Kafedrasi abdullayev utkir azimovich


Inflyatsion targetlash bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi



Download 4,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/157
Sana26.02.2022
Hajmi4,37 Mb.
#465877
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   157
Bog'liq
Monetar siyosat umk

6.Inflyatsion targetlash bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi. 
Jahon amaliyoti mamlakatda olib borilayotgan pul – kredit siyosatining ko’p 
qirrali bo’lmasligi bir qancha kutilmagan salbiy oqibatlarga ham olib kelishi 
mumkinligidan dalolat beradi. Ko’plab rivojlangan mamlakatlar tajribasida ham 
yo’l qo’yilgan xatoliklardan biri sifatida ularning pul – kredit siyosatlarini ko’p 
hollarda faqatgina inflyatsiya sur’atlarini tushirishga qaratilganligida ko’rishimiz 
mumkin. Darhaqiqat, ushbu tarzda olib borilgan siyosat o’z samarasini berishi 
o’laro, mamlakatda deflyatsiya olatini yuzaga keltira boshladi. 2003 yil may oyida 
“Yaponiya moliyachilar va iqtisodchilar jamiyati”da so’zga chiqgan AQSh Federal 
Zaxira Tizimi raisi B.Bernanke o’z nutqida deflyatsiyaning o’tkir fazasini boshdan 
kechirayotgan mamlakatlar uchun pul – kredit siyosatining miqdoriy 
yo’nalishlarini (inflyatsiyani targetrlash yoki narxlarni miqdoriy aniqlash) 
qanchalar muhimligini ta’kidlab o’tgan edi. 1990 yillar boshlariga kelib 
inflyatsiyani barqarorlashtirishning an’anaviy metodlari, shu qatori pul 
agregatlarini targetlash metodi ham globallashuv sharoitida, shuningdek moliya 
sohasida ham o’zining kam samaraliligini ko’rsatdi. Mamlakatlar sekin-asta 
inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’ta boshladilar. 1990 yil Yangi Zelandiya 
Zaxira Banki (YaZZB) ilk bor inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llashni 
boshlaganini rasman e’lon qildi. Inflyatsiyani targetrlash siyosatiga o’tishning 
belgisi sifatida hukumatni yoki Markaziy bankning kelajakda inflyatsiyani yoki 
narxlarning o’sishini bir maromda ushlab turilishini e’lon qilishini kuzatish 
mumkin. Shuningdek, inflyatsiyani targetlashda narxlarni “qotirib qo’yish” emas, 
balki ularni bir maromda o’sishini ta’minlash nazarda tutiladi. Agar inflyatsiyani 
targetlash siyosatini narxlarni “qotirib qo’yuvchi” yoki uning “temir qolipi” 
sifatida qabul qilsak, bu avvalo, mamlakatda zarur bo’lmagan hollarda ham qattiq 
pul – kredit siyosatini olib borishga majbur qiladi. Bu esa o’z o’zidan 
iqtisodiyotning barcha sektoriga zanjirsimon salbiy ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Glenn Rudebush va Karl Uolsh bergan ta’rifga ko’ra, inflyatsiyani targetlash 
– bu ommaga e’lon qilingan inflyatsiya maqsadli ko’rsatkichlariga erishish 
borasida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul – kredit siyosati doirasida 
qaror qabul qilish uchun lozim bo’lgan modeldir.[4] Bu Markaziy bank tomonidan 
inflyatsiya maqsadli ko’rsatkichlariga erishish uchun qabul qilinadigan, pul – 
kredit organlari uni nazorat qilishga mas’ul bo’lgan operastsion instrumentdir.
Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llagan mamlakatlarning maqsadi bir 
bo’lishiga qaramasdan amaliyotda ularni qo’llashga majbur qilgan sabablar bir-
biridan keskin farq qilishini ko’rishimiz mumkin. Masalan, Germaniyada 
154
“www. cbr. ru” sayti ma’lumotlari. 


 
inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tishning sababi bo’lib, qat’iy belgilangan 
valyuta kursidan voz kechish siyosati hizmat qilgan bo’lsa, Kanada uchun esa 
ushbu holat pul massasini targetlash siyosatini qo’llashdagi omadsizliklar tufayli 
inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llash joriy qilingan. Buyuk Britaniyaning 
inflyatsiyani targetlash siyosatiga o’tishiga turtki bo’lgan asosiy sabablardan biri 
bu pul massasini targetlashdagi omadsizliklar, hamda “evro zonasi”dagi ishtiroki 
majbur qilgan. Inflyatsiyani targetlash siyosatini qo’llaganda, inflyatsiya 
darajasining eng maqbul darajasi sifatida 3% va undan kam bo’lgan sur’atlar 
ko’rsatiladi. Lekin, shunday bo’lsada bu ko’rsatkich nol darajaga tushmasligi 
kerak. Chunki, inflyatsiyani nol darajada ushlab turilishi mamlakatda deflyatsiya 
holatini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan xavfni kuchaytiradi. Mamlakatda 
deflyatsiya holatining yuz berishi iqtisodiy jarayonlarga inflyatsiyadan ko’ra 
kuchlaroq zararli ta’sir ko’rsatadi. Oz miqdordagi inflyatsiya iqtisodiy faollik va 
ishlab chmqarish jarayonlarini faollashuviga ijobiy ta’sir etishi mumkin. 

Download 4,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish