Telegram kanal
:@tarixolimpiada
badarg‘a qilindi. XVIII asr o‘rtalarida janubiy-g‘arbiy Hindistonga yevropaliklar
kirib kelishi bilan xristianlik mazhablari ham paydo bo‘ldi.
Davlatning boshqaruvi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, Boburiylar davlatining
ma’muriy idora tuzilishi o‘z tabiatiga ko‘ra Amir Temur davlatida mavjud
bo‘lganidek, harbiy hokimiyat bo‘lib, mamlakat markazlashgan yakka hukmdorlik
tamoyili asosida podshoh tomonidan boshqarilgan. Podshoh hokimiyati mutloq
bo‘lib, qonun chiqarish ham ham, bosh harbiy sarkardalik ham shoh shaxsiyatiga
mujassam bo‘lgan. Davlatda bir qancha yuqori mansablar bo‘lib, ular quyidagilarni
tashkil etardi:
Vakil
- podshoh nomidan ish ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan bosh
vazirdir. Bu lavozim faqatgina Akbar taxtga chiqqan paytda mavjud bo‘lib, u 14
yoshda taxtga chiqqanida badaxshonlik amir Bayramxon unga otaliq – vakil etib
tayinlangan.
Devonbegi
– bosh vazir hisoblanib, moliya ishlarida ham unga
to‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysungan.
Mir Baxish
– saltanat xazinasidan sarf qilingan barcha
xarajatlarni hisob-kitob qilib borgan.
Xoni
–
Zamon
– mamlakatdagi bosh ish
boshqaruvchi hisoblangan.
Sadr us-sudur
– saltanatdagi diniy masalalar bo‘yicha
bosh sardor hisoblangan. Bundan tashqari quyidagi mansablar mavjud bo‘lgan:
Mir Baxri
– soliq ishlarini rasmiylashtiruvchi kotib;
Axtabegi
– otxonalar va
otlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxs;
Mushrif
– kemachilik bo‘yicha bosh
admiral, port boshlig‘i;
Mustavfi
– taftish hay’ati boshlig‘i va boshqalar.
Mamlakat viloyatlarga bo‘lib boshqarilgan. Humoyun davrida viloyatlar soni
12 ta bo‘lib, Akbar hukmronligi davrida 15 ta, Shoh Jahon davrida 22 tagacha
yetdi.
Boburiylar saltanatining boshqaruv tuzulish shakliga ko‘ra, cheklanmagan
monarxiya shaklida bo‘lgan.
Boburiylar saltanatida madaniy hayot yuksak rivojlangan. Davlatda ta’lim
musulmon bolalari uchun maktab va madrasalarda – qizlar alohida, o‘g‘il bolalar
alohida olib borilgan. Bolalar besh yoshida maktabga qabul qilingan. Hind bolalari
“patshala” (maktab)da aralash tarzda o‘qitilgan. Bobur hukmronligi davrida
Dehlida madrasa qurilgan va unga diniy va dunyoviy fanlar o‘qitilgan. Akbar
davrida musulmon va mahalliy hind bolalari bir xil maktablarda o‘qib, barcha
fanlardan bir xil darslik va qo‘llanmalardan foydalanish tartibi joriy etildi. Ilm
dargohi bitiruvchilarga o‘zlashtirgan fanlarni majmuasiga qarab 3 xil ilmiy daraja
berilgan. Mantiq va falsafani o‘rganganlarga “Fozil”, diniy bilim sohiblariga
“Olim” va adabiyot sohasida ilm olganlarga “Qobil” unvoni berilgan. Boburiy
podshohlar o‘zlari ham ilm-ma’rifatli bo‘lgan va asarlar yozgan. Boburning
“Boburnoma”, Jahongirning “Tuzuki Jahongiri”, Avrangzebning “Fatvom
Olamgiri” asarlari bunga misol bo‘la oladi.
Me’morchilikda Humoyun maqbarasi, Shoh Jahon davrida qurilgan
Agradagi Toj Mahal maqbarasi diqqatga sazovordir. Toj Mahal Shoh Jahonning
1630-yilda vafot etgan malikasi Mumtoz Mahal sharafiga qurilgan. Uning qurilishi
1647-yil tugallangan va eron-hind me’morchiligi uslubida qurilgan. Madaniy
aloqalarning kengayishi natijasida ilm-fan, adabiyot, san’at, me’morchilik taraqqiy
etgan, astronomiya yuksalgan. Dehli, Jaypur va boshqa shaharlarda rasadxonalar
qurilgan. Adabiyotda xalq diniy-sektantlik harakati g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi
“Bhatki” poeziyasi rivojlangan. Mazkur oqimning yirik namoyondalaridan biri
Do'stlaringiz bilan baham: |