Telegram kanal
:@tarixolimpiada
dehqonchilik qilingan. Bundan tashqari, beda, zig‘ir, kanop ekish ham aholi
dehqonchiligida qo‘llanilgan. Zig‘ir va kanopdan olingan yog‘lar o‘sha davrda
katta shuhrat topgan. Mamlakatda chorvachilik va yilqichilik rivojlanganligi bois
mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, har xil matolar, egar-jabduqlar, charm va
charm mahsulotlari, chodirlar, chakmonlar va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarilgan.
G‘aznaviy hukmdorlari qo‘shni davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga
qo‘yganlar. Xususan, Sobuqtegin 996-yil Movarounnahrga bostirib kirgan
qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular o‘rtasida shartnoma
tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Sobuqtegin esa
Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmdor bo‘lib oladi. Uning o‘g‘li Mahmud
G‘aznaviy G‘arbiy Qoraxoniylar davlati (poytaxti Samarqand) va Sharqiy
Qoraxoniylar (poytaxti Bolasog‘un) hukmdorlari o‘rtasidagi ziddiyatlardan ustalik
bilan foydalangan. 1025-yil Mahmud Sharqiy Qoraxoniylar tamg‘achxoni Qodir
bilan Samarqand yaqinida uchrashgan. Ana shu uchrashuvda Mahmud G‘aznaviy
Qodirxonning siyosiy diplomatiyada savodsizligi, qo‘polligini ko‘rgach, uni
o‘zining muomalasi, mehmondo‘stligi, boyligi va zeb-ziynatlari bilan lol
qoldirmoqchi bo‘lgan. U bezatilgan chodir tayyorlatib, uni hayratomuz yasattirgan,
qimmatbaho sovg‘alar bilan bezagan. Ziyofatni haddan ortiq darajada quyuq
qilgan. O‘z qarorgohiga qaytgan Qodirxon Mahmud oldida uyalmaslik uchun
g‘aznaviy sultonga katta miqdorda pul, oltin bilan bezatilgan egar-jabduq, yuganli
dul-dul otlar, oltin belbog‘li turk g‘ulomlari, turli mo‘ynalar va boshqa turdagi
boyliklarni yuborgan. Bu Mahmudning diplomatik g‘alabasi edi. Mahmudning
tashabbusi bilan ikki qoraxoniy davlat o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan va undan
sulton unumli foydalangan. Mahmud Xorazm hukmdori Ali ibn Ma’mun va uning
ukasi Ma’mun ibn Ma’munlarga o‘z singillarini bergan va nikoh orqali diplomatik
aloqalar mustahkamlangan. Keyinchalik (1017), Alitegin ismli lashkarboshining
ma’muniylarga bosh ko‘tarib, ularni taxtdan ag‘darishi Mahmudning Xorazmga
yurish boshlashiga bahona bo‘lgan. U arab xalifasi Qodir bilan ham tinchlik va
do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan. Ayrim hind rojalariga sovg‘a-salomlar berib, ularni
o‘ziga bo‘ysundirgan. Uning o‘g‘li Mas’ud davrida qo‘shni davlatlar bilan,
xususan, saljuqiylar bilan urush kelib chiqadi va Dandanakon degan joyda (1040)
g‘aznaviy sultoni saljuqiylardan mag‘lubiyatga uchraydi. Shunday bo‘lsa-da,
barcha g‘aznaviy hukmdorlari Arab xalifaligi bilan elchilik aloqalarini yo‘lga
qo‘ygan.
G‘aznaviylar davlatining boshqaruv shakli cheklanmagan monarxiya bo‘lib,
u diktaturaga asoslangan edi. Davlat tuzilishi azaldan rivojlanib kelayotgan turkiy
davlatchilik asosida qurilgan bo‘lsa-da, biroq u o‘ziga xos mustamlakachilik
xususiyatiga ega edi. Davlat boshlig‘i sulton deb yuritilgan. Bosh vazir tizimida
harbiy, elchilik, rasmiy tadbirlar, moliya, qozilik ishlari va xabar-pochta devonlari
faoliyat ko‘rsatgan. Viloyat hokimlari voliy, shahar hokimi rais deb yuritilgan.
Viloyatda boshqaruv ishlari amid, shahrlarda qutvol tomonidan amalga oshirilgan.
Davlatning harbiy holati esa ancha shakllangan edi. Davlat qudratli
qo‘shinga
ega
bo‘lgan.
Qo‘shinning
bosh qo‘mondoni
– sipohsolor,
lashkarboshilar – solor, harbiy qismlar esa sarxang deb atalgan. Manbalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |