3. Monetar siyosatning transmission mexanizmidagi muammolar.
Dunyo mamlakatlari bo’yicha chuqurlashib borayotgan globallashuv
jarayonlari markaziy banklarning monetar siyosatiga o’zining aktiv ta’sirini
o’tkazmoqda. Ushbu ta’sir quyidagi yo’nalishlarda namoyon bo’lmoqda:
– mamlakatlar o’rtasidagi kapitallar harakatiga Markaziy banklarning
diskont stavkalari o’rtasidagi farqning o’zgarishi bevosita va kuchli ta’sir
ko’rsatmoqda;
– to’lov balansining defitsiti, ayniqsa, joriy operatsiyalar bo’limi bo’yicha
defitsit milliy valyutalarning almashuv kursiga kuchli ta’sir ko’rsatmoqda.
2008 yilda yuz bergan global moliyaviy inqiroz Markaziy banklarni hisob
stavkasini pasaytirishga majbur qildi. Buning ustiga, juda past hisob
stavkalarida tijorat banklariga beriladigan markazlashgan kreditlar hajmi inqiroz
davrida keskin oshirildi. Bu esa, pul massasining keskin oshishiga va shuning
asosida inflyatsiyaning kuchayish xavfini yuzaga keltirdi. Lekin Markaziy
bankning ochiq bozor operatsiyalari tufayli inflyatsiya darajasining oshish
xavfining oldi olindi.2009 yilda AQShda deflyatsiya yuzaga keldi va uning
yillik darajasi 0,4 foizni tashkil etdi. Evrozonada inflyatsiyaning yillik darajasi
2009 yilda 0,3 foizni tashkil qildi
208
. Bu esa, sezilarli darajada past bo’lgan
inflyatsiya hisoblanadi.
Global moliyaviy inqiroz munosabati bilan taraqqiy etgan davlatlarda
hukumat qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalarning tijorat banklari
aktivlari tarkibidagi salmog’i keskin tushib ketdi. Masalan, Germaniyaning
Doychebanki aktivlari hajmida faqatgina REPO sharti bo’yicha Markaziy
bankdan sotib olingan qimmatli qog’ozlarning salmog’i 2010 yilning 31 dekabr
holatiga 1,4 foizni tashkil qildi
209
. Mazkur ko’rsatkichning yuqori darajasi
AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya va Italiyaning yirik tijorat banklarida
kuzatilishi sababi shundaki, mazkur mamlakatlarda hukumatlar qimmatli
qog’ozlarni muomalaga chiqaruvchi asosiy emitentlar hisoblanadi.
Global moliyaviy inqiroz davrida Markaziy banklarning hisob stavkasini
keskin pasaytirilganligi inflyatsiya xavfini yuzaga keltirdi. Natijada, bir-biriga
207
Fanenko M. Mejdunarodnaya likvidnost i diversifikatsiya ofitsialnix rezervnix aktivov.// Mirovaya
ekonomika i mejdunarodnie otnosheniya. – Moskva. 2007 - № 6. – S.56.
208
http://www.bls.gov
;
http://www.stat.go.jp
;
http://epp.eurostat.ec.evropa.eu
sayti ma’lumotlari.
209
“Deutsche bank” ning 2005 yil yakuni bo’yicha yillik hisoboti (Annual Report 2005. Consolidated balance
sheet. – F-M, 2006) ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
qarama-qarshi bo’lgan ikki holat yuzaga keldi: bir tomondan, hisob
stavkalarining pasaytirilishi tijorat banklari faoliyatidagi likvidlilik muammosini
bartaraf etish imkonini berdi; ikkinchi tomondan esa, Markaziy banklarning
hisob stavkalarini pasaytirilishi, ya’ni “arzon pullar” siyosatining amalga
oshirilishi muomaladagi pul massasining oshishiga olib keladi. Bizga ma’lumki,
pullar taklifining yuqori sur’atlarda oshishi inflyatsiyaning kuchayishiga olib
keladi.
Xalqaro miqyosda tobora chuqurlashib borayotgan globallashuv
jarayonlari markaziy banklarning pul-kredit siyosatini amalga oshirish
imkoniyatlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki,
xalqaro globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi xorijiy valyutalar oqimining
mamlakatlar o’rtasidagi harakatlanishi nobarqarorligini kuchaytiradi. Buning
natijasida markaziy banklar oldida quyidagi ikki muammo yuzaga keladi:
– birinchidan, mamlakatga kirib kelayotgan xorijiy valyutalar oqimining
kuchayishi natijasida xorijiy valyutalardagi netto-aktivlarning milliy valyuta
kursiga nisbatan yuzaga keladigan ta’siriga barham berish muammosi;
– ikkinchidan, mamlakatdan chiqib ketayotgan xorijiy valyutalar
oqimining kuchayishi natijasida xorijiy valyutalardagi aktivlar miqdorining
kamayishi va shuning asosida milliy valyutaning qadrsizlanishiga yo’l
qo’ymaslik zaruriyati yuzaga keladi.
Shunisi xarakterliki, Markaziy banklarning diskont siyosati trattalarning
muomalasiga asoslanadi
210
. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida
Bundesbank moliyaviy yil uchun trattalarni qayta hisobga olish kontingentini
belgilaydi. Kontingent summasi aniqlangandan so’ng har bir tijorat bankiga
nisbatan trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga oldirish yo’li bilan diskont
kreditlari olish imkonini beruvchi limit summasi aniqlanadi. E’tirof etish joizki,
limit belgilashda tijorat bankining kapitali, aktivi yoki boshqa ko’rsatkichlari
hisobga olinmaydi. Trattalarni qayta hisobga olish limiti barcha tijorat banklari
uchun bir xil qilib belgilanadi. Ya’ni, trattalarni qayta hisobga olish bo’yicha
limit summasi qayta hisobga olish kontingenti summasini mamlakatdagi tijorat
banklari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Markaziy bankning diskont kreditlari tijorat banklarining joriy
likvidliligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Agar tijorat bankida likvidlilik
muammosi paydo bo’lsa, u o’ziga ajratilgan limit doirasida markazlashgan
kredit olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mamlakat bank tizimiga va
iqtisodiyotiga nisbatan salbiy ta’siriga barham berish borasida Xitoy Xalq
bankining (Markaziy bank) tajribasi o’rganishga arzigulik, deb hisoblaymiz.
210
Tratta uzatma tijorat vekseli bo’lib, iqtisodiyotning real sektori korxonalari tomonidan muomalaga
chiqariladi. Trattani uchinchi shaxsga uzatish mumkin. Trattani uchinchi shaxsga uzatgan sub’ekt indossant deb,
trattani qabul qilib olgan sub’ekt indossat deb ataladi. Trattani boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi
maxsus yozuv indossament deb ataladi.
Xitoy Markaziy banki mamlakatda inflyatsiyaning kuchayishiga barham
berish va iqtisodiyotni “qizib ketishi”ga barham berish maqsadida majburiy
zaxira me’yorlari va diskont stavkasini oshirib borish siyosatini qo’llamoqda.
2011 yilning 25 martidan boshlab Xitoy Markaziy bankining tijorat
banklarining jalb qilingan resurslariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira
stavkasi 20 % qilib belgilandi. 2010 yilning boshidan boshlab Xitoy Markaziy
bankining majburiy zaxira stavkasi 8 marta o’zgartirildi
211
.
Tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini nisbatan past va barqaror
darajada bo’lishi to’lovga qobil talabni rag’batlantirish imkonini beradi va
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlar hajmining
oshishiga olib keladi.
Ichki talabni rag’batlantirishda Markaziy bank tijorat banklari
kreditlarining nisbatan past va barqaror darajasini ta’minlashi zarur. Ana
shundagina aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat banklari
kreditlaridan foydalanish darajasini oshirishga erishish mumkin.
Xulosa qilib aytganda:
– jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi markaziy banklar monetar
siyosatining uslubiy va amaliy asoslarini hamda monetar instrumentlardan
foydalanish mexanizmini o’zgartirish zaruriyatini yuzaga keltirdi;
– global moliyaviy inqiroz sharoitida monetar indikatorlarning beqarorligi
kuzatildi;
– jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatlarning ichki
valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifining kamayishi milliy valyutalarning
nominal almashuv kursiga nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltirdi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga
oshirilayotgan monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb
muammolar quyidagilardan iborat:
1. Respublika Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari mavjud
emas. Bu esa, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali bank
tizimining likvidliligiga, kreditlarning bahosiga va pullar taklifiga ta’sir etish
imkoniyatini cheklab qo’ygan.
2. Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari yuqori bo’lib, buning
natijasida tijorat banklari depozit bazasining mustahkamligiga va likvidliligiga
nisbatan salbiy ta’sir yuzaga kelmoqda.
2009 yilning sentyabr oyidan boshlab O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari depozitlarining
muddatlariga bog’liq ravishda quyidagi tartibda tabaqalashtirildi:
* talab qilib olinadigan depozitlar va bir yilgacha muddatga jalb qilingan
depozitlarga nisbatan – 15%;
* bir yildan uch yilgacha muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan –
12%;
211
http://lenta
. ru/2011/27/05/news/ sayti ma’lumotlari.
* 3 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan – 10,5%
212
.
Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari yuqori bo’lish bilan birga
(2017 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, Rossiya Markaziy bankining majburiy
zaxira stavkalarining o’rtacha darajasi 5,6 foizni, Evropa Markaziy bankining
majburiy zaxira stavkasi esa, 2,0 foizni tashkil etdi)
213
, zaxira ajratmalari
summasi tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamidan olib
qo’yilmoqda.
4. Mamlakat Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining mavjud
emasligi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki o’zining ochiq bozor
operatsiyalarining ob’ektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli qog’ozlarini
tan oladi. Hukumatning qimmatli qog’ozlari esa, davlat byudjeti profitsit bilan
bajarilayotganligi sababli, 2013 yil 1 yanvardan boshlab emissiya qilinmayapti.
Buning natijasida Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari ham barham
topdi.
5. Mamlakat iqtisodiyotini pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik
darajasining past ekanligi tufayli iqtisodiyotda to’lovsizlik muammosining
mavjud ekanligi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining pul mablag’lari bilan
ta’minlanganlik darajasining past ekanligi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosini hal qiliish imkonini
bermayapti.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoev alohida
ta’kidlaganidek, “jami 18 trillion so’mlik debitor qarzdorlikdan 14 trillion so’mi
yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho’zilib kelyapti. Nima uchun ushbu
muammo bilan Muddati o’tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasiga
boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy
shug’ullanmayapti”
214
.
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston iqtisodiyotining pul
mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi 28,9 foizni tashkil etdi. Bu
ko’rsatkich kamida 40% bo’lishi kerak. Aks holda, iqtisodiyotadgi to’lovsizlik
muammosini hal qilib bo’lmaydi.
6. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi.
212
Tijorat banklarining O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o’tkaziladigan majburiy rezervlari
to’g’risidagi nizom//Me’yoriy-huquqiy hujjatlar. www.cbu.uz.
213
Денежно-кредитная политика.
https://www.cbr.ru
; Monetary Policy.
www.ecb
. eu.
214
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. – 30-b.
Do'stlaringiz bilan baham: |