7- mavzu. O’zbekistonda monetar siyosatning o’ziga xos xususiyatlari
Reja
1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar
siyosatining strategik
va taktik maqsadlari.
2.O’zbekiston Markaziy banki monetar siyosatining instrumentlari va
ulardan foydalanish amaliyoti.
3.Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo’nalishlari.
4.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida
Markaziy bank monetar siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
1.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining
strategik va taktik maqsadlari.
Pul-kredit siyosatining strategik maqsadi sifatida
iqtisodiy adabiyotlarda
milliy
valyutaning
barqarorligini ta’minlash va mamlakatda baholar
barqarorligiga erishish e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to’g’risidagi qonunda ham Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik
maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi e’tirof etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining strategik
maqsadi bo’lib, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash hisoblanar edi.
Qator taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining
pul-kredit siyosat
maqsadlaridan
farqli
ravishda,
O’zbekiston
Respublikasida
baholar
barqarorligiga erishish Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadi
hisoblanmas edi.
Mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9-
yanvardagi PF-5296 sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga
asosan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, shuningdek pul-
kredit siyosati, umuman bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustudan
samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni
ta’minlash maqsadida quyidagilarni ta’minlash
Markaziy bank faoliyatining
strategik maqsadli yo’nalishlari deb hisoblandi:
171
narxlar barqarorligi;
bank tizimi barqarorligi va rivojlanishi;
to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi.
AQSh FZT to’g’risidagi qonunda ham milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash va baholar barqarorligini saqlab turish pul-kredit siyosatning strategik
maqsadi ekanligi o’z ifodasini topgan. Bu esa, pul-kredit
siyosatning strategik
maqsadi xususida munozarali holatlarning mavjud emasligidan dalolat beradi.
171
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 9 январдаги “Ўзбекистон Республикаси Марказий
банкининг фаолиятини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”гиПФ-5296-сонли Фармони.
Pul-kredit siyosatning strategik maqsadi xususida munozarali holatlar
mavjud bo’lmasada, uning taktik maqsadlaridan foydalanish xususida bir-biridan
keskin farqlanuvchi munozarali qarashlar mavjud.
Hozirgi vaqtda pul-kredit siyosatning taktik maqsadlari sifatida pul
massasining o’sish sur’ati, milliy valyutaning nominal almashuv kursi, nominal
foiz
stavkasi, inflyatsiyaning maqsadli ko’rsatkichlaridan foydalanilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida yaqingacha rasman pullar taklifini tartibga solish
Markaziy bank pul-kredit siyosatining taktik maqsadi hisoblanar edi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
3272-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021
yillarda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi
pul-kredit siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutaning
mustahkamligini ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi. Bunda
mamlakatda ichki narxlar barqarorligini samarali ta’minlash maqsadida o’rta
muddatli istiqbolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar
markaziy banklari
tomonidan keng qo’llanilayotgan inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-
bosqich o’tish vazifalari belgilandi.
O’ylaymizki, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining inflyatsion
targetlash rejimiga o’tishi o’z navbatida, valyuta bozori faoliyatini
liberallashtirishdan keyingi davrda faol pul-kredit siyosati
yuritish bosqichiga
o’tilishi va bank tizimida nazorat choralarining kuchaytirilishiga iqtisodiy zamin
bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: