Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)




10-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK 
DAVLATCHILIGINING YUKSALISHI. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR 
DAVLATINING ICHKI HAYOTI. 
 
Reja: 
1. Amir Temurning markazlashgan davlatni yaratishi.
2. Temuriylar davrida Movorounnahr va Xuroson. 
3.Amir Temur va Temuriylar davlatining ichki hayoti. 
XIV asr o’rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo’rlari qo’l ostida bo’lsa 
ham, bu yerlar mayda bo’laklarga bo’linib ketib, ularda toju-taxt, hokimiyat uchun o’zaro nizolar 
kuchayib ketgan edi. Chig’atoy ulusidagi barqarorlik Qozonxon vafotidan so’ng (1336-1347) 
barham topdi. Siyosiy va iqtisodiy inqiroz Amir Qazog’on (1347-1357) davrida yanada avj oldi. 
Amir Qazog’on fitna natijasida o’ldirilgach, XIV asrning 50-60-yillarida Chig’atoy ulusiga 
qarashli Movarounnahr hududida 10 ga yaqin mustaqil bekliklar vujudga keldi (Xorazmda 
so’fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar, Buxoroda sadrlar, Termiz 
atrofida sayidlar amirlari va boshqalar). Mustaqil bekliklarga bo’linish oqibatida beklar o’rtasida 
doimiy nizo, janjallar yuzaga keldi. Yurt butunligiga jiddiy havf ostida qoladi. 
Buning ustiga, 1348 yil taxtni egallagan Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda 
Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Uning xuruji ham vaziyatni yanada 
qiyinlashtirdi. Mana Shunday o’zaro ichki urushlar qizigan, mo’g’ullar zulmiga qarshi 
mehnatkash xalq harakatlari boshlangan bir davrda mamlakatda yangi siyosiy kuch yetilmoqda 
edi. Bunday qaltis vaziyatda siyosiy kurash maydoniga yosh Amir Temur kirib keldi.
Amir Temur, (to’liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul) 1336 yil 9 
aprelda Kesh, hozirgi Shahrisabz shahri yaqinidagi Xoja Ilg’or (hozirgi Yakkabog’ tumani) 
qishlog’ida barlos urug’ining oqsoqollaridan hamda Chig’atoy ulusining e’tiborli beklaridan 
hisoblangan Amir Tarag’ay (?-1360) oilasida dunyoga keldi. Amir Temurning onasi Takina 
xotun (taxm. 1318-1353) buxorolik. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga 
to’lgach, otasi uni o’qishga beradi. Shayx Shamsuddin Kulol (?-1360 yilgacha, Kesh) 
Temurbekning piri bo’lgan. U yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida 
chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar 
bilan mashg’ul bo’lgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir 
chavandoz va dovyurak bahodir bo’lib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan og’ir, bosiq, teran 
fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni 
tezda fahmlab oladigan inson bo’lgan. Shu tufayli o’spirinlik chog’laridayoq atrofiga tengqurlari 
orasidan sadoqatli do’stlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi do’stlari va 
maktabdoshlari (Abbos Bahodur, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, 
Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to’planishib, birgalikda mashq qilar, 
musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo’lishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy 
bo’linma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qo’shinida lashkarboshilik 
darajasigacha ko’tarilganlar. 
Amir Temur o’zining ilk harbiy faoliyatini qo’l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat 
amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o’zaro kurashlarida katnashib, jasorat 
ko’rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dong’i butun Qashqadaryo 
vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aklu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning 
nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazatn bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning 
yozishicha, otasi amir Taragoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk 
og’oga, so’ngra o’sha yili (1355) Qazag’onning nabirasi va amirHusaynning singlisi O’ljoy 
Turkon og’oga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn 
o’rtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda mo’g’ullarga karshi kurashadilar. Yuqorida 
ta’kidlab o’tilganidek, Tug’luq Temur 1360-1361 yillarda Movarounnahrga harbiy yurishlarni 
amalga oshirdi. Movarounnahr amirlari xalqqa bosh bo’lib mo’g’ul bosqinchilariga qarshi 



kurashga jur’at eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga o’tadi, ikkinchi qismi esa el-
yurtni tark etib, o’zga mamlakatlardan boshpana izlaydi. Amir Temurning amakisi Kesh 
viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 
Yurt boshiga tushgan mana Shunday og’ir pallada siyosat maydoniga kirgan 24 yoshli 
Temur xalq bilan birga bo’lishga intilib, boshqacha yo’l tutadi. U 1360 yilning boshida Tug’luq 
Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishib, xon xizmatiga kiradi. Natijada 
Tug’luq Temurning yorlig’i bilan o’z viloyatining dorug’asi (hokim) etib tayinlanadi. Shubhasiz, 
bu noilojliqdan qo’yilgan siyosiy hamda strategik qadam bo’lib, bu bilan Amir Temur 
mo’g’ullarning navbatdagi talon-tarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni faloqatdan 
qutqargan edi. Biroq, Movarounnahrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxo’ja va uning 
lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 
1361 yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur bo’ladi. Amir Temur Xivaning janubida, 
Urganjiy dashtida Tug’luq Temurning yana bir raqibi - qaynog’asi Amir Husayn (Husain ibn 
Musallab – ?-1370) bilan uchrashadi. Amir Xusayn bilan Sohibqiron Temurning bir-birlari bilan 
juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo’lgan davrlar 1361-1365 yillarni o’z ichiga oladi. 
Dastlab ular Tug’luq Temurning farmoniga binoan Amir Temurni ta’qib qilishga kirishgan Xiva 
dorug’asi To’qol (Tavakkal) bilan jang qiladilar va uni tor-mor keltiradi. Biroq ushbu jang 
oqibatida Sohibqiron g’oyat og’ir ahvolga tushadi. 1362 yil bu vaziyatdan xabar topgan Maxon 
(hozirgi Mari yonida) hokimi turkman Alibek Joniqurbon Ilyosxo’jaga yoqish maqsadida 
Temurni qo’lga oladi va zindonga tashlaydi. Temur zindonda 62 kun tutqunlikda hayot 
kechirgan. Bunday og’ir vaziyatda unga turkmanlarning sanjari qabilasi boshlig’i Muborakshoh 
yordam beradi. 1362 yilning kuzida Seyistonda viloyat (Eron va Afg’oniston chegarasida 
joylashgan tarixiy viloyat) hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan 
bo’lgan to’qnashuvda Amir Temur o’ng kafti va o’ng oyog’idan jarohatlandi. Buning oqibatida u 
bir umr oqsoqlanib yuradi. Shu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari hasad bilan 
«Temurlang» deb atashgan. Ikki oy mobaynida Temur Garmsirda davolandi. So’ngra Balxga 
yo’l oldi. Bu yerda hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’rdi. 1363 yil Tug’luq Temur vafot etib, 
Mo’g’ulistonda xonlik taxtini Ilyosxoja egallaydi. Shu yili Amir Husayn va Amir Temur 
Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g’alaba 
qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo’ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir 
necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364 yil oxirida ular mo’g’ullarni Movarounnahrdan quvib 
chiqaradilar. 
Biroq Movarounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja 1365 yilning bahorida 
yana Movarounnahr ustiga qo’shin tortadi. Ikki o’rtadagi jang Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi 
Chirchiq daryosi bo’yida (Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»siga ko’ra 1360 yil 16 iyunda) 
SHarafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»siga binoan 1365 yil 22 mayda sodir bo’ladi. Tarixda u 
«Jangi loy» - «Loy jangi» nomi bilan shuhrat topadi. Chunki o’sha kuni kuchli jala quyib, jang 
maydoni botqoqlikka aylangan, hatto otlar loyga botib qolgan. Jangda amir Husaynning xiyonati 
oqibatida mag’lubiyatga uchraydilar va o’z qo’shinlari bilan Amudaryo bo’ylariga chekinib, 
Balx viloyatida o’rnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xo’jand, Jizzax va 
boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand 
o’sha paytlarda katta qo’shinga qarshilik ko’rsata olmasdi. Shaharning na devori va na 
mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan 
edi, lekin mo’g’ullarga qarshi xalq ko’tarildi, sarbadorlar shahar mudofaasini o’z qo’llariga 
oldilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun 
(paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan 
mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida mo’g’ullarga 
qaqshatqich zarba beradilar. Samarqandliklarning ishlab chiqqan harbiy rejasi puxta chiqdi va 
o’z samarasini berdi. Bir necha hujum samarasiz tugagach mo’g’ullar shahar atrofini qurshab 
olib uzoq vaqt qamal qilish rejasini o’ylab chiqdilar. Lekin lashkar safida yuqumli kasallik 
tarqaldi. Buni ot vabosi (o’lati) deb atashadi. O’lat oqibatida Ilyosxo’ja qo’shinlariga mansub 



otlarning katta qismi qirilib ketdi. Ilyosxo’ja katta yo’qotishlar bilan dastlab Samarqandni keyin 
esa Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo’ldi. 
Sarbadorlarning Ilyosxo’ja ustidan g’alabasi butun Movarounnahrga ovoza bo’ldi. Bu 
paytda Keshda bo’lgan Amir Temur bu xabarni Amudaryo bo’ylarida bo’lgan Amir Xusaynga 
yetkazdi. 1366 yilning bahorida ular Samarqandga yetib keladilar va shahar yaqinidagi Konigil 
(Samarqandning janubiy-Sharqida, CHo’ponota tepaligi etagidagi gil koni bo’lib, bu kon 
yaqinida, Siyob (Obirahmat) arig’i bo’yida joylashgan keng, ko’kalamzor mavze) mavzeyiga 
kelib tushadilar. Beklar sarbadorlarning yetakchilari bilan muzokara olib boradilar. 
Uchrashuvning birinchi kunida beklar ularning sharafiga ziyofat berib, sha’niga hamdu sanolar 
aytadilar. Biroq ertasi kuni Abu Bakr Kuluyi bilan Xurdaki Buxoriylar dorga tortiladilar. 
Mavlonozodani esa Amir Temur o’rtaga tushib qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz 
qoldirilib, harakat bostiriladi. Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi o’rnatiladi. 
Ammo ko’p vaqt o’tmay Husayn bilan Amir Temur o’rtasida munosabat keskinlashib, ochiqdan 
ochiq nizoga aylanadi. Amir Xusayn Amir Temurga yaqin bir necha beklarniisyon ko’tarishda 
gumonsirab, ularga katta jarima soldi. Temur do’stlariga yordam berish maqsadida bisotidan bor 
javohirlarni qaynog’asiga to’lab yaqin kishilarini qutqarib qoldi. To’plangan boyliklar ichida 
Xusaynning singlisi O’ljoy Turkonning qulog’idagi oltin sirg’a ham qo’shib tovonga kiritilgan 
bo’lib uni aslida Temur va O’ljoy Turkonning to’y kunlariga yaqin Xusayn tomonidan hadya 
qilingan edi. Javohirlar ichida sirg’a egasi kimligini bilib turib Xusayn uni qaytarib bermagan. 
Amir Temur bundan qattiq g’azablangan. 1366 yilda O’ljoy Turkon xotunning o’limi ham ikki 
hukmdorni bir-biridan ajralishini tezlashtirgan omil desak bo’ladi. 1366-1370yillar davomida 
ular o’rtasida bir necha bor o’zaro to’qnashuvlar ham bo’ladi. 
1370 yilning bahorida Amir Temur butun qo’shinlari bilan kuchli raqib-Balx hukmdori 
Amir Husaynga qarshi yo’lga chiqadi. Qo’shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’iga yetganida 
uning huzuriga taniqli ulamolardan 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish