10-mavzu. Mustaqil O‘zbektonda pedagogik fiklarning rivojlanishi.
Reja
1.Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
2.Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari.
3.Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlar.
Asosiy tushunchalar:
Bu davr o‘zbek xalqi tarixining muhim bir qismini tashkil etadi. XX asr
boshlari pedagogika tarixida jadidichilikni paydo bo‘lishi mustamlakachilikka
qarshi erk va ozodlik uchun kurashda xalqni ilm-ma’rifatli qilish g‘oyasi, yangi
usul maktablarida ta’lim-tarbiya tizimi bilan xarakterlanadi. Jahon xalqlari
pedagogik tajribalari, g‘oyalari ta’siri, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy hayot talabi
pedagogika tadqiqotlarini rivojlanishiga asos bo‘ldi.
Xalqimiz mustamlaka davridagi milliy zulm va ijtimoiy adolatsizlikdan
aziyat chekmasada, hech
qachon tushkunlikka tushmadi, kelajakka komil ishonch
bilan qaradi. Xalq orasidan chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori,
Abdulla Avloniy, Fitrat, Siddiqiy-Ajziy, Abduqodir Shakuriy,
Xoji Muin
Shukrullo singari o‘z davrining ilg‘or ziyolilari mamalakat va xalq ahvoliga
achinib, o‘zlaricha bunga chora izlay boshladilar. Mamlakatdagi qoloqlik va
qashshoqlikning asosiy sababi ilmsizlik va erksizlikdir degan xulosaga kelganlar,
mehnatkash ommani ma’rifat egallashga, bilim olishga,
xurriyatga chaqirdilar,
diniy ilm bilan birga dunyoviy bilimni targ‘ib qildilar. Xalqni ilmli, ma’rifatli
qilish yo‘llarini axtardilar, natijada, XX asr boshlariga kelib milliy uyg‘onishga
chorlovchi jadidchilik harakati yuzaga keldi.
Jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalq ommasini
ma’rifatli qilish orqali mamalakat rivojiga, mehnatkashlar
hayotini yaxshilashga
ko‘maklashishdan iborat edi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri Mahmudxo‘ja
Behbudiy shunday yozadi: Xalq o‘z irodasini anglasa, milliy maktab va madrasalar
ochsa, Ovro‘pa dorilfununlariga bolalarini yuborsa, ulardan advokat, muharrir va
hunarmand, savdogar va muhandislar chiqsa, bularning har biri o‘z vazifalarida
turib,
ishlarini tartib ila tuzsalar, xalqimizning foydasini ko‘zlasalar naqadar oliy
va go‘zal bo‘lur degan edi.
Jadidlar milliy o‘yg‘onish g‘oyalarini hayotga joriy etishda matbuot,
maktab-maorif hamda adabiyot va san’at imkoniyatlaridan unumli foydalandilar.
“Xurshid”, “Vaqt”, “Buxoroi sharif”, “Sadoi Farg‘ona”, “Sadoi Turkiston” kabi
gazetalarni tashkil etib ma’rifatparvarlik, vatanparvarlik, taraqqiyparvarlik, erk va
mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qildilar.
1917 yil inqilobiy to‘ntarishdan keyin ijtimoiy tuzum ta’lim-tarbiya
mazmunini tubdan o‘zgartirildi. Marksizm, Leninizm ta’limoti asosida
kommunistik tarbiya nazariyasini ishlab chiqish davlat siyosati pedagogikani va
barcha ijtimoiy fanlarni subyektivlik botqog‘iga botirdi.
Bu siyosatga qarshi
jadidlarning ko‘plari 20-30 yillarda qoralandi, shaxs kamolotiga ilmiy asoslarni
yaratgan rus pedagoglaridan S.T.Shatsskiy, V.Blonskiylar qatag‘on qilindi. Ta’lim-
tarbiyada “proletar” yo‘qsillik g‘oyasi, byurakratik, tobelik-“bo‘l tayyor!”
chaqirig‘iga olib bordi;
- ta’lim-tarbiyada
indivudial
xususiyatlarni hisobga
olish
diferensiallik qonuniyati bo‘zildi, hamma bir xil dasturda o‘qitildi;
- Ta’lim-tarbiyada yoshlarni hayotga,
yashashga, mehnatga, kasbga
tayyorlash, o‘rniga komunistik g‘oya asosigina o‘qitildi.
XX asrning o‘rtalarida ko‘pgina mamlakatlar iqtisodiy, madaniy taraqqiyot
yo‘liga tushdi. Bizning mamlakatda ta’lim-tarbiyaning yoshlarni hayotga
tayyorlash, mehnatga, kasbga tayyorlash, o‘lda-cho‘lda bo‘ldi.
Pedagogikaning elementlar asoslari yaratildi, Abdulla Avloniy “pedagogika
tarbiya fani demakdir” deb ta’rif beradi. Fanni rivojlanishida jahonda ta’lim-
tarbiya tizimi, ilg‘or tajribalar samarali ta’sir etdi. Ma’rifatparvarlar maktab ta’limi
sohasidagi yangiliklarni targ‘ib qildilar, zamonaviy bilim olishga chaqirdilar.
Z.Furqatning “Gimnaziya”,”Ilm xosiyati” she’rlarida
yangi usuldagi maktablarda
targ‘ib qilindi. Ilminskiy metodi asosida yangi usul maktablarining didaktik asosi
ishlab chiqildi. YA’ni asrlar bo‘yi davom etgan quruq yodlash o‘rniga harf-tovush
metodini joriy etilishi savodxonlik samaradorligini oshirdi. Toshkentda
o‘qituvchilar seminariyasi, 1920 yilda Toshkent dorilfununi tashkil etildi.