ifodalangan milliy boylikning o’sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror o’sishini ta’minlashi mumkin;
  • qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar o’lchovi barqaror o’sish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o’zining majburiyatlarini buzishni boshladimi,
  • kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o’tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi;
  • soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo’lmog’i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko’paytirish, ko’p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo’yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning o’sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to’lovchini kasod deb e’lon qilish va h.k. yo’llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
  • soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki sotsial tirikchilik darajasida daromadga ega bo’lgan aholining 80-90% qismiga yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
  • egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg’armalar olib qo’yiladi va bu, o’z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
  • egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bo’lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha o’ziga xos bo’lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
  • daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bo’lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proportsional soliqqa tortish printsiplariga asosan qurmoq lozim.
  • Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo’nalishi) bo’lib, uning namoyon bo’lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O’z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investitsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo’lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
    • kreditlarning qaytarilmasligi;
    • ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining o’sishi;
    • qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi;
    • ishlab chiqarishning qisqarishi;
    • takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlariningpasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.
  • Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog’lomlashuviga, tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va buning oqibatida byudjet daromadlarining ko’payishiga olib keladi.
  • Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj undirishning cheklovchi yoki rag’batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi xuddi shunday javob choralarining qo’llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati yo’nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog’liq bo’lsak, bu boj stavkalarida o’z aksini topmog’i lozim. Ammo boj stavkalari rag’batlantiruvchi bo’lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
  • Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va to’lovlarini oshirishga yo’naltirilgan byudjet siyosatiga bog’liq bo’ladi.
  • Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari) ilmiy jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish subyektlarining manfaatlariga zid bo’lmaydigan bo’lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zahiralarining ortishiga, inflyatsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YaIM
  • ko’payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbar-doshligining kuchayishiga olib kelmog’i lozim.
  •  

Download 498,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish