Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

 
 
 
 


Telegram kanal
:@tarixolimpiada
DAVLATLAR TARIXINI YOZISH BO‘YICHA NAMUNA 
Davlat: G‘aznaviylar davlati. 
X asrning ikkinchi yarmiga kelib Somoniylar davlatida ichki nizolar, 
mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlari avj olib ketdi. Oqibatda 
mamlakatda iqtisodiy tanglik sodir bo‘ldi. Mamlakatda sodir bo‘layotgan bunday 
og‘ir vaziyatda turk hojiblari (harbiy boshliqlar) tashkil topgan saroy 
gvardiyasining nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari 
to‘liq ularning qo‘lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy 
hukmdorlari aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni “hojib ul-hojib” (hojiblar hojibi) 
yoki “hojib ul-buzruk” (katta, ulug‘ hojib) kabi oliy harbiy mansablarga tayinlab, 
ularga hatto ayrim viloyatlarni boshqarish huquqini berganlar. Shunday 
hojiblardan biri Alpteginga G‘azna viloyatini boshqarish vakolati beriladi. U bu 
viloyatni 962-963-yillarda boshqargan. Alptegin G‘azna va Qabul viloyatlarini 
mustaqil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos soladi. Mana shunday 
tarixiy shart-sharoit tufayli yangi bir turkiy davlat tashkil topdi. Bu davlat 962-
1186-yillarda hukm surgan va o‘zining eng qudratli cho‘qqisiga ko‘tarilgan paytda 
uning chegarasi g‘arbda Erondagi Ray va Isfahon shaharlari, Kaspiy dengizi, 
shimoliy-g‘arbda Xorazm va Orol dengiziga cho‘zilgan. Sharqda esa Shimoliy 
Hindistonning kattagina qismini o‘z ichiga olgan va Janubiy Belujistongacha 
yetgan edi. Somoniylar sulolasi barham topgach, Mahmud G‘aznaviy ularning 
Xurosondagi hududini, so‘ng Xorazm davlatini ham o‘z saltanatiga qo‘shib olgan. 
Bu qudratli davlatning poytaxti G‘azna (hozirgi janubiy-sharqiy Afg‘onistonda) 
shahri bo‘lgan va davlatni shu shahar nomi bilan ataluvchi G‘aznaviylar sulolasi 
boshqargan.
G‘aznaviylar sulolasida 14 hukmdor bo‘lgan. Bular: Alptegin (962-963), 
Sobuqtegin (977-997), Ismoil (997-998), Mahmud G‘aznaviy (998-1030), 
Muhammad (1030), Mas’ud (1030-1041), Muhammad (ikkinchi marta) (1041), 
Mavdid (1041-1048), Mas’ud II, Ali abul Hasan (1049-1051), Abdurashid (1051-
1099), Mas’ud III (1099-1115), Sherzod, Arslon, Bahromshoh (1117-1153), 
Xusravshoh (1153-1160), Xusrav Malik (1160-1186)lardir. 
G‘aznaviylar davlati hukmdorlaridan faqat eng buyuklarininggina shaxsiy 
fazilatlari haqida tarixiy manbalarda ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, 
davlatning birinchi va ikkinchi hukmdorlari, ya’ni Alptegin va Sobuqtegin asli turk 
g‘ulomi (qul) bo‘lgan va somoniylar oldidagi sadoqatli xizmati hamda harbiy-
siyosiy iste’dodi tufayli hukmdorlik darajasiga yetib borgan. Tarixiy manbalarda 
(Abul Fazl Bayhaqiy) Sobuqtegin iste’dodli sarkarda, somoniylarga Hindistonni 
zabt etib bergan fotih, oqko‘ngil va odil inson deb ta’riflangan. Sobuqtegindan 
keyin taxtga chiqqan uning kichik o‘g‘li Ismoil mamlakatni 7 oy boshqargan. U 
tabiatan tartibsiz, tor fikrlovchi, takabbur bo‘lgan. Lekin undan keyin taxtga 
chiqqan ukasi Mahmud G‘aznaviy adolatli, fuqaroparvar, tadbirkor, sermulohazali 
va kelajakni oldindan ko‘ra biladigan, har qanday murakkab muammolarni aql 
bilan odilona hal etadigan hukmdor bo‘lgan. Uning metindek intizom, qattiqqo‘llik 
va talabchanlik siyosatiga asoslangan harbiy yurishlariga uncha-buncha kuch bas 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish