Schyotlarning bog’lanishi
Debet
|
Kredit
|
1
|
Kassadagi naqd pullar bankdagi hisob-kitob schyotiga oʼtkazish uchun inkassatorga topshirildi
|
5710
|
5010, 5020
|
2
|
Xaridorlarning qarzlari kelib tushgan pul oʼtkazmalari boʼyicha qoplandi
|
5710
|
6300, 7310
|
3
|
Bankka hali kelib tushmagan pul mablagʼlarini oʼtkazish orqali boʼnak olish
|
5710
|
4110
|
4
|
Turli debitorlardan pul oʼtkazmalarini olish
|
5110
|
5710
|
T/r
|
Xo’jalik muomalalarining bog’lanishi
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Дебет
|
Кредит
|
1
|
Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʼyicha ijarachidan ijara toʼlovlarining kelib tushishi
|
5110
|
4810, 4820
|
2
|
Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar
|
5110
|
4010
|
3
|
Kassadan hisob kitob schotiga pul kelib tushdi
|
5110
|
5010
|
4
|
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan tushgan tushumlar
|
5530
|
5110
|
5
|
Pul mablagʼlari kassadan hisob-kitob schyotiga topshirildi
|
5110
|
5830
|
6
|
Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʼlari oʼtkazildi
|
5110
|
4860
|
7
|
Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar boʼyicha summalar hisob-kitob schyotiga oʼtkazildi
|
5110
|
4610
|
8
|
Qo’shilgan capital hisoblandi
|
5110
|
8410
|
9
|
Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi
|
5010
|
5110
|
10
|
Aksiyalar sotib olindi
|
8610, 8620
|
5110
|
11
|
Ilgari berilgan boʼnak qaytarildi
|
6010
|
5110
|
12
|
Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi
|
6300, 7310
|
5110
|
13
|
Olingan boʼnaklar summasi
|
6510-6520
|
5110
|
14
|
Ilgari aktsiyaga obuna boʼlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi
|
6110, 6120
|
5110
|
15
|
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission daromadning kelib tushishi
|
6950
|
5110
|
16
|
Bankdan kassaga pul mablagʼlari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)
|
6910, 6950
|
5110
|
Kassada ortiqcha yoki kamomad aniqlansa, inventarizatsiya dalolatnomasining orqa tomonida sodir bo’lgan ortiqcha va kamomadning sabablarini ko’rsatib kassir tushintirish xati yozadi, korxona rahbari esa tekshirish natijasi bo’yicha inventarizatsiya komissiyasi qarorini tasdiqlaydi. Aniqlangan ortiqcha naqd pul quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassaga kirim qilinadi: Dt 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti, Kt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» schyoti.
Aniqlangan kamomad esa quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan kassirdan undirib olinadi: D-t 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarining qarzi» schyoti, K-t 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti.
Naqd valutani hisobga olish uchun alohida 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti tayinlangan. Naqd xorijiy valuta harakatining hisobi kassa daftarida yuritiladi. Bu daftarda xorijiy valuta operatsiyalarining hajmiga qarab taxminan bir necha betlar ajratiladi. Bankdan naqd xorijiy valutani olinishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: D-t 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti, K-t 5210 «Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» schyoti.
Agar korxonada biror hisobdor shaxsga safar xarajatlari berilganda: D-t 4220 «Хizmat safarlariga berilgan bo’naklar» schyoti, K-t 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyoti.
Kassadagi naqd xorijiy valuta qoldig’i vaqti-vaqti bilan so’mga nisbatan qaytadan baholanib turiladi. Ijobiy va salbiy kurs farqi 5020 «Chet el valutasidagi pul mablag’lari» schyotida tegishli 9540 «Valutalar kurslari farqlaridan foydalar» yoki 9620 «Valutalar kurslari farqlaridan zararlar» schyotlari bilan bog’liqlikda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |