Ijtimoiy-iqtisodiyot


Markaziy bank tomonidan foiz stavkasining belgilanishi



Download 0,58 Mb.
bet14/20
Sana01.08.2021
Hajmi0,58 Mb.
#134684
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
2 5195213941847887054

2.4. Markaziy bank tomonidan foiz stavkasining belgilanishi

Markaziy bank Boshqaruvining 2020-yil 5-martdagi qarori bilan asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. bu qaror tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi hamda koronavirus bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohlanadi.

Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra inflyasiyaning eng yuqori darajasi joriy yilning ikkinchi choragida kuzatilishi mumkin. Ayni vaqtda, 2020-yilning ikkinchi yarmida tariflar o‘sishining inflyasiyaga ta'siri pasayib boradi va yil oxirida inflyasiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqinlashadi.

O‘tgan yillardagi inflyasiya xususiyatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar va xizmatlar narxlarining muntazam tizimli ravishda oshirib kelinishi inflyasiyaning asosiy omillaridan bo‘lgan. Ta’kidlash joizki, ushbu sohalarda narxlar shakllanishining bozor tamoyillarini joriy qilishni kechiktirish keyinchalik ham narxlarni har yil oshirib borishni talab qiladi. Bu, o‘z navbatida, qo‘shimcha inflyasion bosimni yaratishda davom etadi va 2023-yilga kelib inflyasiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga – targetga erishishni qiyinlashtiradi.

Narxlarni o‘zgartirishni bir bosqichda amalga oshirish orqali bozor tamoyillarini joriy etilishi inflyasiyaga ma'lum darajada qisqa muddatli ta'sir ko‘rsatishi mumkin, biroq bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish yo‘lidagi muammolarni bartaraf etishga, respublika hududlarida energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga hamda tovarlar va xizmatlar taklifi hajmining ko‘payishiga xizmat qiladi.

Inflyasiya va inflyasion kutilmalar. 2020-yilning fevral oyida yillik inflyasiya yanvar oyiga (14,3 foiz) nisbatan 0,8 foiz bandga va 2019-yilning dekabr (15,2 foiz) oyiga nisbatan 1,7 foiz bandga pasayib, 13,5 foizni tashkil qildi.

2020-yil fevralda bazaviy inflyasiya 2019-yil dekabrga nisbatan solishtirganda 1,4 foiz bandga pasayib, 12,5 foizlik darajagacha tushdi.

Inflyasiya darajasining pasayishiga, birinchi navbatda, fundamental omillar, jumladan, iqtisodiyotni kreditlash hajmi va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi, shuningdek, 2019-yilda yuzaga kelgan bir martalik omillar (o‘tgan yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi, avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi hamda energiya resurslari narxining oshishi, oktyabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi) ta’sirining  qisqarishi sabab bo‘ldi.

Mavsumiy tebranishlarning ta’sirining kamayishi joriy yilning yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqaror bo‘lishiga xizmat qildi va ushbu guruh narxlarining o‘sishi 2,4 foizni tashkil qildi (2019-yilning yanvar-fevral oylarida 4,9 foiz).

Saqlash infratuzulmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi hisobiga qish oylarida meva va sabzavotlar narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Xususan, 2019-yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.

Shuningdek, bug‘doy uni va non mahsulotlari narxlarining bozor sharoitlariga moslashib borishi natijasida ularning INIga ta’siri sezilarli darajada pasaydi va non mahsulotlarining ulushi 0,08 foiz bandni tashkil qildi (2019-yil yanvar-fevral oylarida 0,2 foiz band).

Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan 1,75 trln. so‘mlik qisqa muddatli obligatsiyalar muomalaga chiqarildi, 2 trln. so‘mlik byudjet mablag‘lari Markaziy bank depozitiga jalb etildi va bu bank tizimi likvidligida mavjud tarkibiy profitsitni qisqartirishga yordam berdi.

Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi iste’mol va ipoteka kreditlari segmentida yuqori o‘sish sur’ati (5,2 foiz) kuzatildi (umumiy kredit portfeli o‘sishining 38 foizini tashkil qildi). Ushbu kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarning nisbatan yuqori bo‘lishiga qaramasdan, ularga bo‘lgan talabning yuqoriligi quyidagilar bilan izohlanadi:

iste’mol kreditlar bozori nisbatan yangi bo‘lganligi uchun uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan yuqori talab;

iste’molchilar moliyaviy savodxonlik darajasining yuqori emasligi;

eng asosiysi, mamlakatda bir necha yillar davomida yuqori inflyasiya kuzatilganligi sababli, iqtisodiyotda yuqori foiz xarajatlarini qaytarishning qiyin bo‘lmasligi to‘g‘risidagi fikrlarning saqlanib qolishi.

Xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkalarining nisbatan past ekanligi ushbu kreditlar hajmining 3,4 foizga oshishiga sabab bo‘ldi.

Ushbu tendensiyaning davom etishi aholini kreditlash va xorijiy valyutadagi kreditlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni oldini olish hamda qarz yukining muvofiq darajasini saqlab turish maqsadida makroprudensial choralari qo‘llab boriladi.

Umuman, joriy yilning yanvar-fevral oylarida fuqarolarning milliy valyutaga bo‘lgan ishonchi ortib borishi davom etdi.

Yanvar-fevral oylarida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi muddatli omonatlari 9,4 foizga oshdi, xorijiy valyutadagi omonatlar esa deyarli o‘zgarmadi.

Byudjet xarajatlari va iqtisodiyotni kreditlash hajmini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar muayyan darajada importga bo‘lgan talabning muvozanatlashuviga olib keldi. Xususan, 2020-yilning yanvar oyida importning yillik o‘sish sur’ati 23 foizgacha (2019-yilning yanvar oyida 43 foiz, fevral oyida 40 foiz) sekishlandi. 

Noaniqlik va xatarlar. Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning  davomiyligi bilan baholanadi.

Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi ichki bozorda narxlarga ma'lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin.

Ichki narxlar darajasiga «koronavirus» ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi.

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.

Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta'minlash, ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘izston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

Yana bir bor ta’kidlash lozimki, transport infratuzilmasini, bozorlarda raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini uzluksiz gaz va elektr energiya bilan ta’minlash sohalarida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflyasiya darajasi barqaror pasayishining asosiy omillaridan hisoblanadi.

Markaziy bank tashqi va ichki sharoitlar ta’sirida inflyasiyaning omillari va xatarlari xususiyatini chuqur o‘rganishda davom etadi hamda inflyasiya prognoz dinamikasining shakllanishidan kelib chiqib asosiy stavka darajasi bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qiladi.

Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy majlisi 2020-yilning 23-apreliga rejalashtirilgan, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.8



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish