Telegram kanal
:@tarixolimpiada
kela olmagan. Uning o‘g‘li Mas’ud esa biroz xotirjam, harbiy san’atda otasi
darajasida bo‘la olmagan va uning davrida mamlakat viloyatlari birin-ketin
qo‘ldan chiqa boshlagan. Sulolani keyingi vakillarining shaxsiy fazilatlari haqidagi
ma’lumotlar manbalarda nihoyatda kam uchraydi.
G‘aznaviylar davlatining ijtimoiy ahvoli Somoniylar davlatidagi singari
bo‘lgan. Aholining asosiy qismini turkiy va forsiy tilda so‘zlashuvchi aholi tashkil
qilgan. Davlat bosharuvida bir necha devonlar bo‘lib, shulardan muhtasib devoni,
vaqflar devoni, qozilik ishlari devoni ijtimoiy masalalar bilan shug‘ullangan.
Masalan, muhtasib devoni xizmatchilari zimmasiga shahar va qishloqlarda, ko‘cha
va bozorlarda tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda
chegaradan chiqmaslik kabi ishlar yuklangan. Vaqflar devoni vaqf xo‘jaligining
yuritilishi ustidan nazorat qilgan bo‘lsa, qozilik ishlari devoni mamlakat
miqyosidagi sud – shariat ishlarining adolatli olib borilishi ustidan nazorat qilgan.
G‘aznaviylar davlati aholisining asosiy qismi islom diniga e’tiqod qilgan.
Ayniqsa, mamlakatning markaziy o‘lkalari, ya’ni G‘azna, Balx, Nishopur, Lohur
va boshqa shaharlarda aholi e’tiqodi uchun ko‘plab masjidlar, xonaqohlar bunyod
etilgan edi. Mamlakatning sharqiy hududlari (Shimoliy-g‘arbiy Hindiston)da
yashovchi aholining ko‘pchilik qismi buddaviylik diniga e’tiqod qilar edi.
G‘aznaviy hukmdorlari o‘zlarini islom dini homiylari deb hisoblaganlar.
Xususan, Sobuqtegin qoraxoniylarga qarshi kurashda somoniy amirlarga bergan
ko‘magi uchun “Nosir ud-din ud-davla” (din va davlat homiysi), o‘g‘li Mahmud
esa “Sayf ud-din” (din shamshiri) degan unvonlarga ega bo‘lgan. Arab xalifasi
Qodir Mahmudni islom dini homiysi ekanini e’tirof etib, “Yamin ud-davla va amin
al-milla” (davlatning o‘ng qo‘li va dindorlik jamoasining ishonchli vakili) unvonini
bergan.
G‘aznaviylar davlatining iqtisodiy hayoti O‘rta Osiyoning boshqa
davlatlaridan deyarli farq qilmagan. Davlatda iqtisodiy masalalarni boshqarish
Moliya ishlari devoni zimmasida bo‘lgan. Davlatning asosiy daromad manbai
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bo‘lgan. Yerning
asosiy qismi davlat yeri (mulki sultoniy) bo‘lgan. Bundan tashqari, yirik harbiy
sarkardalar va sayyidlarga tegishli “mulki xos”, davlat oldidagi xizmatlari evaziga
hadya qilinadigan “mulk yerlari” (iqto‘) hamda diniy muassasalar – masjid,
madrasa, xonaqoh, qabristonlar ta’minoti uchun “vaqf” yerlari mavjud bo‘lgan.
Davlatda xiroj, ushr, jiz’ya, zakot singari soliqlar bo‘lgan. Davlat soliqlari yer
egasidan ham, yerda ishlovchi qo‘shchi dehqondan ham alohida-alohida olinar edi.
G‘aznaviylar davrida Markaziy Osiyoda “Buyuk ipak yo‘li” orqali karvon savdosi
katta ahamiyat kasb etgan. Karvon savdosi Markaziy Osiyo orqali Janubiy-sharqiy
Yevropa mamlakatlarini Xitoy, Hindiston bilan bog‘lab turar edi. Xitoy va
Hindiston bilan bog‘laydigan yo‘l eng gavjum va serqatnov karvon yo‘li bo‘lgan.
Bu yo‘l Bag‘doddan boshlanib, Hamadon, Nishopur, Marv, Niso, G‘azna, Lohur
orqali Hindistonga borar edi.
Davlatda ishlab chiqarish munosabatlari ancha rivojlangan edi. G‘aznaviylar
davlati hududi asosan qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lganligidan hatto
hunarmandlar ham bu soha bilan shug‘ullanar edilar. G‘azna, Multon, Qandahor,
Bust, Panjob vohalarida bug‘doy, arpa, sholi, tariq, g‘o‘za va boshqa ekinlar ekib
Do'stlaringiz bilan baham: |