3-rasm. Mamlakatimizda 2016-2017 yillarda iste’mol narxlari indeksi
bo’yicha inflyatsiya darajasi,foizda
143
143
http://www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki).
5,7
0,3
10,1
10,4
14,4
15,9
16,1
8,6
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
ИНН
Озиқ -овқат
маҳсулотлари
Ноозиқ-овқат
маҳсулотлари
Хизматлар
2016
2017
Rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2017 yilda iste’mol narxlari
indeksi (INI) bo’yicha hisoblangan inflyatsiya darajasi 14,4 foizni tashkil etdi.
Bunda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 15,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari –
16,1 foizga va xizmatlar – 8,6 foizga qimmatlashgan.
Iste’mol narxlari dinamikasining oylar kesimidagi tahlili 2017 yil
davomida inflyatsiya darajasining shakllanishiga oziq-ovqat mahsulotlari
narxlarining o’zgarishi eng ko’p ta’sir etganligini ko’rsatmoqda.
Xususan, 2017 yilda nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o’sish sur’ati 2016
yildagi 10,1 foizdan hisobot yilda 16,1 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari
o’sish sur’ati esa 0,3 foizdan 15,9 foizgacha oshgan.
Bunda oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha narxlar darajasining bunday oshishi
asosan 2017 yil davomida tuxumning 36,1 foizga, go’sht mahsulotlarining 30
foizga, shakarning 28,8 foizga, guruchning 16,2 foizga, sut mahsulotlarining 16
foizga, o’simlik yog’ining 15,3 foizga, makaron mahsulotlarining 12,6 foizga
hamda bug’doy unining 10,4 foizga qimmatlashishi bilan izohlanadi.
2017 yil davomida ichki narxlar darajasining oshishiga bir qator nomonetar
omillar, shu jumladan, 2017 yilning noyabr oyida benzin va elektr energiyasi
narxlarining oshirilishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi natijasida ichki
narxlarning qo’shni davlatlardagi narxlar darajasiga moslashishi, mahsulotlarni
import qilishda sust raqobat muhiti hamda qurilish mahsulotlariga ichki talabning
oshib borishi ta’sir qildi.
Shu bilan birga, o’tkazilgan so’rovlar natijalari, 2017 yilning dekabr oyida
ish haqi va ijtimoiy to’lovlar miqdorining oshirilishi inflyatsion kutilmalarning
o’sishi orqali iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasiga ta’sir qilganligini
ko’rsatmoqda.
Xususan, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining yillik 9 foizdan 14
foizga oshirilishi bilan bir qatorda, bank nazoratining samarali qo’llanilishi qisqa
muddat ichida iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining hamda pul massasining o’sish
sur’atlarini mo’’tadillashtirish imkonini berdi.
Pul-kredit
sohasida
qabul
qilingan
qarorlar
pul-kredit
siyosati
instrumentlarining ta’sirchanligini kuchaytirish va samaradorligini bosqichma-
bosqich oshirishga qaratildi.
2017 yilning ikkinchi yarmidan boshlab tijorat banklariga likvidlilik berish
operatsiyalarining joriy etilishi pul-kredit siyosatining faol bosqichiga o’tishdagi
dastlabki amaliy qadamlardan bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 2sentyabrdagi«Valyuta
siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora- tadbirlar
to’g’risida»gi PF-5177-sonli Farmoni bilan respublikamizda valyuta bozorini
erkinlashtirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida
belgilab berildi.
O’z navbatida, valyuta bozori faoliyatini erkinlashtirish bo’yicha amalga
oshirilgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosati mexanizmlarini yangi sharoitlarni
inobatga olgan holda takomillashtirish uchun asos bo’lib xizmat qildi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 13 sentyabrdagi
«Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risida»gi PQ-
3272-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda
pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi pul-kredit
siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutaning mustahkamligini
ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi.
Bunda mamlakatda ichki narxlar barqarorligini samarali ta’minlash
maqsadida o’rta muddatli istiqbolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar markaziy
banklari tomonidan keng qo’llanilayotgan inflyatsion targetlash rejimiga
bosqichma-bosqich o’tish vazifalari belgilandi.
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi va xo’jalik
yurutuvchi sub’ektlar joriy hisobraqamlaridagi valyuta mablag’larini tijorat
banklarining muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga jalb etish va ularni
iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlariga kredit sifatida yo’naltirish iqtisodiyotni
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifani hal etish, o’z navbatida, xorijiy valyutalarda banklarga jalb
etilgan muddatli va jamg’arma depozitlariga to’lanadigan foiz stavkalarini oshirish
yo’li bilan mazkur depozitlarning aholi va korxonalar uchun jozibadorligini
oshirishni taqozo etadi.
Inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqining
o’sishi bilan iste’mol tovarlari baholarining o’sishi o’rtasidagi bevosita bog’liqlik
mavjud.
Ushbu bog’liqlikning yuzaga kelishi quyidagi omillarga asoslanadi:
– byudjet tashkilotlarida ish haqining o’sishi iste’mol tovarlariga bo’lgan
talabning oshishiga olib keladi, chunki iste’mol tovarlarining sezilarli qismi aholi
tomonidan naqd pullarga xarid qilinadi;
– chakana savdo shoxobchalari orqali iste’mol tovarlarini sotayotgan savdo
xodimlarining ongiga ish haqlarining o’sishi kuchli psixologik ta’sir ko’rsatmoqda.
2. Respublikamizda talab inflyatsiyasining kuchayishi natijasida YaIM
deflyatorining yuqori darajasi saqlanib qolmoqda. Masalan, 2015 yilda yalpi ichki
mahsulot deflyatori 12,1 foizgacha pasayishi ta’minlandi
144
.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani
yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin,
Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar
omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli
ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda
bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi
o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani
jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.
Inflyatsiyaning klassik talqinida, baholarning o’sishi, pulning aylanish tezligi
o’zgarmasdan qolgan sharoitda, pul taklifining oshishiga bog’liq. Pullar taklifi va
pulning aylanish tezligi o’zgarmagan sharoitda alohida tovarlarning bahosi
o’zgarganda ham mamlakatda baholarning umumiy darajasi o’zgarmasdan qoladi.
144
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik hisobotlari asosida tayyorlandi.
Shu sababli, baholar umumiy darajasining o’sishi bilan ularning alohida olingan
tovar pozitsiyalari bo’yicha o’sishini jiddiy farqlash lozim.
3. Tabiiy monopoliyalar mahsulotlari va xizmatlari baholarining o’sish
sur’atlariga ega ekanligi inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishida muhim o’rin
tutmoqda.
Shunday holatni boshqa davlatlar misolida ham kuzatish mumkin. Masalan,
Rossiyada neft va gaz bahosining oshishi inflyatsiyaning kuchayishiga xizmat
qilmoqda. Shu sababli, Rossiyada tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab
chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar baholarining o’sishini inflyatsiyaga ta’sirini
kamaytirishda ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, davlat tomonidan tartibga
solinadigan elektr energiyasi, gaz va temir yo’lda yuk tashish baholarining
o’zgarishini tavsiflovchi indekslar bilan bir vaqtning o’zida tariflarning integral
ko’rsatkichi ishlab chiqildi. Ushbu ko’rsatkichni hisoblashda gaz, elektr energiyasi
va temir yo’lda yuk tashish bo’yicha tegishli uch indeksning har biri sanoat
bo’yicha umumxarajatlarning tarkibida monopol mahsulotlar (xizmatlar) ning har
bir turining salmog’i hisobga olingan holda aniqlandi
145
.
4. Naqd pullarga bo’lgan talabning nisbatan yuqori ekanligi.
Aholi pullik to’lovlarining ma’lum qismi naqd pullarda amalga
oshirilayotganligi, plastik kartochkalar bilan naqd pul to’lovlari o’rtasida
nomutanosiblikning mavjudligi va pullik cheklar vositasidagi to’lovlarning
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada qolishiga sabab
bo’lmoqda.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi, plastik kartochkalar va pullik cheklarga
asoslangan to’lov tizimi rivojlanmagan mamlakatlarda pul aylanmasining sezilarli
qismi naqd pullarda amalga oshiriladi. Buning natijasida, birinchidan, naqd pul
muomalasi bilan mamlakatdagi iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik
yuzaga keladi; ikkinchidan, naqd pul muomalasining milliy valyutaning almashuv
kursiga nisbatan ta’siri kuchayadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining
rivojlanmaganligi naqd pullarga bo’lgan talabning yuqori darajada saqlanib
qolishiga sabab bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, naqd pul muomalasining milliy
valyuta kursiga ta’siri masalasini ilmiy asosda tadqiq qilish va mazkur ta’sirning
salbiy jihatlariga barham berish yo’llarini ishlab chiqish zaruriyatini yuzaga
keltiradi.
5. Monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarning
mavjudligi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalash siyosatini
takomillashtirish borasidagi muammolarni hal qilish Markaziy bankning
kreditlarning foiz stavkalariga ta’sir etish orqali muomaladagi pul massasini
tartibga solish imkoniyatini oshiradi. Bu esa, pirovard natijada, xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholining to’lov qobiliyatini rag’batlantirish va milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari
berish amaliyotining mavjud emasligi uning qayta moliyalash siyosatini
takomillashtirish borasidagi dolzarb muammolardan sanaladi.
145
Kudrin A. Inflyatsiya: rossiyskie i mirovie tendentsii // Voprosi ekonomiki – Moskva, 2007. - №10. – S.19.
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati orqali milliy valyuta nominal va
real almashuv kurslarining o’zgarishiga samarali ta’sir ko’rsatish mumkin.
Respublikamiz tijorat banklari brutto kreditlarining hajmida markazlashgan
kreditlarning juda ham kichik salmoqqa ega ekanligi va qisqa muddatli banklararo
kreditlarning respublikamiz amaliyotida mavjud emasligi O’zbekiston Markaziy
banki qayta moliyalash siyosatining samaradorligini oshirishga to’sqinlik qiladi va
qayta moliyalash stavkalarini o’zgartirish yo’li bilan bank kreditlari foiz
stavkalarining darajasiga ta’sir etish imkonini bermaydi;
Qayta moliyalash instrumentlaridan kompleks foydalanishgina Markaziy
bankka qayta moliyalash kreditlari hajmini barqaror tarzda oshirish imkonini
beradi.
Markaziy bank qimmatli qog’ozlarining emissiya hajmi oshirilishi va tijorat
banklarining Markaziy bankning qimmatli qog’ozlaridan oladigan daromadlari
soliqdan ozod qilinishi lozim. Bu esa, pirovard natijada, Markaziy bank tomonidan
chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning investitsion jozibadorligini oshiradi, tijorat
banklarining qayta moliyalash kreditlariga bo’lgan talabini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |