Davlatchiligining yuksalishi. Amir temur va temuriylar davlatining ichki hayoti


Markazlashgan davlatning tashkil topishi va saltanatni barpo etish yo’lidaga harbiy



Download 339,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana25.02.2022
Hajmi339,34 Kb.
#464739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
10-mavzu(1)

Markazlashgan davlatning tashkil topishi va saltanatni barpo etish yo’lidaga harbiy 
yurishlar. 
Amir Temur Movarounnahrning qonuniy xukmdori bo’lib olgach, mamlakat 
hududlarini birlashtirishga kirishdi. Shu maqsadda u 1370 yil iyunida Samarqandda qurultoy 
chaqirdi. Qurultoyda Shibirg’on hokimi amir Zinda Chashmdan boshqa Movarounnahrning 
barcha amirlari va qabila boshliqlari to’plandilar. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va 
qo’shin tuzish masalalari muhokama etildi. Ikki daryo oralig’ida yashovchi turk-mo’g’ul qabila 
boshliqlari, barcha amirlar Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Amir Temur mamlakatda qonun 
va tartib ishlarini joriy etadi. Maxsus qo’shin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. Amir Temur 
yirik harbiy bo’linmalarning boshliqlari etib Ardasher Qavchin, Joku Barlos, Iskandar A’lam 
Shayx, Usmon Abbos, Sayfiddin Barloslarni tayinladi. Amir Temur hukumronligining dastlabki 
yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga 
qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. Sharqiy hududlarni mo’g’ullar ta’siridan ozod yetish uchun 
1370 yil oxiri va 1371 yil boshida Sharqiy Turkiston tomon yurish qilinadi. Mo’g’ul xoni Kepak 
Temurga qaqshatqich zarba berilishi orqasida Farg’ona vodiysi hududlarini, O’tror, Yassi 
(Turkiston) va Sayramni o’z tasarrufiga oldi. 1370-1371 yillarda Hisor, Badaxshon, Qunduz kabi 
viloyat amirlari ham Amir Temur hokimiyatini tan olib, unga bo’ysundilar. 1370 yil kuzi va 
1371 yil bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Afg’oniston Shimolidagi Shibirg’on 
viloyati bo’isundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. 
Amir Temur o’z saltanati tarkibiga Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun besh marotaba 
(1371, 1373, 1375, 1379, 1388) harbiy yurish qildi. Ma’lumki, Xorazm Oq O’rda hukmdorlariga 
suyanib, hanuz bo’ysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chig’atoy ulusining 
ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga ko’shib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala 
elchilar vositasida tinch yo’l bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba 
yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 yil yoz (iyul )ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir 
Temurning 1373 yil bahori va 1375 yil yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz 
tugadi. Bu asnoda Oltin O’rda xoni To’xtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf 
so’fi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorako’l 
viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. Bunday vaziyat shubhasiz, 1379 yilda Amir 
Temurni to’rtinchi marotaba Xorazmga qo’shin tortishga majbur etdi. Lekin, bu yurish ham 
avvalgilari kabi sulh tuzish bilan tugadi. Biroq shunga qaramay, Yusuf so’fi ilgari Xorazmning 
Chig’atoy ulusiga tegishli bo’lgan janubiy-Sharqiy (Kot va Xiva shaharlari birga) qismini yana 
qaytadan bosib oldi. Amir Temur davlatiga nisbatan Yusuf so’fining tutgan bunday 
tajovuzkorona siyosati Xorazm ustiga Amir Temurning beshinchi marta yurish qilishiga sabab 
bo’ldi. 1388 yilda Xorazmning poytaxti vayron etilib, uning hududlari Amir Temur davlatiga 
bo’ysundirildi. 
Bu orada Amir Temur Mo’g’uliston hokimi Qamariddin bilan ham to’qnashib qoldi, 
chunki bu davrda uning Movarounnahrga bo’lgan talonchilik xurujlari kuchayib ketgandi. Amir 
Temur mamlakatning Shimoliy-Sharqiy hududlariga nisbatan bo’layotgan muttasil taxdidni 
bartaraf qilish uchun Qamariddinga jiddiy zarba berishga kirishadi. Yigirma yil (1371-1390) 
mobaynida Sohibqiron Mo’g’ulistonga yetti marta yurish qilib, mo’g’ul hukmdorlari Anqoto’ra 
va Kamariddin ustidan g’alaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda 
ichki tarqoqlik, o’zaro nizolar, shuningdek Mo’g’uliston tomonidan bo’lib turgan tazyiqqa chek 
qo’yib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi. Bu 
shubhasiz, Movarounnahr aholisi taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi. Biroq, Amir Temur bu 
bilan qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib, ularni o’ziga 
bo’ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Bu 
davrda Oltin O’rda, Xuroson va Erondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keldi. 
1
The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and 
E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 109-115. 



Amir Temur harbiy yurishni Xurosondan boshladi. 1381 yil u Hirotni egalladi. Saraxs, Jom va 
Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ldi. Xuroson, xususan uning poytaxti Hirot strategik 
jihatdan muhim ahamiyatga ega bo’lib, Eron, Iroq, Shom va boshqa mamlakatlarga o’tishda 
ko’prik vazifasini o’tardi. 1381-1384 yillar davomida Amir Temur Eronning katta qismini 
egalladi. Avval 1381 yilda Kalot, Turshiz va Sabzavor, 1382 yilda Tus, Qalot shaharlari, 1383 
yilda esa butun Xuroson va Mozandaron (Erondagi tarixiy viloyat) bo’ysundiriladi.1384 yilda 
esa Astrobod viloyati va Ozarbayjonning Omul, Sori, Sultoniya va Tabriz shaharlari ham 
bo’ysundirildi. 
Amir Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga uch marta lashkar tortdi. Bu 
yurishlar tarixda «uch yillik(1386-1388)», «besh yillik (1392-1396)» va «etti yillik (1399-1404)» 
urushlar nomi bilan mashhur. Uch yillik harbiy yurishlarda Eron, Ozarbayjon, Gruziya, 
Armaniston) oqibatida Janubiy Ozarbayjon, Iroqning Shimoliy qismi, Gurjiston va Van ko’li 
atrofidagi yerlar egallandi. Amir Temurning «uch yillik» urushlari davrida Shimoliy-g’arbdan, 
ya’ni Oltin O’rda tomonidan bo’layotgan tazyiqqa barham berish maqsadida To’xtamishga 
qarshi uch marta qo’shin tortishga majbur bo’ldi. U 1389 yilda Dizaq (Jizzax)ning Achchiq 
mavzeida, 1391 yilning 18 iyunida (hozirgi Samara bilan CHistopol shaharlari oralig’ida 
joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) daryosi vodiysida va nihoyat, 1395 yilda (28 fevral) 
Shimoliy Kavkazda Terek daryosi bo’yida To’xtamish qo’shiniga qaqshatqich zarba beradi. 
Amir Temur harbiy yurishlari oqibatida Quyi Itil (Volga) viloyatlari, Saroy Berka, Saroychik va 
Hojitarxon (Astraxan) kabi shaharlar egallandi. Amir Temur To’xtamishni quvib Ryazan 
viloyatigacha bordi va Yelest shahrini ishg’ol qildi. Rusiya tarixchilari B.D. Grekov va A.Yu. 
Yakubovskiylrning ta’kidlashicha, Amir Temurning To’xtamish ustidan qozongan g’alabasi 
faqat O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining 
birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. 
Shundan so’ng Amir Temur butun e’tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo va Hindiston 
yerlarini uzil-kesil zabt etishga qaratdi. U besh yillik (1392-1396) urush davomida G’arbiy Eron, 
Iroq (1393 yil 22 avgustda Bag’dod shahri zabt etilgan) va Kavkazni egalladi, natijada 
muzaffariylar va jaloiriylar sulolasining hukmronligi barham topdi. Amir Temurning Hindiston 
ustiga qilgan urushi 1398 yil maydan-1399 yil martigacha davom etgan. Bu urushda Amir 
Temurga qarshi asosiy raqib sifatida Dehli hokimi Sulton Mahmud (1393-1413) chiqdi. 1398 yil 
17 dekabrda Dehli yaqinidagi Panipat yalangligida shiddatli jang sodir bo’ladi. Bu jangda ham 
Sohibqiron qo’shini g’olib bo’ladi. Amir Temur Dehlidan keyin deyarli katta qarshilikka 
uchramaydi. Qariyb o’n bir oy davom Hindiston zabt etildi. Sohibqiron juda ko’p qullar va 
boyliklarni, shu jumladan 120 jangovar filni qo’lga kiritadi va ularni 1399 yil may oyida o’z 
poytaxti Samarqandga olib keladi. Bular orasida ko’zni qamashtiruvchi juda katta, olovdek yonib 
turgan qip-qizil javoxir – 

Download 339,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish