Kafedrasi abdullayev utkir azimovich



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

 
4. 
Mamlakatimizda 
makroiqtisodiy 
va 
moliyaviy 
barqarorlikni 
ta’minlash va uni mustahkamlash yo’llari.
Monetar siyosat mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) barqaror 
o’sishini ta’minlashda, milliy bank tizimidagi likvidlilik muammosini hal qilishda 
va inflyatsiyani jilovlashda muhim o’rin tutadi. Ayniqsa, dunyoning ko’plab 
mamlakatlarida moliyaviy inqiroz davom etayotgan hozirgi sharoitda monetar 
siyosatni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov e’tirof etganlaridek, 
“dunyoning ko’plab etakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy byudjetlar 
taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab 
chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom 
etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik 
kuchaymoqda”
190

Monetar siyosatning makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini 
ta’minlashdagi ahamiyati, avvalo, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va 
inflyatsiya darajasining oshishiga yo’l qo’ymaslikda namoyon bo’ladi. 
Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi importning 
qimmatlashishiga olib keladi va buning natijasida investitsiya me’yorining 
pasayishi yuz berishi mumkin. O’z navbatida, investitsiya me’yorining pasayishi 
yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atini pasayishiga va ayrim hollarda 
iqtisodiyotni retsessiya holatiga tushib qolishiga olib keladi. 
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash O’zbekiston iqtisodiyotini 
rivojlantirishning zamonaviy innovatsion rivojlantirish maqsadida dolzarb 
masalalardan biri bo’lib turibdi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or 
xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit 
siyosatini takomillashtirish, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor 
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini 
ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 
o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab 
berilgan
191
.
190
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 
– Toshkent: O’zbekiston, 2013. - B. 19.
191
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. 


 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 
sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonida milliy valyutaning chet el 
valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo’llash 
hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar 
siyosatni amalga oshirish valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi 
davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari sifatida e’tirof etilgan
192


Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish