8-mavzu. Makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashda
monetar siyosatning ahamiyati
REJA
1. Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
2. Moliyaviy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
3. Monetar siyosatning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashdagi
ahamiyati.
4. Mamlakatimizda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash
va uni mustahkamlash yo’llari. Restriktsion monetar siyosat. Ekspansionistik
monetar siyosat.
1. Makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi va uni tavsiflovchi
ko’rsatkichlar.
Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik deyilganda - mamlakatda asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o’sishi, inflyatsiya,
valyuta kursi,
ishsizlik darajasi, to’lov balansi va boshqalarning muvozanati
buzilmasdan iqtisodiyotning barqaror holda rivojlanishi tushuniladi.
Moliyaviy barqarorlik esa – mamlakatda valyuta kursi, foiz stavkalari, bank
tizimi, moliya, pul va valyuta bozorlarining, soliq-byudjet sohasining jiddiy
tebranishlarga uchramasdan, o’zaro aloqadorlikda rivojlanishidir. Bunda moliyaviy
barqarorlikning eng asosiy shartlaridan biri milliy valyuta kursi boshqa xorijiy
valyutalarga nisbatan barqaror bo’lishi kerak.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatda makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka
erishish muammosi har bir davlat uchun Hukumat tomonidan olib boriladigan
iqtisodiy
siyosatidagi eng muhim, o’ta mas’uliyatli va murakkab vazifa bo’lib
kelgan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki bosqichida har bir mamlakat,
xususan MDH davlatlari kabi O’zbekiston ham ishlab chiqarishning pasayishi,
inflyatsiya darajasining o’sishi, giperinflyatsiya jarayonlari, moliyaviy mablag’lar
etishmasligi, byudjet taqchilligi, to’lov balansi muvozanatining buzilishi kabi
makroiqtisodiy muammolarga duch kelgan va bartaraf etgan.
Iqtisodiyotdagi bunday salbiy holatlarni bartaraf
etish uchun har qanday
mamlakat hukumati har doim iqtisodiyotni barqarorlashtirishda aniq maqsadlarga
yo’naltirilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Buning uchun Hukumat pul-
kredit va soliq-byudjet siyosatini davlat makroiqtisodiy siyosatida belgilangan aniq
maqsadlardan kelib chiqqan holda muvofiqlashtiradi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab chiqarishning pasayishini
to’xtatish, inflyatsiya darajasini jilovlash va uni keskin pasaytirish hamda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdek mas’uliyatli maqsadga qisqa vaqtda
erishib bo’lmaydi. Ushbu maqsadga bir necha yillar davomida qator islohotlarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish orqaligina erishiladi.
Shuningdek, makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish uchun, har doim ham
qisman amalga oshiriladigan islohotlar yoki alohida olingan pul-kredit va fiskal
siyosatining ta’siri etarli deb bo’lmaydi, albatta.
Buning uchun hukumat tomonidan aniq maqsadlarga yo’naltirilgan qator
tuzilmaviy
va
iqtisodiy
islohotlarni
qamrab
oluvchi
makroiqtisodiy
barqarorlashtirish dasturi majmuasi ishlab chiqilishi hamda uni muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi zarur.
Hukumat tomonidan belgilangan maqsad va vazifalarga erishish uchun
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy barqarorlashtirish
dasturi quyidagi chora-
tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi:
institutsional islohotlar;
narxlarni erkinlashtirish;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish;
moliya tizimini isloh qilish;
joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutaning konvertatsiyasini
ta’minlash;
zamonaviy to’lov tizimini yaratish;
qimmatli qog’ozlar bozorini yaratish;
iqtisodiy siyosatning va moliya tizimining ochiqligini ta’minlash;
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini
jadallashtirish;
iqtisodiyot real sohasini tubdan o’zgartirish;
bozor infratuzilmasini to’liq shakllantirish va boshqalar.
Yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida
iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish jarayonlari tezlashadi hamda bozor
infratuzilmasi va mexanizmlari to’liq ishlaydigan iqtisodiyotga asos solinadi.
O’z navbatida, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan
bosqichlardan iborat bo’lib, jamiyatning barcha sohalarida
islohotlarni amalga
oshirishni taqazo etadi. Xususan, bozor iqtisodiyotiga o’tish:
iqtisodiy faoliyatni, baholar va bozorlarning amal qilishini,
mablag’larni eng yuqori samaradorlik bilan ishlatilishini ko’zda tutgan holda
erkinlashtirishni;
iqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlashga va moliya bozorlarini
rivojlantirishga mo’ljallangan bilvosita vositalarni yaratishni;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali boshqarishni ta’minlash va
xususiylashtirish jarayonlarini kengaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni
oshirishni;
samaradorlikni
oshirishga
zamin
yaratuvchi
qat’iy
byudjet
cheklovlarini o’rnatishni;
qonun ustuvorligi, mulkdorlik huquqini va bozorga kirish
qoidalarining soddaligini ta’minlash bo’yicha tashkiliy va xuquqiy asosni
yaratishni nazarda tutadi.
Jahon iqtisodiy kon’yunkturasining, xususan jahon bozoridagi talab va
taklifning o’zgarishi yoxud neft, oltin, paxta, gaz
va boshqa nodir metallar
narxining keskin o’zgarishi har qanday davlat iqtisodiyotiga eksport-import orqali
o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bu esa mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatning buzilishiga va ma’lum
makroiqtisodiy muammolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ushbu qiyin
vaziyatdan chiqib ketish uchun davlatlar iqtisodiy islohotlar bo’yicha
makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturlariga tegishli tuzatishlar va o’zgartirishlar
kiritadilar.
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda Hukumat
Markaziy bank va Moliya vazirligining faoliyatini mamlakatda amalga
oshirilayotgan tuzilmaviy va iqtisodiy islohotlarning maqsadlariga mos holda
muvofiqlashtiradi.
Bunda Markaziy bank va Moliya vazirligi o’z vazifalari va strategiyalarini
belgilab oladi hamda qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun barcha zarur
chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Shu sababli, Davlat siyosatining maqsadlaridan
kelib
chiqqan holda Markaziy bank, o’z navbatida, pul-kredit siyosati va valyuta
kursi yo’nalishida o’zining aniq strategiyasini belgilab olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: