2-jadval
Evropa Markaziy banki monetar siyosati indikatorlarining o’zgarishi
189
,
foizda
Monetar indikatorlar
Yillar
2014 yilda
2010 yilga
nisbatan
o’zgarishi
2010
2011
2012
2013
2014
Pul massasining yillik o’sishi
1,0
1,6
3,5
1,0
3,7
2,7
Inflyatsiyaning yillik darajasi
1,6
2,7
2,5
1,4
0,4
- 1,2
Majburiy zaxira stavkasi
2,0
2,0
2,0
2,0
2,0
X
Evroning AQSh dollariga
nisbatan nominal almashuv
kursi (1 evro/doll.)
1,3362
1,3920
1,2848 1,3281 1,3285
- 0,40 p.p.
Diskont stavkasi
1,0
1,0
0,50
0,25
0,05
- 0,95
2-jadval ma’lumotlari ko’rsatadiki, 2014 yilda evrozonada pul massasining
yillik o’sish sur’ati 2010 yilga nisbatan 2,7 foizli punktga pasaygan. Bu esa,
evrohududdagi og’ir inqiroz holatlari tufayli pullar taklifining oshib borayotganligi
bilan izohlanadi.
2014 yilda evroning AQSh dollariga nisbatan qadrini 2010 yilga nisbatan
birmuncha oshganligi evrodagi pul massasini o’sish sur’atlarining nisbatan past
bo’lganligi bilan izohlanadi. Buning yana bir sababi - 2012-2014 yillarda Evropa
Markaziy bankining hisob stavkasini AQSh FZT hisob stavkasidan yuqori
bo’lganligidir. 2014 yil davomida FZTning hisob stavkasi 0,75 % darajasida
bo’lgan bo’lsa, Evropa Markaziy bankining hisob stavkasi 0,25 -0,05 % darajasida
saqlab turildi.
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2010-2014 yillar mobaynida majburiy
zaxira stavkasi past va barqaror darajada qolgan. Bu esa, tijorat banklarining
kreditlash salohiyatiga nisbatan majburiy zaxira talabnomasining salbiy ta’sirini
yuzaga keltirmaydi.
EMB monetar siyosatining samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlardan
biri inflyatsiyaning past darajasini ta’minlashga muvaffaq bo’linganligi
hisoblanadi. Ammo jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida EMB hisob
stavkasini bir necha marotaba o’zgartirishga majbur bo’ldi. Buning asosiy sababi
shundaki, evrozona mamlakatlarida tijorat banklari joriy likvidlilik darajasini
yo’qotib qo’ydi, ya’ni ularda likvidlilik riski paydo bo’ldi.
Keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, tahlil qilingan davr
mobaynida inflyatsiyaning yillik sur’atini barqaror darajasini saqlab turishga
189
http://www.ecb.evropa.eu
saytida e’lon qilingan Evropa Markaziy bankining yillik hisobotlari ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan hisoblandi.
muvaffaq bo’lingan. Buning asosiy sababi shundaki, evrozonaga kiruvchi
mamlakatlar uchun inflyatsiyaning yillik darajasini 2 foizdan oshirmaslik
majburiyati yuklanadi. Shu sababli, evrozonada inflyatsiyaning o’rtacha yillik
darajasi tahlil qilingan davr mobaynida 2,0 foizlik me’yoriy darajadan sezilarli farq
qilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |