1-jadval
Yaponiya makroiqtisodiy monetar indikatorlari o’zgarishi
188
, foizda
Monetar indikatorlar
Yillar
2016 yilda
2012 yilga
nisbatan
o’zgarishi,
f.p.
2012
2013
2014
2015
2016
Pul massasining yillik o’sishi
2,8
3,2
2,6
4,2
3,3
0,5
Inflyatsiya (deflyatsiya yillik
darajasi
- 0,7
0,1
0,0
0,4
2,7
3,4
Nominal YaIMning o’sishi
4,7
- 0,5
1,5
1,5
1,5
- 3,2
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2014 yilda pul massasining yillik o’sish
sur’ati 2010 yilga nisbatan sezilarsiz darajada oshdi. Bu esa, global moliyaviy
inqirozning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarning tugallanganligi va
pullar taklifini tartibga solish choralarining natijasi bilan izohlanadi.
2010 yilda Yaponiyada deflyatsiya kuzatilgan, 2014 yilda esa, inflyatsiya
darajasini sezilarli darajada yuqori bo’lganligini ko’rish mumkin.
2011 yilda Yaponiyada nominal YaIM hajmining qisqarganligi kuzatildi.
Ammo 2012-2014 yillarda YaIMning past biroq barqaror sur’atlarda
o’sayotganligi ijobiy holat hisoblanadi.
Yaponiyada qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanganlik darajasining yuqori
ekanligi Markaziy bankka ochiq bozor operatsiyalari orqali muomaladagi pul
massasiga samarali ta’sir etish imkonini beradi. Yaponiya Markaziy banki ochiq
bozor operatsiyalarini, asosan, REPO shaklida amalga oshiradi. Bunda qimmatli
qog’ozlar markaziy bank tomonidan qayta sotib olish sharti bilan sotiladi.
Hozirgi davrda Yaponiya Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarida
oldi-sotdi
ob’ekti
sifatida,
asosan,
quyidagi
qimmatli
qog’ozlardan
foydalanilmoqda:
xazina veksellari;
hukumatning obligatsiyalari;
hukumatning o’rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari;
korporativ obligatsiyalar;
tijorat banklarining depozit sertifikatlari;
korxonalarning tijorat veksellari.
Yaponiyada Markaziy bankning qimmatli qog’ozni bevosita emitentning
o’zidan sotib olishi ochiq bozor operatsiyasi hisoblanmaydi, balki kredit
188
IMF “International Financial Statictics” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
operatsiyasi hisoblanadi. Chunki, qimmatli qog’ozni emitentning o’zidan sotib
olish uni kreditlash hisoblanadi. Bundan tashqari, hukumatning qimmatli
qog’ozlarining kursini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy operatsiyalar
ham ochiq bozor operatsiyalari hisoblanmaydi.
Evrozona mamlakatlarida monetar siyosatni Evropa Markaziy banki (EMB)
amalga oshiradi.
EMB evrozonada monetar siyosatni amalga oshirishni 1999 yilning 1
yanvaridan boshladi. Buning uchun huquqiy asos bo’lib, Evropa Ittifoqini tuzish
to’g’risidagi shartnoma, Evropa markaziy banklar tizimining Nizomi va EMBning
Nizomi hisoblanadi.
Evropa markaziy banklar tizimi EMB va Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan
mamlakatlarning markaziy banklaridan tashkil topgan.
Evropa Ittifoqini tashkil qilish to’g’risidagi Shartnomaga muvofiq,
EMBning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan:
– evrozonada monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
– xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish;
– xorijiy valyutalardagi rasmiy valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish;
– to’lov tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
EMB monetar siyosatining bosh maqsadi bo’lib, baholar barqarorligini
ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, aholi bandligi va iqtisodiy o’sishga EMB
qo’shadigan muhim hissadir. EMB ana shu maqsadda Evrozonada iste’mol
baholari indeksini 2 foizdan oshib ketmasligini ta’minlaydi. Bunda asosiy e’tibor
kreditlarning foiz stavkalariga EMB tomonidan ta’sir etish hisoblanadi.
Monetar siyosat bo’yicha qaror EMB boshqaruvchilar Kengashi tomonidan
qabul qilinadi. Boshqaruvchilar Kengashining majlisi oyda ikki marta, payshanba
kunlari o’tkaziladi. Birinchi majlisda iqtisodiy vaziyat va monetar siyosatning
muvofiqligi baholanadi. Asosiy stavkalar bo’yicha qaror mana shu majlisda qabul
qilinadi. Ikkinchi majlisda esa, EMBning boshqa vazifalari muhokama qilinadi.
EMB boshqaruvining asosiy organi boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi.
Boshqaruvchilar Kengashi Ijro direktoratining olti a’zosi va evrozonadagi barcha
mamlakatlar markaziy banklarining boshqaruvchilaridan tashkil topadi.
EMBning Bosh kengashiga quyidagilar kiradi:
– EMBning Prezidenti va vitse – prezidenti;
– Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan 27 mamlakat markaziy banklarining
boshqaruvchilari.
Evropa markaziy banklar tizimiga EMB va Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya markaziy banklari
kiradi.
Evropa markaziy banklar tizimiga a’zo bo’lgan, lekin evrozonaga kirmagan
mamlakatlarning markaziy banklari – Buyuk Britaniya, Daniya va Shvetsiya
davlatlarining markaziy banklari monetar siyosat bo’yicha qarorlar qabul qilishda
ovoz berish huquqiga ega emas. Evrozonadagi barcha markaziy banklar EMBning
qarorlarini so’zsiz bajarishlari shart.
Shunisi ahamiyatliki, EMB evrozona mamlakatlarining hukumatlarini
kreditlamaydi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali Evropa Markaziy banki monetar
siyosatining holatini tavsiflovchi asosiy monetar indikatorlarning dinamikasini
tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |