Mavzu: CHET EL VALYUTASIDAGI AKTIVLAR VA MAJBURIYATLAR HISOBI
Reja:
1. Buxgalteriya hisobida chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi
Chet el valyutasidagi operatsiyalar, shu jumladan quyidagilar boʻyicha operatsiyalar, buxgalteriya hisobida ular amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha so'm ekvivalentida aks ettiriladi:
Buxgalteriya hisobini yuritish maqsadida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga qayta hisoblash sanasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2004-yil 23-martdagi 51-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ning (2004- yil 21-may, ro‘yxat raqami 1364, - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 20-son, 246-modda) ilovasida keltirilgan.
Chet el valyutasidagi operatsiyalar ushbu valyutaning soʻmga nisbatan Markaziy bankning operatsiya amalga oshirilgan sanasidagi kursi bo'yicha soʻmda qayta hisoblanishi lozim.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini xarid qilish va sotish Markaziy bankning valyutani xarid qilish yoki sotish kuniga boʻlgan kursi bo'yicha aks ettiriladi.
Chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past yoki yuqori qiymatda sotish (xarid qilish) natijasida vujudga keladigan kurs farqlari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga moliyaviy faoliyatdan daromadlar (xarajatlar) sifatida olib boriladi.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini Markaziy bank kursi boʻyicha valyuta schyotidan oʻtkazilishi (koʻchirilishi):
debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);
kredit chet el valyutasidagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar (5200);
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
debet hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyoti - sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
d) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda sotilganda sotilgan chet el valyutasining soʻmdagi ekvivalentini hisob-kitob schyotiga kirim qilinishi:
debet hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5100) sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyoti sotilgan chet el valyutasining sotish kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - sotilgan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasini sotib olish quyidagi tartibda aks ettiriladi:
a) chet el valyutasini sotib olish uchun xarid kuniga boʻlgan valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha hisob-kitob schyotidan so'm mablagʻlarini o'tkazish (koʻchirish):
debet bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500);
kredit hisob-kitob schyotidagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar (5100);
b) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan yuqori bahoda xarid qilinganda:
debet chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
debet 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyoti – xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
d) chet el valyutasini Markaziy bank kursidan past bahoda xarid qilinganda:
debet chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5200) - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar (5500) - xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha soʻmdagi ekvivalent qiymatiga;
kredit 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyoti - xarid qilingan chet el valyutasining Markaziy bank kursi bo'yicha soʻmdagi ekvivalent qiymati bilan xarid qilingan chet el valyutasining xarid kunidagi valyuta bozoridagi bitim kursi boʻyicha so'mdagi ekvivalent qiymati oʻrtasidagi farq summasiga;
Buxgalteriya hisobida konsignantga boʻlgan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi konsignatsiyaga olingan tovarlarni sotish sanasidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha vujudga keladi. Qarzning keying hisobi mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Mahsulot (ish, xizmat)larga chet el valyutasi ekvivalentida baho (tarif) belgilaydigan, toʻlovlarni esa, milliy valyuta - soʻmda oladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish sanasidan toʻlov kelib tushgan (amalga oshirilgan) sanasigacha boʻlgan davrda Markaziy bank kursining oʻzgarishi sababli vujudga kelgan ijobiy kurs farqini 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga, salbiy kurs farqini esa 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar" schyotiga olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |