Akbar zamonov tarix fanidan olimpiadaga



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/157
Sana18.02.2022
Hajmi5,61 Mb.
#456766
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   157
Bog'liq
Olimpiada

Telegram kanal
:@tarixolimpiada
kishi bo‘lgan. Burnining chap yonida no‘xatning yarmicha keladigan xoli bo‘lgan. 
Sulolaning 4-chi hukmdori, asli ismi Salim bo‘lgan Jahongirshohni otasi ancha 
ulg‘ayganda o‘g‘illi bo‘lganligi uchun erkalatib “Shayx Bobo” deb ham atar edi. U 
insofli va xudojo‘y inson bo‘lgan. Sulolaning 5-chi humdori asli ismi Hurram 
bo‘lgan Shoh Jahonning shaxsiga kelsak, tarixchilar uni madaniyatli, bilimdon, 
qat’iy irodali inson va odil shoh, adabiyot san’atining zukko bilimdoni deb 
ta’riflaydilar. U san’at ixlosmandi edi, juda yaxshi hofiz bo‘lgan, musiqa, tasviriy 
va me’morchilik san’atini sevgan. Shu bilan birga, uning hayotida johillik va 
shafqatsizlik namoyon qilingan ko‘rinishlar ham bo‘lgan. Buni otasi tirikligi 
paytida unga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilganligidan ko‘rish mumkin. Sulolaning 6-
chi humdori Avrangzeb (taxt bezagi) arab, fors, turkiy va hind tillarini yaxshi 
bilgan, arab alifbosining “shikasta” va “nasta’liq” usullaridan yozishda mohir 
qattot bo‘lgan. U qurol ishlatishni va jang olib borish san’atini yaxshi egallagan. 
Avrangzeb Olamgir nihoyatda takabbur bo‘lgan va biroz mutaasiblikka ham yo‘l 
qo‘ygan. Iste’mol qiladigan taomlari ham, kiyadigan liboslari ham juda sodda, 
ortiqcha hasham va zeb-ziynatlardan xoli bo‘lgan. Manbalarda yozilishicha, u 
umrida biror marta ham sarhush qiladigan ichimlik ichmagan. Uning xotinlari bir 
vaqtning o‘zida to‘rttadan oshmagan. 
Boburiylar davlati iqtisodiy hayoti Movaraunnahrdagi kabi edi. Boburiylar 
xazinasining boyish manbalari savdo solig‘i, saltanatda zarb qilingan pullar, 
musodara qilingan egasiz mollar, tuz solig‘i, davlat ixtiyoriga keladigan yillik 
o‘lpon to‘lovlari, urushlardan olingan o‘ljalarning beshdan bir qismi, sovg‘alar 
hamda yer soliqlaridan iborat edi. Mahalliy soliqlar “ahbob” deb atalgan. Bobur 
davrida barcha yerlar jogir sifatida bo‘lib berilgan. Akbar yer soliq tizimini ancha 
takomillashtirdi. 1580-yildan boshlab yer o‘lchovi qilib “Gazi Iskandari”, 
keyinchalik “Gazi Ilohiy” qabul qilingan. Bobur va Humoyun o‘zlarining nomi 
bilan suratli tanga zarb qildirgan. Akbar davrida esa pul muomalasi ancha 
takomillashdi. U tilla, kumush va misdan tanga pullar zarb ettirdi. Jami 26 xil 
tanga pullar zarb qilingan. Kumush tangalar “rupiy” deb, mis tangalar “dom” 
(paysa) deb atalar va u rupiyning 1/40 qismiga teng edi. Eng kichik mis tanga esa 
“jital” deb atalib, paysaning 1/25 qismiga teng edi. Boburiylar iqtisodiy hayotida 
pul muomalasi ancha rivojlangan edi. 
Boburiylar davlatining ijtimoiy hayoti Movarounnahrniki bilan o‘xshash 
bo‘lsa-da, jamiyatning poydevori hind jamoalari asosida qurilgan edi. Davlatda eng 
ko‘p aholini hindlar tashkil qilsa-da, afg‘onlar, turklar, forslar, o‘zbeklar ham 
mamlakatdagi nufuzli xalq vakillaridan sanalgan. Hind qabilalari diniy jamoalarga 
bo‘lingan va ularni diniy rahnamolar boshqargan. 
Boburiylar davlatida asosiy din islom edi. Islom hindlarga boburiylardan 
ham oldin kirib kelgan. Naqshbandiya tariqati Bobur davrida keng yoyildi. 
Humoyun ham naqshbandiya tariqatini qo‘llab-quvvatlagan. Akbar davrida bu 
harakat vakillari o‘z mavqelarini tiklagan. U e’tiqod erkinligi joriy qilgan, 1564-
yilda “jizya” solig‘ini bekor qilgan. Mamlakatda islom bilan bir vaqtda 
nasroniylik, hinduizm va buddaviylik dinlari vakillari ko‘pchilikni tashkil qilgan. 
Avrangzeb davrida jaholatparastlik avj oldi, islom dinida bo‘lmaganlar ta’qib 
ostiga olindi, “Navro‘z” bayrami taqiqlandi, raqqosa va sozandlar saroydan 



Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish