Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


 Moliyaviy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

2. Moliyaviy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
 
Xalqaro amaliyotda bir qator asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 
dinamikasi, tahlili va monitoringi masalalari Hukumat va Markaziy bank, 
Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarining diqqat markazida bo’ladi. Shuningdek, 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarga qisqacha bo’lsa-da, ilmiy ta’rifni keltirib 
o’tish maqsadga muvofiqdir.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) - ma’lum davrda mamlakat hududida 
rezidentlar va norezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard tovar va 
xizmatlar yig’indisi.
YaIM deflyatori-mamlakatda narxlar umumiy darajasining o’sishini ifoda 
etuvchi umumlashtiruvchi makroiqtisodiy ko’rsatkich. U nominal YaIM hajmini 
real YaIM hajmiga bo’lish oro’ali aniqlanadi.
Inflyatsiya (iste’mol baholari indeksi) - mamlakat iqtisodiyotida iste’mol 
tovarlari va xizmatlari narxlari umumiy darajasining o’sishi.
Deflyatsiya-mamlakat iqtisodiyotida iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlari 
umumiy darajasining manfiy ko’rsatkich darajasigacha kamayishi. Masalan: -0,1 
foiz, -0,5, yoki -2,3 foiz, va h.k.
Pulning aylanish tezligi - nominal yalpi ichki mahsulotning o’rtacha yillik pul 
massasiga nisbati (YaIM/M2). Pulning aylanish tezligiga asosan ikki omil ta’sir 
qiladi - yalpi ichki mahsulot va pul massasining o’zi. Agar pul massasining hajmi 
YaIM hajmiga yaqinlashib borsa, unda pulning aylanish tezligi mos holda kamayib 
boradi. 
Monetizatsiya darajasi - o’rtacha yillik pul massasining nominal yalpi ichki 
mahsulotga nisbati (M2/YaIM). Monetizatsiya darajasining o’zgarishiga ham 
asosan ikki omil ta’sir qiladi - yalpi ichki mahsulot va pul massasining o’zi. Agar 
pul masasining hajmi YaIMga yaqinlashib borsa, monetizatsiya darajasi oshadi va 
mos holda pul aylanish tezligi kamayadi. Monetizatsiya darajasining oshishi, milliy 


 
valyutaga bo’lgan ishonchning va pulga bo’lgan real talabning oshayotganligidan 
dalolat beradi. 
Pul-kredit siyosatini ishlab chiqishdagi bosh masala inflyatsiya bo’yicha 
maqsadli ko’rsatkichlarni aniqlash va ularga pul-kredit agregatlari hamda 
almashuv kursining ta’sirini o’rganishdan iborat. Shuningdek, Moliya vazirligi 
ham fiskal siyosat borasida belgilab olgan aniq maqsadlardan kelib chiqib fiskal 
barqarorlashtirish muammolarining oqilona echimlarini topadi, davlat byudjetining 
daromadlari va xarajatlarining aniq miqdorlarini belgilaydi hamda byudjet 
taqchilligini moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib oladi.
Shu asosda mamlkatda ishlab chiqarish va xixmat ko’rsatish hajmini 
oshirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan samarali va oqilona fiskal siyosatni 
amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda 
tashqi qarzlarni boshqarish va uning eng yuqori darajasini belgilash kabi 
masalalarga jiddiy e’tibor beriladi. 
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni o’zgartirishda XVFning 
kreditlash jarayoni ham alohida ahamiyat kasb etadi. 
Jumladan, Stand-by Arrangement (SBA) – stend bay krediti a’zo 
mamlakatlarga qisqa muddatli to’lov balansi muammolarini hal etish maqsadida 
beriladi va XVF resurslarining katta qismini tashqil etadi. Asosan, Kreditni asosiy 
muddati 
12-24 
oygacha. 
Kreditni 
qoplash 
muddati 
2,5–4yilgacha. 
Extended Fund Facility (EFF) - kengaytirilgan fond mablag’lari (1974 y.) – 
asosan mamlakat to’lov balansida uzoq muddatli muammolarni hal etish uchun 
beriladi. Odatda 3 yildan ko’proq muddatga va qoplash
 
4,5 -7 yilgacha. 
Supplemental Reserve Facility (SRF) – qo’shimcha rezerv mablag’lari – 
1997 yildan boshlab iste’molni qondirish uchun juda qisqa muddat ichida yirik 
hajmda moliyalashtirila boshlangan.
Compensatory 
Financing 
Facility 
(CFF)–kompensatsiyalangan 
moliyalashtirish mablag’lari –jahon tovar narxlari tebranishi sababli import 
tovarlari narxlari ko’tarilishi, eksportdan tushumning kamayishini tufayli to’satdan 
defitsitga ega mamlakatlarga yordam berish maqsadida 1963 yilda tashqil etilgan. 
Bu kreditlashning moliyaviy shartlari SBA ga o’xshaydi, farqi mamlakat uchun 
hech 
qanday 
nagruzkaga 
olib 
kelmaydi.
Poverty Reduction and Growth Facility (PRGF)–qashshoqlikni kamaytirish 
va o’sishga ko’maklashish – kam daromadli va rivojlanish strategiyasiga ega 
mamlakatlarga hamda shu dasturga a’zo mamlakatlarga kreditlar beriladi. Oxirgi 
yillarda XVF resurslarining asosiy qismi PRGF ga yo’naltirilgan.Bu qarz 
mablag’larining foiz stavkasi 0,5% bo’lib, kredit muddati 5,5 – 10 yil.
1962 yildan XVF tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila, bo’ron va b.) dan 
aziyat chekkan a’zo mamlakatlarga moddiy yordam qilishni ko’rib chiqadi. Bu 
yordamdan maqsad import tovarlari narxlari ko’tarilishi, eksportdan tushumning 
kamayishi tufayli to’satdan defitsitga ega mamlakatlarga chet el valyutasida tez 
moliyalashtirishdir. XVF qarzdor mamlakatlardan beriladigan kreditlar uchun 
shartnoma summasidan bir martalik vositachilik yig’ini 0,5% miqdorida va 
belgilangan haqni yoki bozor stavkalariga asoslangan protsent stavkasini oladi. 


 
1992-1993 moliya yilida (1 maydan 30 aprelgacha) bu haq bir yil uchun o’rtacha 
6,60% ni tashqil qildi (bir yil oldin - 8,02%).
Belgilangan muddat o’tib bo’lgandan keyin a’zo mamlakat teskari 
operatsiyani amalga oshirishga majbur – Fondga SDR yoki chet el valyutasidagi 
mablag’larni qaytarib, o’z milliy valyutasini sotib olish kerak. Odatda, bu ilgari 
olingan kreditni qaytarishni bildiruvchi operatsiya valyutani sotib olgandan keyin 3 
yil 3 oydan 5 yilgacha muddat ichida amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, 
qarzdor mamlakat o’zining to’lov balansi yaxshilanishi va valyuta rezervlari 
ko’paygani sari Fond uchun ortiqcha bo’lgan valyutasini muddatidan oldin sotib 
olishga majburdir. Agar qarzdor mamlakatning XVF idagi milliy valyutasi boshqa 
a’zo davlat tomonidan sotib olinsa, u mamlakatning Fondga qarzi to’langan 
bo’ladi.
A’zo mamlakat tomonidan chet
 
el valyutasidagi mablag’larni rezerv ulushi 
ustidan olinishi mumkin bo’lgan (100% kvota kattaligi) kvotaning 25%i bo’yicha 
4ta kredit ulushiga (transhlar) bo’linadi. rezerv va kredit ulushlaridan to’la 
foydalanish natijasida mamlakatning XVFidan olishi mumkin bo’lgan eng ko’p 
kredit summasi uning kvotasi 125% miqdorini tashqil qiladi. XVF kredit olmoqchi 
bo’lgan mamlakatga belgilangan talablarni qo’yadi. Bunda talablarning qattiqligi 
bir kredit ulushidan boshqasiga o’tishiga qarab oshib boradi. Qarzdor 
mamlakatning majburiyatlari u tomonidan o’tkazilishi kerak bo’lgan muvofiq 
ravishdagi moliyaviy-iqtisodiy tadbirlar XVF iga yuborilayotgan "mo’ljallar 
haqidagi xat" da qayd qilinadi. Agar Fond mamlakat "Fond maqsadlariga zid 
ravishda" kreditdan foydalanadi, deb hisoblasa, yoki Fondning ko’rsatmalarini 
bajarmayotgan bo’lsa, u mamlakatni kreditlashni cheklab yoki butunlay to’xtatib 
qo’yishi mumkin. Birinchi kredit ulushidan foydalanish Fond tomonidan uning 
so’rovi ma’qullangandan keyin darhol so’ralgan summani oladigan chet el 
valyutasini to’g’ridan-to’g’ri sotib olish shaklida ham, yoki XVF bilan rezerv 
kredit haqidagi bitimni kelishish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bunday bitimlar amaliyotda 1952 yildan qo’llana boshlagan. Ustama kredit ulushi 
hisobiga Fond tomonidan ajratilayotgan mablag’lar bilan bog’liq hodisalarda a’zo 
mamlakatlar bilan rezerv kreditlar haqida kelishilgan holda bajariladi. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish