valyutaga bo’lgan ishonchning va pulga bo’lgan real talabning oshayotganligidan
dalolat beradi.
Pul-kredit siyosatini ishlab chiqishdagi bosh masala inflyatsiya bo’yicha
maqsadli ko’rsatkichlarni aniqlash va ularga pul-kredit agregatlari hamda
almashuv kursining ta’sirini o’rganishdan iborat. Shuningdek,
Moliya vazirligi
ham fiskal siyosat borasida belgilab olgan aniq maqsadlardan kelib chiqib fiskal
barqarorlashtirish muammolarining oqilona echimlarini topadi, davlat byudjetining
daromadlari va xarajatlarining aniq miqdorlarini belgilaydi hamda byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib oladi.
Shu asosda mamlkatda ishlab chiqarish va xixmat ko’rsatish hajmini
oshirishni rag’batlantirishga yo’naltirilgan samarali va oqilona fiskal siyosatni
amalga oshiradi. Ta’kidlash joizki, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda
tashqi qarzlarni boshqarish va uning eng yuqori
darajasini belgilash kabi
masalalarga jiddiy e’tibor beriladi.
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni o’zgartirishda XVFning
kreditlash jarayoni ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, Stand-by Arrangement (SBA) – stend bay krediti a’zo
mamlakatlarga qisqa muddatli to’lov balansi muammolarini hal etish maqsadida
beriladi va XVF resurslarining katta qismini tashqil etadi. Asosan, Kreditni asosiy
muddati
12-24
oygacha.
Kreditni
qoplash
muddati
2,5–4yilgacha.
Extended Fund Facility (EFF) - kengaytirilgan fond mablag’lari (1974 y.) –
asosan mamlakat to’lov balansida uzoq muddatli muammolarni hal etish uchun
beriladi. Odatda 3 yildan ko’proq muddatga va qoplash
4,5 -7 yilgacha.
Supplemental Reserve Facility (SRF) – qo’shimcha rezerv mablag’lari –
1997 yildan boshlab iste’molni qondirish uchun juda qisqa muddat ichida yirik
hajmda moliyalashtirila boshlangan.
Compensatory
Financing
Facility
(CFF)–kompensatsiyalangan
moliyalashtirish mablag’lari –jahon tovar narxlari
tebranishi sababli import
tovarlari narxlari ko’tarilishi, eksportdan tushumning kamayishini tufayli to’satdan
defitsitga ega mamlakatlarga yordam berish maqsadida 1963 yilda tashqil etilgan.
Bu kreditlashning moliyaviy shartlari SBA ga o’xshaydi, farqi mamlakat uchun
hech
qanday
nagruzkaga
olib
kelmaydi.
Poverty Reduction and Growth Facility (PRGF)–qashshoqlikni kamaytirish
va o’sishga ko’maklashish – kam daromadli va rivojlanish strategiyasiga ega
mamlakatlarga hamda shu dasturga a’zo mamlakatlarga kreditlar beriladi. Oxirgi
yillarda XVF resurslarining asosiy qismi PRGF ga yo’naltirilgan.Bu qarz
mablag’larining foiz stavkasi 0,5% bo’lib, kredit muddati 5,5 – 10 yil.
1962 yildan XVF tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila, bo’ron va b.) dan
aziyat chekkan a’zo mamlakatlarga moddiy yordam qilishni ko’rib chiqadi. Bu
yordamdan maqsad import tovarlari narxlari ko’tarilishi,
eksportdan tushumning
kamayishi tufayli to’satdan defitsitga ega mamlakatlarga chet el valyutasida tez
moliyalashtirishdir. XVF qarzdor mamlakatlardan beriladigan kreditlar uchun
shartnoma summasidan bir martalik vositachilik yig’ini 0,5% miqdorida va
belgilangan haqni yoki bozor stavkalariga asoslangan protsent stavkasini oladi.
1992-1993 moliya yilida (1 maydan 30 aprelgacha) bu haq bir yil uchun o’rtacha
6,60% ni tashqil qildi (bir yil oldin - 8,02%).
Belgilangan muddat o’tib bo’lgandan keyin a’zo mamlakat teskari
operatsiyani amalga oshirishga majbur – Fondga SDR
yoki chet el valyutasidagi
mablag’larni qaytarib, o’z milliy valyutasini sotib olish kerak. Odatda, bu ilgari
olingan kreditni qaytarishni bildiruvchi operatsiya valyutani sotib olgandan keyin 3
yil 3 oydan 5 yilgacha muddat ichida amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari,
qarzdor mamlakat o’zining to’lov balansi yaxshilanishi va valyuta rezervlari
ko’paygani sari Fond uchun ortiqcha bo’lgan valyutasini
muddatidan oldin sotib
olishga majburdir. Agar qarzdor mamlakatning XVF idagi milliy valyutasi boshqa
a’zo davlat tomonidan sotib olinsa, u mamlakatning Fondga qarzi to’langan
bo’ladi.
A’zo mamlakat tomonidan chet
el valyutasidagi mablag’larni rezerv ulushi
ustidan olinishi mumkin bo’lgan (100% kvota kattaligi) kvotaning 25%i bo’yicha
4ta kredit ulushiga (transhlar) bo’linadi. rezerv va kredit ulushlaridan to’la
foydalanish natijasida mamlakatning XVFidan olishi mumkin bo’lgan eng ko’p
kredit summasi uning kvotasi 125% miqdorini tashqil qiladi. XVF kredit olmoqchi
bo’lgan mamlakatga belgilangan talablarni qo’yadi. Bunda talablarning qattiqligi
bir kredit ulushidan boshqasiga o’tishiga qarab oshib boradi. Qarzdor
mamlakatning majburiyatlari u tomonidan o’tkazilishi kerak bo’lgan muvofiq
ravishdagi moliyaviy-iqtisodiy tadbirlar XVF iga yuborilayotgan "mo’ljallar
haqidagi xat" da qayd qilinadi. Agar Fond mamlakat "Fond
maqsadlariga zid
ravishda" kreditdan foydalanadi, deb hisoblasa, yoki Fondning ko’rsatmalarini
bajarmayotgan bo’lsa, u mamlakatni kreditlashni cheklab yoki butunlay to’xtatib
qo’yishi mumkin. Birinchi kredit ulushidan foydalanish Fond tomonidan uning
so’rovi ma’qullangandan keyin darhol so’ralgan summani oladigan chet el
valyutasini to’g’ridan-to’g’ri
sotib olish shaklida ham, yoki XVF bilan rezerv
kredit haqidagi bitimni kelishish yo’li bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunday bitimlar amaliyotda 1952 yildan qo’llana boshlagan. Ustama kredit ulushi
hisobiga Fond tomonidan ajratilayotgan mablag’lar bilan bog’liq hodisalarda a’zo
mamlakatlar bilan rezerv kreditlar haqida kelishilgan holda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: