Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti


Temuriylar davridaMovarounnahr va Xuroson



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

3. Temuriylar davridaMovarounnahr va Xuroson.
Amir Temur vafot etgan paytda 
uning 4 o’g’lidan 2 tasi (Mironshoh (1366-1408) va Shohrux Mirzolar(1377-1447)) va 19 ta 
nevara, 15 chevara, shuningdek, uning kichik qizi - Sulton Baxt begim (taxm. 1365-1430) va 
katta qizi Og’a Begim(?-1382)ning o’g’li Sulton Husayn Mirzolar qolgan edi. 
Amir Temur vasiyatiga ko’ra uning o’rnini Qobul, Qandahor va Shimoliy Hind yerlarini 
boshqarib turgan nabirasi Jahongir Mirzo o’g’li Pirmuhammad (1376-1407) egallashi kerak edi. 
Biroq Mironshoh o’g’li shahzoda Xalil Sulton (1384-1411.4.11) o’zboshimchalik bilan 1405 
yilning 18 martida Samarqandni egalladi va o’zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon 
qildi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va g’alayonlar 
ko’tariladi. Bu hol saltanatning darz ketishiga olib keldi. Tez orada g’arbiy hududlarning ancha 
qismi mustaqil bo’lib ajralib ketdi. Ozarbayjon tomonda turkmanlarning Oq quyunli va Qora 
quyunli sulolalarining Temur saltanatiga bo’ysunmaslik va unga nisbatan qarshilik harakati 
kuchaydi. Norozilik harakatlari dastavval Farg’onada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil 
Sultonga qarshi qo’zg’alib, O’ratepa va Farg’onani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux 
(1405 yil), Balx, G’azni va Qandahorda Pirmuhammad; G’arbiy Eron va Ozarbayjonda 
Mironshohnnng o’g’illari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo hokimi mutlaq bo’lib oladilar. 
Turkiston, Sabron, O’tror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga o’tadi, Oltin O’rda 
amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405-1408 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va 
Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birin-ketin ko’tarilgan g’alayonlari 
kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday g’alayon va fitnaning qurboni bo’ladi (1407 yil 
22 fevral vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar tomonidan o’ldirilgan). 1408 yil 22 aprel kuni 
Qora quyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf (1389-1420) bilan bo’lgan jangda 
Mironshoh halok bo’lib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo’lidan ketadi. 
Xalil Sultonning Movarounnahr oliy hukmdori sifatidagi faoliyati uzoqqa chuzilmadi. 
Xuroson hukmdori Shohrux katta qo’shin bilan 1409 yil 25 aprelda Amudaryo orqali o’tib, 
Samarqandga yurish boshladi. Shu yil mayda shahar egallandi. Shohrux bilan tuzilgan shartnoma 
(1409) natijasida Xalil Sulton Movarounnahrdan voz kechgan. Unga Ray (Erondagi qadimgi 
shahar) berilgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. Nihoyat, shijoatli Shohrux Mirzo bu 
qonli nizolar, urushlarga barham berib, Xuroson va Movarounnahrda hokimiyat jilovini qo’lga 
kiritadi. Shu o’rinda Shohrux Mirzo haqida to’xtaladigan bo’lsak, u Amir Temurning 4 chi o’g’li 
bo’lib, 1377 yil 20 avgust Samarqandda tug’ilgan. Uning yoshlik davri Samarqandda o’tib, shu 
yerda dunyoviy va diniy ta’lim oldi. Shohrux Mirzoning davlat boshqaruvi va siyosiy-harbiy 
jaryonlarga jalb etilishi asosan Amir Temur tomonidan 1390-1391 yil Dashti Qipchoqqa va 1392 
yil g’arbiy mamlakatlarga «besh yillik yurishlari» chog’ida uni mamlakatni boshqarishga 
tayinlab qo’yishida namoyon bo’ldi. Ko’p o’tmay, Amir Temur uni o’z yoniga chaqirib oladi va 
17 yoshli Shohrux Mirzo jangovar harakatlarda qatnasha boshlaydi. Keyinroq esa, Samarqandga 
qaytarib, poytaxtni boshqarib turishni topshiradi. 1396 yilda Amir Temur Shohrux Mirzoga 
Xuroson o’lkasini suyurg’ol qiladi. U Amir Temurning «etti yillik yurishi»da, xususan, Yaqin 
Sharqdagi g’arbiy harakatlarda bevosita qatnashgan. Shohrux Mirzo janglarda shaxsiy 
dovyuraklik va shasoratini namoyish etgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, Amir Temur vafotidan 
so’ng, rasmiy ravishda Shohrux Mirzo 1405 yil 1 martda Temuriylar saltanati hukmdori sifatida 
Xuroson taxtiga o’tirdi va o’z nomidan Hirotda uning nomiga xutba o’qitib, pul (tanga) zarb 
qildirdi. Shohrux Mirzo 1409 yil mayda Samarqandni egallaydi va poytaxtdan Hirotga qaytish 
oldidan 15 yoshli Mirzo Ulug’bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. O’zi 
esa Xuroson hukmdori bo’lib qoladi (1409-1447). Shohrux Mirzo o’z hukmdorligi davrida 
Temuriylar saltanatining hududiy kengligi, harbiy salohiyati, kuchli iqtisodiy mavqeini saqlashga 
intildi. Buning uchun Movarounnahr, Eron, Ozarbayjonga yurishlar qilib g’alaba qozongan. 
Davlat boshqaruvi ishlarida saltanatni suyurg’ol tizimi bo’yicha boshqargan Shohrux Mirzo 
davlat devonining kundalik ishlarni doim nazorat qilib turgan. Devonda diniy va dunyoviy 
masalalar yuzasidan yetuk allomalar ishtirokida suhbatlar tashkil qilgan, o’zi ham ularda faol 
qatnashgan. Qarorlar qabul qilishda kengash va maslahatga katta e’tibor bergan. Shohrux Mirzo 
davrida ham bunyodkorlik ishlariga, xususan, shaharlar obodonchiligi va sug’orish tizimini 


11 
rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Xususan, 1405 yilda, Hirot, 1407 yilda Balx shaharlarini 
tiklashga oliy farmon bergan. 1220 yil Chingizxon yurishi chog’ida xarob qilingan Marv shahri 
qayta barpo etilib, unga Murg’ob daryosidan ariq qazdirib suv keltirildi. Obodonlashtirish ishlari 
bilan birga mamlakatda ilm-fan rivojiga alohida e’tibor berilgan edi. Hirot, Samarkand, Buxoro, 
Mashhad, Sheroz va boshqa shaharlarda ilm-fan keng rivoj topdi. Mirzo Ulug’bekning asl ismi 
Muhammad Tarag’ay bo’lib, u 1394 yil 22 mart Eron Ozarbayjonining Sultoniya shahrida (Amir 
Temurning 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish