ko’rsatdiki, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish va bank tizimining likvidligini
ta’minlash maqsadida nollik hisob stavkasi qo’llanilmoqda. Bu esa, birinchidan,
tijorat banklarining likvidliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularni kreditlash
imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining
foiz stavkalarini oshishiga va natijada xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining tijorat
banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonin beradi.
Shunisi xarakterliki, respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan
ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining kredit ekspansiyasi o’rtasida
ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki,
bir tomondan, tijorat banklari kredit ekspansiyasi ko’lamining keng emasligi
(kreditlarning YaIMga nisbatan darajasi bilan o’lchanadi) iqtisodiyotning pul
mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga to’sqinlik qilsa, ikkinchi
tomondan iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining past
ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski darajasining yuqori bo’lishiga
sabab bo’lmoqda. Buning sababi shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar haqini o’z vaqtida
to’lanmasligi ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-
3272-sonli qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish
operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni
kengaytirish, majburiy zaxira me’yorlarini qo’llashni takomillashtirish talablari
o’z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-
5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi
chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmonida pul-kredit siyosatini takomillashtirish
bo’yicha quyidagi ustuvor yo’nalishlar belgilangan:
–.milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqat
bozor mexanizmlarini qo’llash;
– milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar
siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va
moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog’ozlari bozorini
rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli
qog’ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish bo’yicha operatsiyalarni
amalga oshirishni amaliyotga joriy etish;
– monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining
mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o’sishining oldini
olish.
Do'stlaringiz bilan baham: