3
Kirish
Pandemiya sharoitida bank huquqining mohiyati, kelib chiqishi, rivojlanishi,
bank
huquqi normalari, huquq shakllari (manbalari), huquqiy munosabatlar, bank
operatsiyalarini amalga oshirishda huquqiy normalar, huquqiy tartibga solish
mexanizmi, bank huquqining rivojlanish istiqboli va yo‘llari
kabi masalalarni
qamraydi.
Shuningdek, mazkur fanning predmetini o‘rganish jarayonida tijorat banklari
faoliyatining huquqiy asoslarini, bank operatsiyalari va bank bitimlari huquqiy
asoslari hamda banklarning xalqaro operatsiyalari bo‘yicha bitimlarini huquqiy
jihatdan o‘rganish asosiy maqsad qilingan.
O‘quv dasturi “Bank huquqi” fani bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chikilgan.
Fan dasturi tarkibi
fanning maqsadi, vazifalari va o‘rganadigan muammolari, talabalarning fan
bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar tavsifi, nazariy,
amaliy va mustaqil ish mashg‘ulotlari
hajmi va mazmuni, metodik tavsiyalar,
rejalar, o‘quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik vositalar ro‘yxati hamda baholash
mezonlarini qamrab olgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bank faoliyatida
ish yuritadigan kadrlarga
alohida talablar qo’yiladi. Bu fan iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblangan bank
tizimiga, shuningdek moliya-iqtisod sohalariga raqobatbardosh kadrlar etkazib
berishda muhim o’rin tutadi.
I.
O’quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi PQ-3270-
sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini
yanada oshirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan to‘laqonli
hamkorlik
munosabatlarini o‘rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan
yaxshilash, aholi va xo‘jalik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchli institutsional
hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash vazifalari kabi dolzarb vazifalarni
qo‘yilganligi mazkur fanning o‘qitishning dolzabligini yanada oshiradi.
«Bank huquqi» fani bank tizimi faoliyatini tashkil etish, uni nazorat qilish va
tartibga solishning me’yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganadi. Shuningdek,
Markaziy
bank va tijorat banklari, ularning maqsadi va vazifalari, amalga oshiradigan
operatsiyalari, huquq va majburiyatlarining huquqiy asoslarini keng yoritadi. Bu
fanni o‘rganish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va
boshqa qator tegishli tashkilotlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlari bilan tanishib
chiqish maqsadga muvofiq.