3-modda. Jurnalist
Jurnalist — O‘zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma’lum mavzudagi axborotni to‘plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug‘ullanuvchi shaxsdir.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi
O‘zbekiston Respublikasida senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jurnalistdan xabarlar va materiallarni oldindan kelishib olishini, shuningdek material yoxud xabarning matnini o‘zgartirishni yoxud ularni butunlay nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |