Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
yozilishicha, Mahmud G‘aznaviyning 300 mingga yaqin otliq va piyoda lashkari 
bo‘lgan. Bundan tashqari, qo‘shin tarkibida harbiy kemalar (daryo va dengiz floti), 
500 ta harbiy fillar bo‘lgan. Harbiy qo‘shin kamon, nayza, qilich, gurzi va boshqa 
qurollar bilan qurollangan.
Davlat hukmdorlarining ayrimlari amalga oshirgan ishlari va islohotlari
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojini ta’minlagan. Xususan, 
Sobuqtegin turk g‘ulomlaridan iborat 20 mingdan iborat muntazam yollanma 
qo‘shin tuzdi, o‘z nomidan tanga zarb qildirdi. Uning o‘g‘li Mahmud davrida
harbiylarning nufuzi yanada oshdi. U qo‘shin tarkibiga harbiy fillarni ham olib 
kirdi, G‘azna va Qobul shaharlarida o‘z nomidan kumush dirham zarb qildirdi.
Ilm-fanga homiylik qilib, saroyda ijod muhitini yaratgan. U 1025-yil
saljuqiylardan jabr chekkan 4 ming o‘tovdan iborat turkman qabilalarini Abiverd, 
Niso va Farova tumanlariga ko‘chirib, ularga yer ajratib berdi. Uning vorislaridan 
Xusravshoh taqdir taqozosi bilan poytaxtni G‘aznadan Lohurga ko‘chirdi.
G‘aznaviylar davlatida ilm-fan, madaniyat, xususan, adabiyot rivojlangan. 
Hatto, Mahmud G‘aznaviyning o‘zi turkiy ona tili bilan bir qatorda fors, arab va 
pahlaviy tillarini ham mukammal bilgan, she’rlar yozgan. Poytaxt saroyda 400 dan 
ortiq olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan. G‘aznaviylar davlatida qurilish va 
me’morchilikka ham jiddiy e’tibor berilgan. G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur va 
boshqa shaharlarda ko‘plab madrasalar, masjid, xonaqoh va saroylar bino qilinib, 
kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan.
Bu yerda yashab faoliyat ko‘rsatgan tarixiy shaxslar Abul Fazl Bayhaqiy, 
Gardiziy, 1017-yil Xorazm Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olingach, u 
yerdan poytaxt G‘aznaga keltirilgan buyuk mutafakkirlar – Abu Rayhon Beruniy, 
Nosir Husrav va ma’lum muddat G‘aznaviylar saroyida yashagan Abul Qosim 
Firdavsiylardir. Beruniy “Qonuni Mas’udiy”, Bayhaqiy “Tarixi Mas’udiy” 
asarlarini Sulton Mas’udga bag‘ishlaganlar. Firdavsiy 34 yillik ijod mahsuli 
bo‘lgan, nazmda (she’riy), masnaviy (ikkilik) janrida yozilgan mashhur 
“Shohnoma” asarini sulton Mahmudga taqdim etgan. 
G‘aznaviylar tarixini o‘rganishga oid bir qancha manbalar mavjud. Bular 
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, muallifi noma’lum bo‘lgan “Chahor maqola” 
(XII asr), “Jome ul-hikoyat”, “Lubob ul-albob” (XIII asr), “Miftox ul-adl” (XIV 
asr) hamda eng ishonchli manbalar hisoblangan Gardiziyning “Zayn ul-ahbor”, 
Bayhaqiyning “Tarixi Mas’udiy” (Tarixi Bayhaqiy), Beruniyning “Qonuni 
Mas’udiy”, “Hindiston”, “Osorul boqiya”, Abu Nasr Utbiyning “Tarixi Yaminiy” 
(Yamin ud-davla tarixi) asarlari shular jumlasidandir. Mustaqillik yillarida o‘zbek 
davlatchiligiga oid juda ko‘plab asarlar yaratildiki, ularni nomma-nom sanab 
o‘tishning hojati bo‘lmasa kerak.
G‘aznaviylar davlatining o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, u kuchli 
harbiy qo‘shin hisobiga qudratga erishgan imperiya edi. Uning qo‘shinida boshqa 
turkiy davlatlarda bo‘lmagan harbiy fillar mavjud bo‘lgan. Davlatning poytaxti esa 
ilgari hech qaysi bir davlatning ma’muriy markazi vazifasini bajarmagan. Tashqi 
tomondan qaraganda qudratli bo‘lgan bu imperiya (hududi kattaligi jihatidan) ich-
ichidan yemirilib bordi. Bu davlatning boshqa davlatlardan farqlanadigan asosiy 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish