Mavzu: Qurilish tashkilotlarida hisob siyosatining xususiyatlari.
Reja:
Kirish
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi.
Qurilish tashkilotlarini soliqqa tortishning xususiyatlari va
ularning hisobi
Qurilish tashkilotlarida hisob siyosatining xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga aylanadi
Наг bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatining foydalilik darajasini doimo tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlaming hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo‘lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining aytib o'tilgan talablaming bajarilishida muhim o‘rinni egallaydi. Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan biri an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga ma’lumki, hozirda buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bo‘linadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqida uning har bir tarmog‘i va sohasi o‘z o‘rniga ega. Chunonchi, respublikamizda 2009 - yilda yaratilgan 48097,0 mlrd. so‘mlik yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning 46,1 foizi tovarlar ishlab chiqarish sohasiga, 47,2 foizi xizmatlar ko‘rsatish sohasiga, 6,7 foizi esa mahsulotlar hamda eksport-import operatsiyalaridan ol i ngan sof soliqlargato‘g‘ri keldi1. Agar o‘nyil oldin, ya’ni 2000 - yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida sanoatning hissasi atigi 14,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 - yilda bu ko‘rsatkich 24 foizni, transport va aloqaning ulushi tegishliravishda7,7 va 12,4 foizni tashkil etdi, xizmatlar bo‘yicha bu raqam 37 foizdan49foizgao‘sdi. Qishloqxo‘jalining ulushi esa 30,1 foizdan 17,5 foizga tushdi.1
«Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fanining asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida buxgalteriya hisobining asosiy xususiyatlarini ochib berish, talabalarda turli tarmoq va sohalarga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami shakllantirishdan iborat.
«Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» nomli birinchi bo‘limidaushbu sohaga tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiningtashkiliy-huquqiy asoslari, ulaming texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqajihatdan mavjud bo‘lgan xususiyatlari, ushbuxususiyatlaming buxgalteriya hisobini tashkil qilishgata'siri ko‘rsatib berilgan. Alohida e’tibor qurilish mashinalari ish faoliyati, ulami saqlash xarajatlari, amortizatsiyasi, qurilish materiallari, qurilish va qurilish - montaj ishlarining bajarilishi, buyurtmachilarga topshirilishi, daromadlami tan olish va bajarilgan ishlar tannaixini kalkulyatsiya qilisli usullari, soliq va to‘lovlar hamda yakuniy moliyaviy natijalami hisob va hisobotda aks ettirishdagi xususiyatlarga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |