Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

«mulki devon»
(davlat yerlari), 
«mulk»
(xususiy yerlar), 
«mulki vaqf»
(madrasa va masjidlar tasarrufidagi 
yerlar) va 
«jamoa yerlari»
bo’lgan. Yerlarining katta qismi davlat mulki hisoblangan, ularni 
«suyurg’ol» yoki «tarxon» tarzida in’om qilish keng tarqalgan. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan 
viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga nomigagina karam bo’lib, odatda, ular deyarli 
mustaqil bo’lishgan. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar barcha soliq, to’lov va 
majburiyatlardan ozod etilgan. Tarxonlik amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa 
yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Ko’pgina manbalar Amir Temur va temuriylar davrida O’rta 
Osiyo va boshqa hududlarda soliq tizimi ma’lum me’yorga tushirilganligini bayon qiladi. 
Mansabini suiiste’mol qilgan ayrim amaldor shaxslar aholi noroziligiga uchragan va hukmdorlar 
tomonidan qattiq jazolangan. Temuriylar davrida soliqning asosiy turi «xiroj» bo’lgan. Xiroj-yer 
solig’i sifatida yilda ikki marotaba yig’ib olingan. Olingan hosilga qarab mahsulot yoki pul 
holida qat’iy belgilangan miqdor hajmida soliq to’plash talab etilgan. 
Sug’orma dehqonchilik yerlardan «mol» solig’i olingan. Mulk yerlarining bir qismi «ushr» 
miqdorida soliq to’lagan. Tanobona solig’i bog’lardan olingan. Jon solig’i, ulog’, begor kabi 
soliqlar ham amalda bo’lgan. Soliqlardan tashqari fuqarodan soliq yig’uvchi (muxassilona), 
hosilni belgilovchi (sohib jamona), kirimni boshqaruvchilar (zobitona, «dorug’ona»), suv 
taqsimlovchi («mirobona») kabi to’lovlar undirib olingan. Shuningdek, aholi favqulodda 
xarajatlar uchun «avorizot» va «tavojjuhoti xorijiy» kabi odatdan tashqari soliqlarni xam 
to’lagan. XIV asrning oxiri va XV asrning 1-yarmida Temuriylar davridagi iqtisodiy 
taraqqiyotga (hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo) mamlakatda o’tkazilgan pul islohotlari 
turtki bo’lgan. Dastlab, Amir Temur, so’ngra ayrim Temuriylar mamlakatda yagona pul birligini 
joriy etishgan. Amir Temur vazni 6 g li «tanga» va 1,5 g li «miri» deb yuritiladigan 2 xildagi 
kumush tangalarni zarb etgan. Bu kumush tangalar Suyurg’atmishxon va Sulton Mahmudxon 
nomlari bilan Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon va Iroqning 40 dan ortiq yirik 
shaharlarida chiqarilgan. Shohrux Astrobod, Buxoro, Domg’on, Isfahon, Kushoniya, Kermon, 
Qum, Nishopur, Marv, Samarqand, Sabzavor, Sultoniya, Tabriz, Xorazm, Hirot, Sheroz va 
boshqa shaharlarda o’z nomi bilan kumush tangalar zarb etib, pulning ichki savdodagi 
muomalasini tartibga solgan. Bu borada 1428 yilda Ulug’bek o’tkazgan fulusiy (mis) pullar 
islohoti ayniqsa katta ahamiyat kasb etgan. 
Mehnatkash aholini ichki chakana savdoga kengroq jalb etish maqsadida Ulug’bek 
mahalliy hokimiyatning yengil vazndagi barcha chaqa pullarini man etgan. Bir vaqtning o’zida u 
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruxiya va Andijonda zarbxonalar barpo 
qilib, bir xil vazndagi salmokdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga chiqargan. Xalq o’rtasida 
Ulug’bekning chaqalari «fulusi adliya», ya’ni «adolatli chaqa» nomi bilan shuhrat topgan. Shu 
bilan birga Ulug’bek tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg’a»-savdo 
bojini bir muncha ko’paytirgan. Amir Temur davlatida ham huquqiy munosabatlar Qur’oni 
Karim va Hadisi sharifda bayon qilingan tartib-qoidalarga asoslangan. Uning huquq va qonun 
unsurlari «Temur tuzuklari»da o’z aksini topgan. Temur tuzuklari-adolatli hamda kuchli davlat 
barpo etishdagi muhim qonun-qoidalar sifatida Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan 
ma’lumot beruvchi tarixiy asar hisoblanadi. Amir Temur hayotining so’ngi yillarida o’zining 
esdaliklari va tuzuklarini yozib qoldirdi. «Temur tuzuklari»ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi 
eski o’zbek tilda bitilganligi ma’lum. Asar o’rtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al-Ariziy at-
Turbatiy tomonidan 1610 yili usmoniy turk hokimlaridan biri-Yaman hokimi Ja’far Posho 
(hukmronlik yillari 1607-1612) ning topshirig’i bilan fors tiliga tarjima qilindi va dunyoga 
«Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari») nomi bilan tarqaldi. Bizga uning fors tilidagi nusxasi va 
fors tilidan o’zbek tiliga tarjimasining uch nusxasi yetib kelgan. Eng to’liq nusxasi «Malfuzot-i 



Temuriy» deb nomlangan va u Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxridagi Saltikov-SHchedrin 
nomli kutubxonasida saqlanmoqda. Ushbu nusxa Toshkentda 2000 yili chop etildi. 
Asar ikki qism, 56 ta banddan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning yetti yoshidan to 
vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning 
Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va 
markazlashgan davlat tuzishi, qo’shni yurt va 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afg’oniston, 
Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda hukmdori To’xtamish, 
turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash 
uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda bo’lganligi buyuk sohibqiron 
tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qismida Sohibqironning nomidan aytilgan va uning 
toju taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pandu nasihatlaridan iboratdir. Unda davlatni 
idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi va vazifalari, vazir va qo’shin 
boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida 
ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va hokazolar xususida gap boradi. 
Amir Temur davlatni boshqarishda o’zidan avval o’tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat 
va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga 
suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi: Ular: 

sayyidlar(payg’ambar avlodlari), olimlar va Shayxlar 

katta tajribaga ega ilmli kishilar 

xudojo’y, darvesh, qalandarlar 

no’yonlar- amirlar, ya’ni harbiy kishilar, mingboshilar 

askarlar(sipoh) va xalq ommasi (raiyat) 

dalat boshqaruv ishlarini a’lo darajada biladigan maslahatgo’y dono va aqlli kishilar 

vazirlar, kotiblar, devon boshlig’i 

tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar 

muhaddislar va muarrixlar 

tasavvuf vakillari va oriflar 

hunarmandlar va san’atkorlar 

tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. 
Bu ijtimoiy toifalar taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo’shin, asosan, 
o’n, yuz, ming va tumanga bo’lingan, o’n kishilik harbiy bo’linma tepasida turgan boshliq-
o’nboshi, ... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig’i, no’yon deb atalgan. Asarda ularning haq - 
huquqlari, oylik maoshi ham aniq ko’rsatilgan. 
«Tuzuklar»da mukammal davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi: 

davlat daxlsizligini va mustahkamligini har tomonlama muhokama etish;

oliy hukmdor hokimiyatining cheklanmaganligi hamda mustaqil siyosat yurgizishi; 

vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo’lgan vazifalar; 

markazga tobe bo’lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining vazifalari; 

oliy davlat kengashi; 

davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi, hamda mamlakat tinchligi, 
osoyishtaligini saqlash; 

muntazam qo’shin tashkil etib, qo’shin qo’mondonlarini tayinlash, lavozimlarga ko’tarish, 
rag’batlantirish va ularga maosh to’lash; 

aholidan olinadigan turli soliqlar (zakot, xiroj va boshqalar) miqdorini aniqlash; 

harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko’rsatganlarni (noiblar, amirlar, sipohiylar va 
boshqalar) rag’batlantirish; 

harbiy yurishlar va janglar paytida qo’shinning joylashuvi va ularni ajratib turuvchi belgilar. 
SHu bilan birga «Tuzuklar»da amir Temurning boshqaruv faoliyatini kuchli nazorat 
qilish, odamlardan unumli foydalanish, ularni o’z atrofiga to’plash va birlashtirish, katta-kichik 
tadbirlarni tashkil etish bo’yicha olib borgan ishlari haqidagi ma’lumotlar ham saqlangan.


10 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish