14-mavzu. Iqtisodiy rivojlanishda pullik xizmatlar
Reja:
1. Pullik xizmatlar sohasining iqtisodiy rivojlanishdagi roli va uni tartibga solish usullari.
2. O’zbekiston Respublikasida pullik xizmatlarni rivojlantirish ko’rsatkichlari tahlili.
3. Pullik xizmatlar sohasini isloh qilish va yanadi rivojlantirish yo’nalishlari.
Tayanch so’z va iboralar: pullik xizmatlar, bozor infratuzilmasi, ijtimoiy infratuzilmasi,yalpi ichki mahsulot, xususiy korxonalar, pulliu xizmatlar dinamikasi, pullik xizmatlar tarkibi, pullik xizmatlar hajmi, xizmatlar eksporti, xizmatlar importi.
1-savol bayoni: Agar an’anaviy iqtisodiyotda xizmatlar sohasi ishlab chiqarish elementlarining harakatiga ko’mak berib kelgan bo’lsa, iqtisodiyotning o’sish va murakkablashuvi ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi bilan bu soha juda zarur, hattoki istiqbolda iqtisodiyotning asosiy omiliga aylanadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va raqobatlashtirish birinchi navbatda ishlab chiqarishning texnologiyalarga, axborotga va aloqa vositalariga, faqat shundan so’nggina xom ashyo va mehnat resurslariga talabini oshirdi.
O’zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tkazish ma’lum qiyinchiliklar bilan boradi va ba’zida yangi muammolarni tug’diradi. O’tish davrida respublika iqtisodiyotida muammolar quyidagilar bilan belgilanadi:
-ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tish;
-iqtisodiyot nisbatan bir tomonlama – xom ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi sharoitida resurslardan optimal foydalanish, shuningdek, ularni maksimal foydali eksport qilish;
-milliy iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, yuqori texnologiyani, tarmoqlarni rivojlantirish;
-asosiy texnikasi jismoniy va ma’naviy eskirgan korxonalarni qayta jihozlash;
-kadrlarni bugungi talablardan kelib chiqib tayyorlash va qayta qurish;
-kapital va yangi texnologiyalar etishmasligi tufayli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
-iqtisodiyotning ijtimoiy strukturasini o’zgartirish, mulkdorlar va tadbirkorlar sinfini shakllantirish;
-iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi tarmoqlarni himoya qilish, ijtimoiy beqarorlikni kamaytirish uchun aholining yaxshi ta’minlanmagan tabaqalarini muhofaza qilish;
-bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
Shuni ta’kidlash zarurki, direktiv iqtisodiyot davriga nisbatan davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri kamayishi natijasida davlat iqtisodiyotni boshqarish va boshqa xizmatlar ko’rsatishni yangi shakllangan institutlariga topshiradi. Shu tufayli aynan shu davrda iqtisodiyotning ularga talabi keskin seziladi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan muammolarni o’tish davriga xos bo’lgan xizmatlar sohasi zarurligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqamiz.
Iqtisodiyotni ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tkazish, islohotlarning murakkablashuvi va ilmiy strategik (rivojlanish strategiyalarini belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini ishlab chiqish, real harakatlarning aniq rejalarini ishlab chiqish), huquqiy, siyosiy bazalar yaratilishini taqozo etadi. Bu muammo xizmatlar sohasiga ham to’liq taalluqlidir.
Bunda davlat faoliyati birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lsada, joylarda islohotlarni o’tkazishda huquqiy, bank-konsalting va boshqa xizmatlarning ahamiyatli keskin oshadi.
Resurslardan optimal foydalanish muammolari asta-sekin davlatning ta’sir doirasidan chiqadi. Bu tabiiydir. Chunki resurslardan samarali foydalanish muammosi ishlab chiqaruvchilarning, ya’ni ulardan foydalanuvchilarning muammosidir. Axborot, aloqa xizmatlariga eng ko’p ehtiyojni tashqi savdo sohasi sezadi. Shuni aytish joizki, 1991 yilga qadar respublika tashqi iqtisodiy aloqalar yuritmagan, shu sababli iqtisodiy faoliyatning bu sohasini yangidan o’zgartirishga to’g’ri kelmoqda.
Bu holatda xorijiy firmalar tashqi bozorga ixtisoslashganligi, katta tajribaga ega bo’lganligi uchun ham yuqori pozitsiyada turadilar. Bu sohada mamlakat firmalari va mutaxassislarning ustun bo’lishi strategik vazifa hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot strukturasini o’zgartirish fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoqlarni rivojlantirish, investitsiyalash muammosi bilan chambarchas bog’langan. Bu vazifani hal etishda davlat strukturalari va xorijiy firmalar hamda milliy iqtisodiy sub’ektlarning hamkorligi nisbatan samarali hisoblanadi. Ularning samarali hamkorlik qilishi faqatgina rivojlangan xizmatlar sektori sharoitida mumkin bo’ladi. Bu jihatdan O’zbekiston juda oldinga chiqdi. Mulkchilik va erkin tadbirkorlikni shakllantirish bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi qonuniy jarayondir. Lekin bu jarayon erkin, tabiiy jihatdan juda sekin ro’y beradi yoki sun’iy tezlashtirilganda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayishiga, jamiyatning juda boy va juda kambag’allarga tabaqalanishiga olib kelishi mumkin. Bu jarayonni optimallashtirish uchun ijtimoiy siyosatni rivojlantirish kerak. Bu sohada mahalliy boshqaruv organlari, viloyat va tuman xokimiyatlarining roli keskin oshadi. Bu hol, Ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Davlatning rolini e’tirof etgan holda shuni qayd qilish kerakki, nodavlatlar xizmatlar sektori rivojlantirilmas ekan, jamiyatning byurokratlashuvi darajasi kuchayib boraveradi. Bu strukturalarni shakllantirishda davlatning imtiyoz berish siyosati ijtimoiy islohotlarning ishonchli bazasini vujudga keltiradi. Bu xizmatlar xarakteriga ko’ra, haq to’lanmaydigan xizmatlardir.
Xizmatlar sohasining O’zbekiston iqtisodiyotidagi ahamiyatli iqtisodiy islohotlar va milliy iqtisodiyotning ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan ham belgilanadi.
Har qanday iqtisodiyotdagi xizmatlar sohasining ahamiyatli bu soha tartibga solinishini zarur qilib qo’yadi.
Boshqa bozorlarga xizmatlar bilan kirib borish tovarlar bilan kirib borishdan ko’ra qiyinroqdir.
Eng yangi turdagi xizmatlar bu sohalari bo’lgan bank ishi, telekommunikatsiyalar, axborot va boshqalar ustidan nazorat o’rnatish milliy suverinitetga xavf tug’dirishi mumkin. Chunki bu xizmatlar orqali zamonaviy ishlab chiqarish boshqariladi.
Shu sababli mamlakatda xizmatlar sohasini tartibga solish tadbirlari ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |