JURNALISTLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA
1-modda. Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun jurnalistning jurnalistlik faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jurnalistlik faoliyatini himoya qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |