Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

 
Boburiylar davlati 
 
Boburiylar davlati 1526-1858 yillarda, ya’ni 332 yil yashagan. Boburiylar 
davlatining hududi Bobur davrida Afg‘onistonning sharqiy viloyatlari, hozirgi 
Pokiston va shimoli-g‘arbiy Hindistondan iborat bo‘lgan. Uning vorislari 
zamonida davlat hududi Hindiston yarim orolining to‘liq bo‘ysundirilishi evaziga 
Hind okeanigacha bo‘lgan yerlar hisobiga kengaydi. Boburiylar saltanati shimolda 
Himolay tog‘lari bilan, g‘arbda Shayboniylar va Eron safaviylari davlati bilan, 
janub va janubiy-g‘arbda Arabiston dengizi bilan, janubiy-sharqda esa Hind okeani 
bilan chegaradosh bo‘lgan. 
Bu davlatning poytaxti Agra shahri bo‘lgan. Ushbu davlatning asoschisi 
Zahiriddin Muhammad Boburdir. 
Bobur Mirzo barcha temuriyzodalar kabi bobosi Amir Temur davlatini 
tiklash orzusida bo‘lgan. Lekin Movaraunnahrdagi siyosiy vaziyat bunga yo‘l 
qo‘ymadi. Sababi bu davrda Shayboniylar va Safaviylar, shuningdek, Bobur 
o‘rtasidagi vaziyat ancha murakkab bo‘lib, Bobur Mirzo Movaraunnahrdan chiqib 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
ketishga majbur bo‘lgan va Afg‘onistonda o‘z davlatiga asos solgan. Bobur Mirzo 
Qobul hukmdori bo‘lib, Dehkat qishlog‘ida turgan paytda bir kampirdan Amir 
Temurning Hindistonga yurishi haqidagi hikoyasini tinglab, bobosi kabi Hind 
yurtini bosib olishga kirishadi. Bu vaqtga kelib Hindistonda ham siyosiy vaziyat 
ancha murakkab edi. Bu vaqtda Hindiston mayda-mayda knyazliklarga bo‘linib 
ketgan edi. Ibrohim Lo‘diy Dehli va Agra sultoni edi, lekin u Shimoliy 
Hindistonda to‘la hukmronlik qila olmasdi. Bu payda Ibrohim Lo‘diyga ham o‘z 
qarindoshlari tomonidan taxt da’vosi bor edi. Beharlik amakisi Olamxon Lo‘diy 
Dehli taxtiga da’vogarlik qilar edi. Panjob hokimi Davlatxon Lo‘diy esa o‘zi 
mustaqil siyosatni yurgizar edi. Bu paytda Mirzo Boburga Olamxon va Davlatxon 
Lo‘diylar yordam berdilar. Rona Sanga Singx ham Ibrohim Lo‘diyga qarshi 
yurishda o‘z yordamini taklif qilgan. Bunday siyosiy vaziyatdan Bobur Mirzo 
mohirlik bilan foydalandi va Boburiylar davlatiga asos soldi. 
Davlatni Boburiylar sulolasidan bo‘lgan hukmdorlar boshqargan. Ularning 
soni 17 ta bo‘lgan. Bular: Zahiriddin Muhammad Bobur (1526-1530), Humoyun 
(1530-1556), Akbarshoh (1556-1605), Jahongir (1605-1628), Shoh Jahon (1628-
1658), 
Avrangzeb 
Olamgir 
(1658-1707), 
Bahodirshoh 

(1707-1712), 
Jahondorshoh (1712-1713), Farruh Siyar (1713-1719), Muhammadshoh (1719-
1748), Ahmadshoh (1748-1754), Olamgir II (1754-1760), Shoh Olam I (1760-
1788), Bedorbaht (1788), Shoh Olamgir II (1788-1806), Akbar II (1806-1837), 
Bahodirshoh II (1837-1858) edilar. 
Hukmdorlarning shaxsiy fazilatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Mirzo 
Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarida yozilishicha, Bobur behisob 
olijanob hislatlarga ega bo‘lgan, uning mardligi va saxovatpeshaligi hamma 
hislatlaridan ustun bo‘lgan. U jismonan baquvvat bo‘lib, qal’a devorlari ustida ikki 
kishini qo‘ltiqlab, to‘siqlardan bemalol suzib o‘tib, 80 milcha masofani dam olmay 
bir kunda otda bosib o‘tardi. Bobur olim shoh bo‘lgan. U turkiy tilni mukammal 
bilishdan tashqari, arab va fors tillarini ham yaxshi egallagan. Turkiy nasrda asar 
yaratish borasida uning zamondoshlaridan birortasi unga teng kela olmagan. 
“Boburnoma” deb atalgan uning xotiralar to‘plami dunyoda yaratilgan 
avtobiografik asarlar ichida eng yaxshisi hisoblanadi. Uning musiqa sohasidagi 
qobiliyati ham yuqori bo‘lib, u ixtiro qilgan “G‘ijjagi Boburiy”, “Xatti Boburiy”lar 
bunga misol bo‘la oladi. U “Devon” yaratgan bo‘lib, turkiy she’riyatda Alisher 
Navoiydan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hind tarixchisi S.R.Sharma uni “ajoyib 
chavandoz, mohir mergan, chaqqon qilichboz va tolmas ovchi” deb ta’riflaydi. 
Sulolaning 2-chi hukmdori Humoyun bolaligidanoq turk, arab va fors tillarini 
yaxshi o‘rgangan va bu tillarda bemalol yoza olgan. Diniy e’tiqodiga ko‘ra 
musulmon bo‘lsa-da, e’tiqodida diniy fanatizm sezilmas edi. Otasi sunniy, onasi 
shia mazhabidaligi uchunmi, diniy mazhablarga befarq qarar edi. Humoyun 
jismonan qaddi-qomati kelishgan, baquvvat va og‘ir mehnatga chidamli bo‘lgan. 
Xumoyun 1556-yilda saroy kutubxonasidan yiqilib, fojiali o‘lim topgan. 
Sulolaning 3-chi humdori Akbar tolerant (bag‘rikeng) shaxs bo‘lgan. Hindistonda 
e’tiqod erkinligi yaratganligi uchun unga “Imomi Odil” unvoni berilgan. 
Abulfazlning “Akbarnoma” asarida keltirilishicha, Akbarshohning bo‘yi 
o‘rtabo‘ydan sal yuqoriroq, yuzi bug‘doyrang, qo‘sh-ko‘zi qora arslon kelbatli 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish