O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Iqtisodiyot va TURIZM fakulteti
IQTISODIYOT KAFEDRASI
«Buxgalteriya hisobi» fanidan
mUSTAQIL ISH
Mavzu: Hisob-kitoblar hisobi
Bajardi: Xamroyeva Umida 3.1 IQT 19 guruhi
Rahbar: Katta o’qituvchi M.Urakova
Buxoro – 2021 yil
Hisob-kitoblar hisobi.
Budjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini ishrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisoblashuvlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Debitorlik majburiyat – bu boshqa korxonalarni, (haridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruvchilarga oldindan to‘langan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha oldindan to‘langan mablag‘lar bo‘yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti bilan olingan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir. Kreditorlik majburiyat– bu tashkilotning boshqa korxonalardan (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, mol yetkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalardan (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha), xodimlardan (ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar va boshqalar bo‘yicha) qarzdorligidir. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, ajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi ko‘rinishida yuritiladi.
Debitorlar va kreditorlarni hisobda aks ettirish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar belgilangan: 15 “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar”; 16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”; 17 “Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisob-kitoblar”; 18 “Boshqa hisob-kitoblar”. Bu schyotlar aktiv-passiv schyotlar hisoblanib debet tomonidagi qoldiq summa debitorlik qarzni, kredit tomonidagi qoldiq summa kreditorlik qarzdorlikni bildiradi. Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va hizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va hizmatlar)ni sotish bo‘yicha, sug‘urta tashkilotlari bilan majburiy yoki ihtiyoriy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo‘lgan summalar bo‘yicha, to‘lovlarning maxsus turlari bo‘yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |