Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

«besh yillik yurish»
ida (1392-1396) Iroqdagi Mordin qal’asini qamal qilish 
chog’ida) tug’ilgan.15 yoshli Ulug’bek davlat boshqaruvi ishlarida yosh bo’lgani sababli amir 
SHohmalik unga homiy (otaliq) etib belgilangan. Lekin SHohmalikning raqibi-O’trordagi Shayx 
Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410 yil bahorida Ulug’bek va 
SHohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida bo’lgan jangda 
SHohmalik va Ulug’bek g’alaba qilganlar. 1411 yil sentyabrda Shohrux Samarqandga kelib, 
SHohmalikni o’zi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan 
(1413). Shu vaqtdan boshlab, ya’ni 1411 yildan Ulug’bek Movarounnahrni mustaqil idora 
etishga kirishgan. 
Mirzo Ulug’bek hayoti va faoliyatiga bir nazar tashlaydigan bo’lsak, u Amir Temur singari 
jang-u jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag’bati ham bo’lmagan. Faqat zaruriyat 
taqozo qilgandagina u harbiy yurishlarni amalga oshirgan. Xususan, 1414 yilda Farg’ona 
hukmdori shahzoda Ahmad itoatdan bosh tortishga uringan paytda u katta qo’shin tortgan va va 
uni yenggan. Qashg’ar ham to 1428 yilgacha Ulug’bekka tegishli bo’lgan. Mirzo Ulug’bek o’z 
hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. 1-chi harbiy yurishi-1425 yilning erta 
bahorida o’zini mustaqil xon deb e’lon qilgan Mo’g’uliston xoni Shermuhammad o’g’lon (1421-
1425)ga qarshi yurish boshladi. Issiqko’l yaqinida sodir bo’lgan to’qnashuvda Ulug’bek 
mo’g’ullar ustidan g’alaba qozonadi va mahalliy muxolifotchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakat 
Sharqiy chegaralarini mustahkamlaydi. Qo’lga kiritilgan o’ljalar orasida ikki bo’lak nefrit toshi 
ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattiriladi
2

Mo’g’ulistonda bo’lgan bu urushda Ulug’bek qozongan g’alabaning nishoni tarzida Jizzax 
yaqinida Ilono’tti darasi ichida hijriy 828-yilda (1428) Ulug’bek tomonidan qoyatoshga 
yozdirilgan o’ziga xos «zafarnoma» hozirgi kungacha saqlangan. 2-chi harbiy yurishi Sig’noq 
shahari tomon bo’lgan. Sirdaryoning quyi havzasi Ulug’bek tasarrufida edi. Ulug’bek 1427 yil 
Sig’noq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan Baroq o’g’lon boshliq ko’chmanchi o’zbeklar 
qo’shini bilan to’qnashgan va mag’lubiyatga uchragan. Dushman Ulug’bekni ta’qib qilib, 
Samarqand ostonalarigacha kelgan Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux 
Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi. Shohrux 1447 yil 12 mart kuni 
nevarasi Sulton Muhammad isyonini bostirish vaqtida Ray viloyatida olamdan o’tadi. Uning 
vafotidan so’ng, Ulug’bekning katta o’g’li Abdullatif (1423-1450)voris sifatida temuriylar 
hukmdori bo’lib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqo’l xotini Gavharshod begim bu haqda o’z 
fikriga ega edi. U Shohrux davrida Temuriylarning poytaxti bo’lib qolgan Hirot taxtiga 
marhumning 3-o’g’li bo’lmish Boysung’ur mirzoning o’g’li va suyukli nabirasi Alouddavla 
mirzoni o’tqazish tarafdori edi. Gavharshod begim va tarxon amirlar Abdullatifni oliy bosh 
qo’mondonlikka tayinlab, uning amakivachchasi Alouddavlani Hirot taxtiga o’tqazishgan. Bu 
qarordan norozi bo’lgan Abdullatif Alouddavlaga qarshi urush ochgan, lekin Nishopur 
yaqinidagi jangda (1447) yengilib, hibsga olingan. Ulug’bek farzandi hayotini saqlab qolish 
maqsadida Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo’lgan. Unga ko’ra, Alouddavla Xuroson 
hukmdori deb tan olinib, Abdullatifga Balx ulusi berilgan. Biroq ko’p o’tmay sulh buzilib, 
Ulug’bek 1448 yil bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, 
Hirot yaqinida bo’lgan jangda Alouddavlani tor-mor qiladi. G’alaba Abdullatifning shaxsiy 
shijoati va lashkarboshilik iste’dodi tufayli erishilgan bo’lsa ham, Ulug’bek fathnomani kichik 
o’g’li Abdulaziz nomidan e’lon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga 
2
The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and 
E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 116-120. 


12 
vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asi va uning ichidagi boyliklarini ham Ulug’bek 
Abdulazizga beradi. Shundan so’ng Ulug’bek bilan Abdullatif o’rtasidagi munosabat ochiq 
dushmanlik tusini oladi. 
1449 yil Ulug’bek Samarqandda Abdulazizni qoldirib, Abdullatifga qarshi qo’shin tortgan 
va Amudaryo bo’yida ikki tomon qo’shini 3 oy muqobil turgan. Samarqandda qolgan beklar 
isyoni tufayli Ulug’bek poytaxtga qaytishga majbur bo’lgan, natijada Abdullatif Amudaryodan 
o’tib Termiz, Shahrisabzni egallagan. 1449 yilning oktyabr oyida Samarqand yaqinidagi 
Damashq qishlog’i yonida otasini yengib, taxtni egallagan. Abdullatifning roziligi bilan 1449 yil 
27 oktyabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida Ulug’bek o’ldirildi (uning jasadi Go’ri Amir 
maqbarasiga dafn etilgan). Oradan 2-3 kun o’tmasdan ukasi-Abdulaziz Mirzo va otasiga sodiq 
bo’lgan amirlarni ham qatl etilgan. Mamlakat fuqarolari tomonidan «padarkush» («ota qotili») 
deb la’natlangan Abdullatif va uning tarafdorlari taxtda uzoq vaqt o’tirolmadi. Abdullatif olti 
oylik hukmronligidan so’ng, 1450 yil 8 mayda Ulug’bekning xos navkarlaridan Bobo Husayn 
Bahodir tomonidan o’ldirilgan. Uning kallasi tanasidan judo qilinib, Registon maydonida 
Ulug’bek madrasasining peshtoqiga osib qo’yildi. Ulug’bek fojiasidan so’ng, 1450 yildan 
hokimiyatga bir vaqtning o’zida Samarqandda Ulug’bekning kuyovi Abdullo Mirzo, Buxoroda 
esa Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said (1424-1469)lar podshoh qilib ko’tariladi. Oqibatda 
ular o’rtasida hokimiyat uchun yana kurash boshlanadi. Movarounnahr va Xurosonda muttasil 
davom etib turgan o’zaro kurashlar Dashti Qipchoqdagi hukmdorlar uchun juda qo’l keladi. 1451 
yilda Abulxayrxon katta qo’shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida Toshkent, CHinoz va 
Jizzax orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi. Sheroz qishlog’i yaqinidagi 
Bulung’ur anhori yoqasida jang bo’ladi. O’zaro to’qnashuvda Mirzo Abdullo yengiladi va 
jangda halok bo’ladi. Shunday qilib, Abulxayrxonning yordamida Abu Said Samarqandni 
egallab, Movarounnahrga hokim bo’lib qoladi. 
Temiriylar mulkining Xuroson qismi 1449 yildan Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur 
tasarrufida edi. 1457 yilgacha u Xurosonni o’z qo’lida tutib turadi. 1457 yil Abulqosim Bobur 
Mashhadda vafot etgach, o’sha yili Abu Sayd Hirot shahrini egallab, saltanatning har 2 qismini 
birlashtiradi. Bu davrda UmarShayxning nabirasi Sulton Husayn (Husayn Boyqaro, 1438-1506) 
Xorazmni egallab oladi. 1469 yil Abu Sayd (Ozarbayjon, G’arbiy Eron va Iroqqacha bo’lgan 
viloyatlarni egallab turgan) oqquyunli turkmanlarga qarshi yurish qiladi. Mug’on (Ozarbayjon) 
cho’lida Uzun Hasan bilan bo’lgan jangda Abu Said halok bo’ladi. Otasining o’limidan so’ng, 
Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan to’qnashmay Movarounnahrga qaytadilar. 1469 
yilning 24 martida Sulton Husayn Xuroson hokimi sifatida Hirotning taxtini egallaydi. Natijada 
temiriylar mulki yana 2 mustaqil qismga: Sulton Husayn hukmronligidagi Xuroson va Abu Said 
o’g’li Sulton Ahmad hukmronligidagi Movarounnahrga bo’linib ketadi. Abu Saidning vafotidan 
so’ng Movarounnahrda hukmronlik qilgan avlodlari-Sulton Ahmad (1469-1494), keyin Sulton 
Mahmud (1494-1495/8) va keyinchalik Mahmudning o’g’li Sulton Ali (1498-1500) davrida 
yurtning yanada ichki ziddiyatlaru tanazzulga yuz tutishi pirovard oqibatda Temuriylar 
hukmronligining barham topishiga olib keldi. XV asrning 90-yillari boshlarida Farg’ona mulkida 
UmarShayx Mirzo vafotidan so’ng, hokimiyat jilovini qo’lga olgan uning o’g’li navqiron va 
shijoatli Bobur (taxallusi; to’liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn UmarShayx Mirzo (1483-1530) 
Mirzoning Temuriylar saltanatini tiklash va saqlab qolish yo’lida Muhammad SHayboniyxon 
(1451-1510)ga qarshi olib borgan bir necha yillik jang-u jadal harakatlari ham natijasiz tugadi. 
Shundan so’ng, buyuk orzulari sarobga aylangan, vujudini umidsizlik qoplagan Bobur Mirzo 
butun e’tiborini Hindistonga qaratadi. 1526 yil 21 aprel Panipat jangida Dehlini egallaydi va 
keyingi janglari asosida Hindiston zabt etildi. Shu tariqa boburiylar sulolaga asos soldi. 
Xurosonda XV asrning ikkinchi yarmida Abusaid Mirzo o’limidan so’ng hokimiyatga 
kelgan Husayn Boyqaro (1469 yil 24 martidan-1506 yil 5 mayga qadar hukmronlik qildi) davrida 
bu o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ko’plab muhim o’zgarishlar yuz berdi. 
Buning boisi shundaki, Temuriy shahzodalar ichida jasur va tadbirkor, salohiyatli va ma’rifatli 
hukmdor bo’lgan Husayn Boyqaro o’zining salkam 40 yillik hukmronligi davrida Xurosonda 
katta xayrli ishlarni amalga oshirish, saltanat qudratini ko’tarishga muvaffaq bo’ldi. Bu ulug’vor 


13 
ishlar va sa’y-harakatlarda uning maktabdosh do’sti, buyuk donishmand, o’zbek mumtoz 
adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy hazratlari (1441-1501)ning o’rni beqiyosdir. Ulug’ 
Navoiyning Boyqaro saroyida birinchi vazir sifatida katta mavqe va nufuzga ega bo’lishi, 
albatta, ko’plab muhim davlat masalalarini oqilona, raiyat foydasiga hal etishda qo’l kelgan. 
Ayniqsa, poytaxt Hirot va uning tevarak-atroflarida faol obodonchilik ishlari olib borilishini 
ro’yobga chiqarishda, ko’plab salobatli me’morchilik obidalari, xalq xo’jalik inshootlarini barpo 
etishda bu ikki ulug’ zotning bahamjihat sa’y-harakatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan. 
Husayn Boyqaro vafotidan so’ng 1506-1507 yillarda sultonning sevikli xotini Xadicha begim 
irodasi bilan Xuroson taxtiga aka-uka Badiuzzamon ibn Sulton Husayn (1458-1515) va Muzaffar 
Mirzo (1473-1509) o’tiradi. Mamlakatda qo’sh hukmdorlik vujudga keladi. Har 2 shahzoda o’z 
taxtgohini Hirotning 2 chekkasiga quradi. 1507 yil Muhammad SHayboniyxon Xurosonga kirib, 
birinchi jangdayoq har 2 shahzodaning qo’shinini tor-mor etib Hirotni egallaydi.Badiuzzamon 
Mirzo Eronga, Muzaffar Mirzo esa Astrobodga qochadi. Shunday qilib, Amir Temur asos solgan 
bu davlat Xuroson va Movarounnahrda XVI asr boshigacha mavjud bo’lib, SHayboniyxon 
tomonidan tugatilgan. 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish