shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning
samarali tizimini tashki
etish va ta’minlash;
-
banklar,
mikrokredit
tashkilotlari
va
garovxonalar
faoliyatini
litsenziyalash hamda tartibga solish, ular faoliyatini nazorat qilish, qimmatli
qog’ozlar blanklarini ishlab chiqarishni litsenziyalash;
- O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini,
kelishuvga binoan hukumat rezervlarini qo’shgan holdasaqlash va tasarruf etish;
- davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi
bilanbirgalikda tashkil
etish.
Bundan tashqari, mazkur qonunga muvofiq, Markaziy bankka monetar
siyosatni mustaqil amalga oshirish bo’yicha quyidagi vakolatlar berildi:
- muomaladagi pul massasini tartibga solish parametrlarini belgilash;
- tijorat banklari uchun majburiy zaxira me’yorlarini belgilash;
- Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini belgilash;
- tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari uchun iqtisodiy
normativlarni belgilash;
- ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish;
- ichki valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarini
o’rnatish.
Monetar siyosatni isloh qilishning uchinchi bosqichi 2000-2003
yillarni
qamrab oladi.
Ushbu bosqichda asosiy e’tibor milliy valyutaning almashuv kursini
erkinlashtirish va unifikatsiya qilishga qaratildi. Chunki, O’zbekistonda 2003
yilning 15 oktyabridan boshlab joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha cheklovlar
bekor qilindi. Chunki, 2003 yil 8 oktyabrda O’zbekiston hukumati Xalqaro
valyuta fondi nizomining VIII-moddasi bo’yicha majburiyatlarni qabul qildi.
Milliy valyuta bozorining rivojlanmaganligi, uning likvidlilik darajasining
pastligi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda foydalaniladigan
moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish imkonini bermaydi.
Masalan, joriy valyuta bozori likvidlilik darajasining
pastligi milliy va
xorijiy valyutadagi sof aktivlarning uzluksiz harakatlanishiga to’sqinlik qiladi,
derivativlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini bermaydi, import
to’lovlari bilan bog’liq bo’lgan konversion operatsiyalar hajmining kamayishiga
sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi
miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin. Natijada,
milliy valyutaning
almashuv kursi barqarorligiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga kelishi
mumkin.
To’lov balansida asosiy tushum moddasi eksport bo’lgan o’tish iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun tashqi savdo aylanmasi ijobiy saldosi miqdorining
kamayishi jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Ana shunday muammolardan
biri inflyatsiya darajasining oshishi va milliy valyuta nominal almashuv
kursining nobarqarorligi hisoblanadi. O’z navbatida,
valyuta kursining
nobarqarorligi aholi turmush darajasining yomonlashishiga olib keladi, to’lov
balansining holatiga salbiy ta’sir qiladi va shuning asosida milliy valyuta kursiga
nisbatan kuchli tazyiqni yuzaga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevralda
qabul qilingan 63-sonli “Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, kassa rejalarini
nazorat qilish kabi eskirgan usullar bekor qilinib, uning o’rniga bozor
iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan,
zamonaviy, tez ta’sirchan kuchga ega
bo’lgan uslublar joriy etildi. Bu esa, Markaziy bankka monetar siyosatning
bevosita dastaklariga nisbatan uning bilvosita dastaklaridan kengroq
foydalanishga imkon yaratdi.
Monetar siyosatni isloh qilishning to’rtinchi bosqichi 2003-2008 yillarni o’z
ichiga oladi. Ushbu bosqichda bank tizimining kapitallashish darajasini oshirish,
davlat banklarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, xususiy banklar
va nobank kredit tashkilotlari faoliyatini
tashkil etish va kengaytirish,
fuqarolarning banklardagi omonatlarini sir saqlanishi va kafolatlanishi hamda
kredit tarixi axborot tizimlarining yaratiliish, tijorat banklarini ularga xos
bo’lmagan funktsiyalardan bosqichma-bosqich ozod etish vazifalariga qaratildi.
Monetar siyosatni isloh qilishning beshinchi bosqichi 2008 yildan hozirgi
kunga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston
Respublikasi iqtisodiyotiga ta’sirini pasaytirish maqsadida inqirozga qarshi
choralar dasturi ishlab chiqildi.Ushbu Dastur O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058-sonli “Iqtisodiyotning real
sektori korxonalarini qo’llab – quvvatlash, ularning barqaror ishlashini
ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
farmonida o’z ifodasini topdi.
Inqirozga qarshi choralar dasturi dasturi doirasida respublikamizning
etakchi banklarining kapitallashish darajasi Davlat byudjetining mablag’lari
hisobidan oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: