Ijtimoiy-iqtisodiyot



Download 0,58 Mb.
bet1/20
Sana01.08.2021
Hajmi0,58 Mb.
#134684
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5195213941847887054


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI

IJTIMOIY-IQTISODIYOT” FAKULTETI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI

IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN





70-19 GURUH TALABASI
MATRASULOV ALIMARDON
Mavzu: Markaziy bank va uning vazifalari
Mavzu: Markaziy bank va uning vazifalari


Mundarija

Kirish

I bob

I.O’zbekiston banklari tarixiga nazar

1.1.Markaziy bankning tashkil topishi tarixi

1.2.O'zbekistonda tijorat banklari tarixi

II bob

II.Markaziy bankning faoliyat jarayoni va vazifalari

2.1. Markaziy bankning maqsad va vazifalari:

2.2. Markaziy bankning pul-kredit siyosati


2.3.Markaziy bank tomonidan "milliy valyuta" ning nazorat qilinishi

III bob

III.O'zbekiston bank tizimida xorijiy tajribadan foydalanish

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati







Kirish:

Mavzuning dolzarbligi: Markaziy bankning faoliyatini tahlil qilar ekanmiz hozirgi kundagi bevosita hayotimizga taalluqli bo'lgan moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni va pul-valyuta tizimini,qolaversa shaxsiy tadbirkorligimizni amalga oshirimiz uchun zarur bo'lgan moliyaviy yordam,kredit tizimini mukammal o'rganib chiqishimiz mumkin bo'ladi. Markaziy bank- bu biz hayotimizda keng foydalanadigan tijorat banklarining boshqaruvchisi desak adashmagan bo'lamiz. Markaziy bankning to'g'ri faoliyat olib borishi bevosita davlatning moliyaviy ahvoliga chambarchas bog'liq bo'ladi. Agar bank o'z ichki idoraviy siyosatini yaxshi olib bormasa,ishchi hodimlar,hujjatlar yig'ishda nuqsonlar ko'zga tashlansa bu ahvol nafaqat ushbu tashkilot uchun,balki butun mamlakat uchun,aholining turmush tarzi uchun va davlatning umumjahon hamjamiyatidagi o'rni uchun katta salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

"Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muamalasini ta'minlashda banklar muhim rol o'ynaydi. Banklar pul mablag'larini to'plash,joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy muassasalardir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo'lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil etadi."1 Aynan ana shu banklar tizimining eng cho'qqisida "Markaziy bank" turadi. Endi ozgina tasavvuriy fikr yuritsak, agar bitta katta savdo yo'lida u mamlakatdan bu mamlakatga ko'chib yuradigan karvonning oldidagi "sarbon" ya'ni karvon boshi o'z yo'lidan salgina adashsa butun boshli karvon o'z yo'lini yo'qotishi tabiiydir. Ana shu biz tasavvur qilayotgan "sarbon" hozirgi banklar tizimining yo'l boshchisi bo'lgan "Markaziy bank"dir. Bizning bu mavzuni tubdan o'rganishimizga sabab ham shu joyda yashiringan. Kelajak davomchilari bo'lmish biz yosh avlodga ushbu mamlakat iqtisodiyotiga bevosita bog'liq bo'lgan Markaziy bank faoliyatini tahlil qilish ham qiziqarli, ham kelajakdagi kasbiy mohirlik va bilimdonlikka olib kelishi shubhasiz. Bizning kelajakda faoliyat ko'rsatadigan kasbimizda ham ushbu ilmiy ishimizning ozgina bo'lsada ta'siri selishi shubhasiz.

Kurs ishi mavzusining maqsadi: Hozirgi oliy ta'lim , xususan ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlar bo'yicha olayotgan ma'lumotlarimiz orasida pul-kredit tizimi,moliyaviy ma'lumotlar,soliq va subsidiyalar,ijtimoiy-siyosiy yangiliklar kabi unsurlar bevosita ko'zga tashlanadi.Bu tushunchalarni tub mohiyatini tushunishimiz uchun biz avvalo O'zbekiston Respublikasi bank tizimi,Statistika qo'mitasi,Davlat soliq qo'mitasi va bir qator tashkilotlar faoliyati bilan qisqacha tanishishimiz zarur bo'ladi.Ana shu maqsadda biz aynan mana shu mavzuni tanlashga qaror qildik.

Kurs ishining vazifalari:

-Markaziy bankning davlat iqtisodiy siyosatiga aralashuvini tarixan va bugungi kun miqyosida yoritish

-Markaziy bankning valyuta siyosatini yoritish

-Markaziy bankning faoliyati bo'yicha qonun va qarorlarni yoritish

-Markaziy bankning tijorat banklari ustidan boshqaruvini o'rganib chiqish

Kurs ishining predmeti:

Markaziy bank tarixini va bugungi kundagi faoliyatini o'rganib chiqish.



Kurs ishining mohiyati:

Markaziy bank faoliyatini o'rganishda kasbiy-malakaviy bilimlar olish



Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishimiz tanlangan mavzuga muvofiq ravishda Kirish qismi, asosiy qism (3 ta bob), xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro'yhatidan iborat. Asosan kirish qismida kurs ishi haqida muallifdan qisqacha fikr- 1mulohazalar va ma'lumotlar, asosiy qismning I bobida O’zbekiston banklarining qisqacha tarixi haqida,II bobida Markaziy bank faoliyat jarayoni va belgilangan vazifalar, 2

III bobida esa Markaziy bankni faoliyatini davom ettirishda xorij davlatlari tajribalari to'g'risida so'z yuritiladi.

Kurs ishining yakuniy qismida esa mavzu yuzasidan olingan ma'lumotlar va xulosalar joy olgan.Agarda sizni berilayotgan ma'lumotlar qiziqtirib qo'ysa foydalangan adabiyotlarimizdan siz ham foydalanishingiz mumkin bo'ladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish