Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

«Chirog’i olam» 
alohida qimmatga ega edi. Yoqutning yuziga buyuk 
Amirning nomi o’yib yoziladi va Samarqanddagi yigirma besh ming noyob javohirlar qatoridan 
joy oladi. 
Amir Temurning 1399-1404 yillarda olib borgan harbiy yurishlari natijasida Shomning 
Halab (Aleppo), Xums, Baalbek (Ba’albak), Dimishq (Damashq) kabi yirik shaharlari va Iroqi 
Arabilaning Ubuliston o’lkasi (qadimgi Kappadokiya) bilan Bag’dod, shuningdek Turkiyaning 
katta qismi zabt etiladi. Keng ko’lamli harbiy yurishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur 
saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Bu davrda Yaqin 
Sharqda Usmonli turklar, shuningdek Misr sultoni al-Faraj (1399-1405) ning, shuningdek, 
jaloiriylar (1336-1432) va qoraquyunlilar (1380-1468) ning siyosiy va harbiy qudrati oshib, 
Temur saltanatining janubi-g’arbiy viloyatlariga xavf solina boshlanadi. Bu urushning 
ochilishiga asosiy sabab bo’ldi. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o’rtasida to’qnashuv bo’lishi 
muqarrar bo’lib qoldi. Biroq Amir Temur 1389 yildan Usmonli turklar taxtni egallagan sulton 
Boyazid I Yildirim (1359-1403)bilan jang qilishga Shoshilmadi, aksincha, sulton bilan 
munosabatni yaxshilash tarafdori bo’lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo’l bilan hal qilish 
maqsadida ikki tomon o’rtasida 4 marta xat almashish tashabbuskori bo’lgan. Biroq Sulton 



Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilib, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so’zlarni 
yozgan. Natijada Amir Temur urush boshlashga sabab bo’ladi. 
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang 1402 yil 20 
iyulda Anqara yaqinida, CHubuq mavzeyida sodir bo’ladi. Bu jang tarixda 
«Anqara jangi» 
deb 
ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo’lib 360 ming nafar, shu 
jumladan, Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming 
askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo’shinning markaziy qismiga 
Amir Temurning o’zi qo’mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron 
kuchlari turk qo’shinini tor-mor etadi. Sulton Mahmud Boyazid I Yildirimni asir olishga 
muvaffaq bo’lgan. U bilan birga xotini serb malikasi Olivera, o’g’illari Muso va Iso CHalabiylar 
ham asirga tushdilar. So’ng, Amir Temur Anadolu yarim orolini egallab, O’rta dengizning 
Sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etdi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi 
qarorgohiga barham berdi. So’ngra, Egey dengizida joylashgan Xios va Lesbos orollaridagi 
Genuya mulklarining hukmdorlari unga taslim bo’ldilar, Misr ham o’z itoatkorligini izhor etdi. 
Amir Temur Anqara, Nikeya, Bursa va Izmir shaharlarini egallab, Vizantiya va butun xristian 
olamining Boyazidga yig’ib bergan bojlaridan iborat katta boylikni qo’lga kiritdi. Birgina Bursa 
shahridan olingan oltin va javohirlarning o’zi kattagina karvonga yuk bo’lgan.
Bandi qilingan Boyazid o’rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga xurmat va extirom 
ko’rsatdi. Uning vafotidan so’ng (1403 yil 9 mart) esa vorislariga himmat ko’zi bilan boqib, 
ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi, Boyazidning to’ng’ich o’g’li Sulaymon 
CHalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi. Edirne (Adrianopol) 
shahri uning poytaxti qilib belgilandi. Anadoluning Shimoliy-g’arbiy qismi suyurg’ol sifatida Iso 
CHalabiyga in’om qilinib, Bursa shahri uning poytaxtiga aylantirildi. Usmonli turklar 
davlatining markaziy qismini boshqarishni Muso Chalabiyga topshirdi. Amir Temur Usmonli 
turklar davlatini butunlay bosib olish niyatida bo’lmagan, chunki u Yevropa davlatlarining Yaqin 
Sharq mamlakatlariga nisbatan tajovuzkorona niyatda ekanligini yaxshi tushunar edi. Shuning 
uchun ham Amir Temur Usmonli turklar davlatini saqlab qoldi va Boyazidning vorislariga 
muruvvat qo’lini cho’zdi.
Shunday bo’lsa-da, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g’alaba bilan Amir Temurni 
Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kactiliya va 
Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o’z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki 
Sohibqiron endigina uyg’onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar 
davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. 
Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 yil 27 noyabrida 200 ming 
qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. O’sha yili qish Markaziy Osiyo tarixida eng 
qahraton qish bo’lgan. Sirdaryoning suvi 1 metrga muzlagan, askarlardan ko’pini quloq-
burunlarini, qo’l-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o’zi ham ko’p o’tmay shamollab 
qoladi. 1405 yil yanvar oyining o’rtalarida O’trorda to’xtashga qaror qilishadi va shu yerda 18 
fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. Amir Temurning vafoti haqidagi 
xabar garchi avvalda sir tutilsa-da, ammo ko’p vaqt o’tmay bu noxush xabar mamlakat bo’ylab 
tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi.

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish