Telegram kanal
:@tarixolimpiada
Tulsidas (1532-1624) mashhur “Ramayana” dostonini yaratdi. Boburiylar
davlatida musiqa san’ati ham yuksak darajada taraqqiy etgan. Bu davrda mahalliy
hind musiqasi Movaraunnahr va Eron musiqa san’ati an’analari ta’sirida yanada
boyigan. Tarixchi Haydar Mirzo (1499-1551)ning “Tarixi Rashidiy” asarida
aytilishicha, bu yerda Movaraunnahr musiqiy asboblaridan torli-kamonli sozlar
ko‘proq tarqalgan.
Davlat hududida yashab faoliyat ko‘rsatgan tarixiy shaxslar, bular – Rana
Sanga – 1527-yil Bobur bilan kurashda Sikri jangida yengilgan, Mohim Begim –
Boburning bosh xotini, shahzodalar tarbiyachisi bo‘lgan. Gulbadanbegim –
Boburning ma’rifatli qizi, Sherxon Sur – Humoyunga qarshi kurashda afg‘on
qabilasi yetakchisi, Bayramxon – Akbarshohning otalig‘i va bosh vaziri, Mumtoz
Mahal – Shoh Jahonning suyukli xotini, Zebuniso Begim – Avrangzeb
Olamgirning shoira va olima qizi, Abulfayz Allomiy – Akbarshoh davrida ijod
qilgan tarixchi olim, Nur Jahon Begim – Jahongirning xotini, davlat ishlarida faol
ishtirok etgan.
Boburiylar davlati dastlab g‘arbda Eron Safaviylari davlati bilan diplomatik
aloqalarini o‘rnatgan. Har ikki davlatning asoschisi bo‘lgan Bobur va Ismoil
Safaviy o‘rtasidagi munosabatlar 1508-yilda o‘rnatilgan edi. Keyinchalik Bobur
1511-yil Samarqand taxtini egallaganida ham Ismoilning harbiy siyosiy ko‘magi
nihoyatda katta bo‘lgan. Boburning o‘g‘li Humoyun ham Eron bilan aloqalarni
yaxshilagan. 1540-yil Sherxon Surdan mag‘lub bo‘lgach, u Eronga shoh Taxmasp
huzuriga panoh topgan va 1555-yil Eron davlati ko‘magida Hindiston davlatini
qayta egallaydi. Akbarshoh davrida Movaraunnahr, ya’ni Shayboniylar davlati
bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shayboniy Abdullaxon II boburiylar
hukmdori Akbarshoh huzuriga 4 marta (1572, 1577, 1585, 1588-yillar) elchi
yuborgan. Birinchi elchilikda savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Ikkinchi elchilikda
Abdullaxon II Akbarshohga Eronni o‘zaro taqsimlab olish takliflarini aytgan.
Uchinchi elchilikda Abdullaxon Badaxshonni shayboniylar tomonidan bosib
olinish maqsadlarini tushuntirish bo‘lsa, to‘rtinchisi o‘g‘li Abdulmo‘minning
Akbarshohga nisbatan hurmatsizlik qilganligi uchun uzr so‘ragan. Abdullaxon II
Akbarshoh saroyiga bir qancha miniaturachi rassomlar, xususan Muhammad
Murod Samarqandiyni,1585-yil o‘z elchilari bilan birga shoir Mushviqiyni ham
yuborgan. Akbarshohning o‘g‘li Jahongirshoh va Buxoro xoni Imomqulixon
davrida ikki davlat o‘rtasidagi elchilik munosabatlari davom etgan. Lekin
Jahongirshohning o‘g‘li Shoh Jahon davrida Hindiston-Buxoro munosabatlari
yomonlashadi. Avrangzeb bilan Abulfayzxon hamda Subhonqulxon o‘rtasidagi
elchilik aloqalari davom etgan. 1747-yil Afg‘oniston davlati tashkil topgach,
boburiylardan Ahmadshoh va Olamgir II lar Afg‘oniston bilan diplomatik
munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Olamgir II janubdan kirib kelgan ingliz va
Portugal kompaniyalari bilan ham savdo aloqalarini o‘rnatgan.
Manbalarda yozilishicha, boburiylar davlati harbiy holatida qurolli kuchlar
asosan besh toifaga bo‘lingan. Ular suvoriylar, jangchi fillar kavaleriyasi, piyoda
askarlar to‘pchi va o‘qchilar guruhidir. Shuningdek, ularda uncha ko‘p bo‘lmasada
harbiy dengiz va daryo floti qo‘shini bo‘lgan. Suvoriylar qo‘shini quyidagi
guruhlarga bo‘lingan: “Ahadu” navkarlari - eng oliy toifadagi askarlar bo‘lib, faqat
Do'stlaringiz bilan baham: |