operatsiyasi hisoblanadi. Chunki, qimmatli qog’ozni emitentning o’zidan
sotib
olish uni kreditlash hisoblanadi. Bundan tashqari, hukumatning qimmatli
qog’ozlarining kursini saqlash maqsadida amalga oshiriladigan joriy operatsiyalar
ham ochiq bozor operatsiyalari hisoblanmaydi.
Evrozona mamlakatlarida monetar siyosatni Evropa Markaziy banki (EMB)
amalga oshiradi.
EMB evrozonada monetar siyosatni amalga oshirishni 1999 yilning 1
yanvaridan boshladi. Buning uchun huquqiy asos bo’lib, Evropa Ittifoqini tuzish
to’g’risidagi shartnoma, Evropa markaziy banklar tizimining Nizomi va EMBning
Nizomi hisoblanadi.
Evropa markaziy banklar tizimi EMB va Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan
mamlakatlarning markaziy banklaridan tashkil topgan.
Evropa Ittifoqini tashkil qilish to’g’risidagi Shartnomaga muvofiq,
EMBning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan:
– evrozonada monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
– xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshirish;
– xorijiy valyutalardagi rasmiy valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish;
– to’lov tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
EMB monetar siyosatining bosh maqsadi bo’lib,
baholar barqarorligini
ta’minlash hisoblanadi. Bu esa, aholi bandligi va iqtisodiy o’sishga EMB
qo’shadigan muhim hissadir. EMB ana shu maqsadda Evrozonada iste’mol
baholari indeksini 2 foizdan oshib ketmasligini ta’minlaydi. Bunda asosiy e’tibor
kreditlarning foiz stavkalariga EMB tomonidan ta’sir etish hisoblanadi.
Monetar siyosat bo’yicha qaror EMB boshqaruvchilar Kengashi tomonidan
qabul qilinadi. Boshqaruvchilar Kengashining majlisi oyda ikki marta, payshanba
kunlari o’tkaziladi. Birinchi majlisda iqtisodiy vaziyat
va monetar siyosatning
muvofiqligi baholanadi. Asosiy stavkalar bo’yicha qaror mana shu majlisda qabul
qilinadi. Ikkinchi majlisda esa, EMBning boshqa vazifalari muhokama qilinadi.
EMB boshqaruvining asosiy organi boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi.
Boshqaruvchilar Kengashi Ijro direktoratining olti a’zosi va evrozonadagi barcha
mamlakatlar markaziy banklarining boshqaruvchilaridan tashkil topadi.
EMBning Bosh kengashiga quyidagilar kiradi:
– EMBning Prezidenti va vitse – prezidenti;
– Evropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan 27 mamlakat markaziy banklarining
boshqaruvchilari.
Evropa markaziy banklar tizimiga EMB va Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Gretsiya, Daniya,
Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg,
Niderlandiya, Portugaliya,
Finlyandiya, Frantsiya, Shvetsiya markaziy banklari
kiradi.
Evropa markaziy banklar tizimiga a’zo bo’lgan, lekin evrozonaga kirmagan
mamlakatlarning markaziy banklari –
Buyuk Britaniya, Daniya va Shvetsiya
davlatlarining markaziy banklari monetar siyosat bo’yicha qarorlar qabul qilishda
ovoz berish huquqiga ega emas. Evrozonadagi barcha markaziy banklar EMBning
qarorlarini so’zsiz bajarishlari shart.
Shunisi ahamiyatliki, EMB evrozona mamlakatlarining
hukumatlarini
kreditlamaydi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali Evropa Markaziy banki monetar
siyosatining holatini tavsiflovchi asosiy monetar indikatorlarning dinamikasini
tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: