Byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq



Download 35,98 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi35,98 Kb.
#798333
Bog'liq
\'Ochiq dars materiali-1 (1)






(klassifikatsiya qilinishi) mumkin.



Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:






Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:






Davlat byudjetining daromadlar qismini to’ldirishning manba- laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday
moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik

shaxslardan,

xalqaro

tashkilotlar va xorijiy

davlatlar hukumatlaridan

qaytarilmaydigan yoki
shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjeti

tiklanmaydigan
ning shunday daromadlari

tarkibiga kiradi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda72
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;


  • davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;

  • meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari;







O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari quyidagi manbalar
hisobidan shakllantirilmoqda:

1. umumdavlat soliqlari, shu jumladan:



  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

  • yagona soliq to’lovi;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aksiz solig’i;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;




  1. bojxona bojlari;

  2. qo’shimcha foyda solig’i;

  3. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;

boshqa daromadlar.



Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima sank-tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjat-lariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.


Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daro-madlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda74:



belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan:

  • yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;

  • yagona soliq to’lovi;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;

  • tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq;

  • qo’shilgan qiymat solig’i;

  • aksiz solig’i;

  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;

  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;



mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, shu jumladan:

benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;


mol-mulk solig’i;
yer solig’i;

yagona yer solig’i;


ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im;

yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;


bozorlardan tushadigan daromadlar;
boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.



hisoblanadi.




  • xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;

  • aholidan tushumlar.


Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:




  • nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;

  • davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;

  • aholidan olinadigan mablag’lar.




davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.




  1. soliq usulida;

  2. soliq bo’lmagan usulda.


Soliq usul uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddat-larda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undiri-lishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqalar kiradi.


Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan mablag’lar ham davlat byudjetiningdaromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti daro- madlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin.

Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga biriktirilishiga qarab ikkiga bo’linishi mumkin:







Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli byudjetga to’liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat byudjetiningo’z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega



bo’lmagan daromadlar kiradi.


Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida, odatda 3 yildan kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi byudjetlarga ajratmalar normativi o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.

Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.


Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir- biri bilan o’zaro bog’langan.


Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz davlat byudjetining daromadlari ayni paytda to’g’ri (bevosita) soliqlar, egri (bilvosita) va resurs to’lovlari va mol- mulk solig’i, ustama foydadan olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan- tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topmoqda. Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri (bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. Birgina qo’shilgan qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i
shakllanayotganligi bu soliqning davlat byudjeti daromadlari tuzilmasidagi o’rni katta ekanligini yaqqol ko’rsatayapti.

Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida to’g’ri (bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (jami to’g’ri (bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti. Bu yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ham shu guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%) o’ynamoqda.

Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu guruhga kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqqa to’g’ri kelayapti.




Download 35,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish