10-mavzu. Mustaqil O‘zbektonda pedagogik fiklarning rivojlanishi. Reja


XX asrning 60 chi va 80 chi yillarida O‘zbekistonda



Download 240,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi240,54 Kb.
#839654
1   2
Bog'liq
10-маъруза

XX asrning 60 chi va 80 chi yillarida O‘zbekistonda 
pedagogika fanining taraqqiyot yo‘nalishlari 
 
 
 
 
Dastlab pedagogika sohasidagi ilmiy 
tadqiqotlar uch muhim yo‘nalishda 
amalga oshirildi: 
 
O‘zbekistonda 50-60 
yillarga 
qadar 
pedagogik muallimalar 
bo‘yicha 
tadqiqot 
ishlarini 
amalga 
oshiradigan 
birorta 
markaz mavjud emas, 
oliy ilmiy malakaga ega 
bo‘lgan 
mutaxassislar 
nihoyatda oz va ilmiy 
xodimlarning bir qismi 
o‘tmish 
madaniy 
merosga 
noto‘g‘ri 
munosabatda bo‘lar edi. 
Shunga 
qaramay 
respublikamiz pedagog 
olimlari qiyinchiliklarni 
yengib 
muvaffaqiyatlarga 
erishdilar 
(O.Hasanboyeva) 
K.YE.Bendirgayev “Turkistonda xalq ta’limi 
tarixidan ocherklar” 
I.I.Umnyakov “Buxoroda yangi usul maktabi 
tarixiga doir” 
S.Rajabov “O‘zbekistonda maktablar tarixi” 
E.Qodirov “O‘zbekiston umumta’lim 
maktablarining rivojlanish tarixi (1917-
1975 yillar)” 
Z.Mirtursunov 
“A.Navoiyning 
pedagogik 
qarashlari” 
S.Rahimov “Abu Ali ibn Sinoning 
pedagogik qarashlari ” 
Pedagogika tarixi 
Tarbiya nazariyasi 
Ta’lim 
nazariyasi 
S.Rajabov 
“Pedagogika fani 
taraqqiyotining 
ba’zi masalasi” 
S.Temirova 
“Oliy maktab 
didaktikasi” 
A.S.Yefimov 
Tarbiyaning 
metofologik asosi:
“O‘qituvchilik 
kasbi” 
M.Ochilov 
“Bo‘lajak 
o‘qituvchilarni 
axloqiy 
shakllantirish” 
R.Mavlonova 
-O‘zbekistonda 
boshlang‘ich 
ta’lim taraqqiyoti; 
-Mehnat ta’limi 
metodikasi 
J.Hasanboyev, 
O.Hasanboyeva. 
“Oliy maktab 
didaktikasi”
O.To‘rayeva Oila 
pedagogikasi“, 
“Odobnoma” 
D. .Shodiyev “Fizika 
ta’limi nazariyasi” 
N.Shodiyev 
“Kasbga ....... 
yo‘llash nazariyasi” 
S.Temirova 
-Oila tarbiyasi; 
-Sinf rahbari 
faoliyati; 
-Bolalarda 
mustaqilligi 
tarbiyasi 


Bugungi pedagogika fani o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashiga zamin 
hozirlashdek ulkan vazifani bajarishga safarbar etilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, “2004 – 2009 yillarda maktab ta’limini 
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan barkamol shaxsni 
shakllantirish yo‘nalishlari, qonuniyatlari va tamoyillariga asoslangan holda keng 
ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshrildi. 
Pedagogika fanini rivojantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturi fanning 
mazkur sohasi yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularga uzluksiz ta’lim – 
tarbiya berish, pedagogik qo‘llab – quvvatlash, yoshlar ongiga milliy istiqlol 
g‘oyasi va mafkurasini singdirish, umumpedagogik va xususiy didaktik bilim, 
ko‘nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik asoslarini yaratish bilan 
izchil tadqiqot olib borildi, pedagogika fani davlat tomonidan ilmning ustivor 
sohasi sifatida e’tirof etildi. 
Pedagogika fanining rivojlantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturida Jahon 
va Sharq pedagogik tafakkuri, maktab, oila, mahalla hamkorligi pedagogikasi, 
shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlari, o‘quvchi shaxsini jamiyat 
hayotiga tayyorlashning shakl va vositalari, ta’lim – tabiya metodlari, qonuniyat va 
tamoyillari eng ilg‘or yutuqlarga tayanilgan holda ishlab chiqildi. 
Mazkur dasturni yaratishda Jahon va Sharq pedagogikasining o‘ziga xos 
jihatlari, aloqadorlik va umumiylik tomonlari, Sharq mutafakkirlarining uyg‘onish 
davrida pedaogikaga qo‘shgan hissalariga tayaniladi. 
Pedagogika fanini rivojlantirish va istiqbolga yo‘naltirish dasturi uzluksiz 
ta’lim- tarbiya tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan pedagogik tadqiqotlarning 
umumiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Maktabgacha ta’lim, maktab, oila, 
akademik litsey, kasb – hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy – 
pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish tizimida ta’lim – tarbiya va 
pedagogik ta’limning umuminsoniy hamda milliy xarakterga ega bo‘lgan yagona 
yo‘nalishlarini ilmiy jihatdan tadbiq qilindi.
Istiqbolda pedagogik antropologiya va ijtimoiy psixologiya sohasidagi 
tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, pedagogika fani ta’lim – tarbiyaning darajasi 
hamda shaxsning ma’naviy qiyofasi, uni sotsiokorreksiya qilish yo‘llari va 
qonuniyatlari, insonning aqliy intelektual salohiyati orasidagi aloqadorlikni har 
tomonlama ochib berishi, pedagogik diagnostika hamda kognitiv pedagogika 
sohasidagi tadqiqotlarga keng yo‘l ochilishi, maktabda beriladigan ta’lim – tarbiya 
darajasi bilan o‘quvchi shaxsining oilaviy turmush tarzi orasidagi aloqadorlikni 
pedagogik jihatdan ta’minlash yo‘llari va mexanizmlari yaratildi.
Jinoyatchilik va xuquqbuzarlikning oldini olishda maktabda beriladigan 
ta’lim – tarbiya ta’sirini oshirish yo‘larini tadqiq etish, pedagogika fanining 
ommaviy axborot vositalari, mustaqillik mafkurasining keng targ‘ib qiluvchi 
manbalar, shuningdek, madaniy – oqartuv muassasalari, teatr, kino – teatr, 
madaniyat saroylari, turli klublar va hokazolar bilan aloqasini kuchaytirish, bu 
muassasalarning ta’lim – tarbiya jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri nazariy jihatdan 
asoslandi. 
O‘quvchi va talabalarning o‘z – o‘zini tarbiyalash, bilim va aqliy 
salohiyatini oshirish jarayonini tashkil etish, mavjud oqimlarning shaxs taraqqiyoti, 


uning axloq – odobi, dunyoqarashiga ta’sirini har tomonlama rivojlantirish 
istiqbollari. 
Bu jarayonda pedagogika fani bevosita ijtimoliy psixologiya, barcha ijtimoiy 
fanlar bilan aloqadorlikda ish ko‘rdi. Pedagogika fani ta’lim-tarbiya jarayonini 
tashkil etishning yo‘l va vositalari, qonuniyat va tamoyillarini taqdim qilar ekan, 
birinchi navbatda, o‘quvchi va talabaning ruhiy hartomonlama barkamol shaxs 
sifatida rivojlanishi ilmiy-amaliy asoslarni ishlab chiqdi. 
Pedagogika fani Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “2004-2009 yillarda 
maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablaridan kelib 
chiqqan xolda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar 
kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishning didiaktik qonuniyatlari 
va tamoyillarini ishlab chiqdi, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va 
kasb-hunar kollejlari uchun davlat ta’lim standartlarini ilmiy asoslarga tayangan 
xolda muntazam takomillashtirib borish mexanizmlarini belgilab berdi, o‘quv 
dasturlari, darsliklarning yangi avlodi, o‘quv-metodik majmualar yaratishning 
optimal modellarini yaratildi.
Oliy o‘quv yurtlari, magistratura, bakalavryat, yuqori malakali pedagoglarni 
xamda ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta ishlash hamda malakasini 
oshirishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqildi. 
Davlat va jamiyat Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “2004-2009 
yillarda rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” talablari asosida o‘qituvchi va 
murabbiylarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini nazariy-metodik 
jihatdan ta’minlash bo‘yicha.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 15 may 2014 yil 
Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada mavzuida so‘zlagan nutqida va 
dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan nufuzli olimlar, ekspertlar, 
YUNESKO rahbarlari tomonidan e’tirof etilganidek, buyuk ajdodlarimizning 
merosi butun insoniyatning ma’naviy boyligidir. Bu jahonshumul e’tirof 
mustaqillikning davstlabki yillarida bashorat qilingan “tarixiy xotirasiz kelajak 
yo‘q” ta’limotining mantiqiy davomi o‘tgan davrda mamlakatimiz taraqqiyotidagi 
isboti bo‘ldi. 
Ta’lim-tarbiyada tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik pedagogik qonuniyat 
va metodologik tamoyil sifatida asoslanadi. 
“Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshrilgan kashfiyotlar 
zamonaviy ilm fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib 
berishning ahamiyati shunchalik muhim deb hisoblayman. 
O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, 
tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohasidagi beqiyos yuksalish, ilmiy 
maktablarning vujudga kelishi. yangi-yangi iste’dod to‘lqinlarning paydo bo‘lishi 
va voyaga yetishi - bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va 
shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandchilik va savdo-sotiqning 
yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi 
va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan”,─ 
deydi Islom Karimov. 


Prezidentimiz ta’kidlaganidek, xalqimiz jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shgan
Sharqu-G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz 
hududiga ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona 
zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan, 
matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, 
falsafa, ahloqshunoslik kabi ko‘plab sohalarga oid asarlar yaratilgan. “Buyuk ipak 
yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan Osiyoga, Sharq va G‘arb ulug‘ allomalari, 
mutafakkirlarining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommalashgan”. 
Xivada tashkil topgan Ma’mun akademiyasi - “Baytulhikma”, ya’ni 
“Donishmandlar uyi” nomi bilan shuhrat qozongan Bog‘dod akademiyasi, XV 
asrda shakllangan Mirzo Ulug‘bek ilmiy maktabining fan taraqqiyotida tutgan 
o‘rnini faxr bilan qayd etildi. 
Ma’mun akademiyasiga asos solgan, “Baytulhikma”da ilmiy ishlarni 
boshqargan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy haqida shunday deydi: “Al-
Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning 
aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi 
bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi 
xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va 
asarlari “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda 
abadiylashtirildi”. Jahon ekspertlari oldidagi bu iftixor va e’tirof butun dunyo 
Xorazmiyning ilm-fan rivoji yo‘lidagi hissasini yuksak qadrlashidan dalolat beradi. 
Ahmad Farg‘oniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari o‘n ikkinchi asrda 
lotin va ivrit tillarida tarjima qilingan, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, 
Gollandiya va AQSH kabi ko‘plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani
naqadar uning ulkan ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. “Yerning o‘lchovi” 
haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani 
xususidagi dalillar mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa 
universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan 
hamda buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa 
sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgani” ta’kidlandi. 
O‘rta asrlar Sharq ilm-fan rivojida Xorazm Ma’mun akademiyasi alohida 
o‘rin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjima va hattotlar maktabi kabi 
tuzilmalarga ega bo‘lgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, iste’dodli talabalar 
ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy,
Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniylarning umumbashariy tafakkur 
rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Avvalo, ana shular kabi piru-ustozlarning 
namunasi, qolaversa, mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoit uchun, “Oqqan 
daryo - oqishi” da ilm ahli mas’uldir. 
Jahon ilmiy anjumanida mamlakatimiz rahbarining Abu Rayhon Beruniy 
haqida faxrlanib aytganlari bunga misoldir: Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon 
Beruniy ilmiy dahosi bilan yartailgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning 
o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy izlanishlaridan bizgacha faqat 31 tasi 
yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq 
bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat 
beradi. 


Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib, dengizlar nazariyasi va 
Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif 
etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, 
Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a 
mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo 
bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham 
XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb 
atalishi bejiz emas. – deb ta’kidlaydi. Buyuk alllomalarning ijod ustaxonasi, ilhom 
manbai haqida yangi ma’liumotlar aniqlanmoqda. Ulug‘ bobokalonimizning asli 
ismlari Muhammad bo‘lgani (chunki o‘sha davr an’anasi shunday edi) rayxon 
gulini yaxshi ko‘rganlari uchun o‘zlarining laqablarini va qizlarining nomini 
Rayhon deb atagan ekanlar.
Fanshunoslik masalasi haqida fikr yuritganda, buyuk bobokalanimiz Abu Ali 
ibn Sino nomini dunyo fani va madaniyati tarixida zarhal harflar bilan bitilganini; 
doimo yashil bo‘lib turuvchi tropik o‘simlik “Avetseniya”, meditsina “Madadi 
Sino” deb atalishi; ko‘plab mamlakatlarda ko‘chalar, o‘quv va tibbiyot 
muassasalariga uning nomi qo‘yilgani; alloma sharafiga medal va mukofot ta’sis 
qilinganini faxr va iftixor bilan qayt etish mumkin. Prezidentimiz Islom Karimov 
1998 yil 6 noyabrda YUNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan 
taqdirlanganini xalqimizning umumbashariy sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasi va xizmatini tan olinishi davlatimiz tomonidan tarixi, madaniy ma’naviy 
merosni asrab-avaylash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida 
xizmatlarni munosib bahosi bo‘ldi. 
Anjumanda Islom Karimov u haqda: “Islom olamining eng mashhur faylasufi 
va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutaffakkirlaridan biri” 
degan unvonga sazovar bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati 
avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot 
ishlarini 16 yoshidan boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar 
yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, 
fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga 
bag‘ishlangan. Leanardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab 
olimlar uning asarlarini o‘qib hayratga tushganlar. 
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur 
bo‘lgan “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn 
Sino keyingi bir necha yuz yil tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy 
yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini 
yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmokologiya sohalarining eng muhim usullariga 
asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki 
kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil 
davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan”. 
Prezidentimizning xalqaro konfrensiya ishtirokchilariga qarata Ibn Sino va 
Beruniyning Aristotelning “Koinot haqida kitob” asari yuzasidan tahliliy 
yozishmalari, ilmiy muloqotlari antik davr falsafiy qarashlarni chuqur anglashi va 
ularni rivojlantirish borasidagi naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganliklarining 
mumtoz namunasi ekanligi iftixor bilan bayon qildi. Ular kabi buyuk allomalar 


insoniyat tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab Ma’mun akademiyasini 
shakllanishiga asos bo‘lgani qayt etildi. YUNESKO tomonidan Ma’mun 
akdemiyasining 1000 yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tiklangani 
malakatimizda ajdodlar xotrasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tiborning 
yorqin namunasidir. 
Fanlar tarixi haqida fikr yuritganda qomusiy olim Abu Nasr Farobiyning 
“Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur 
mohiyati” va boshqa 160 dan ortiq asarlarini misol keltirish mumkin. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek,─ “X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Farobiyni 
zamondoshlari universal bilimga ega bo‘lgani bois “Sharq Aristoteli” deb 
ataganlar”. 
O‘rta asrlarda fan taraqqiyoti, olimu mutafakkirlarni butun bir avlodi haqida 
fikr yuritganda “Mirzo Ulug‘bek bamisoli yorqin yulduz” ekanligi ta’kidlandi. U 
bir qator shaharlarda madrasalar qurdirgan, Samarqandda ilmiy maktab-tom 
ma’nodagi akdemiya yaratgan, unda 200 dan ortiq olim faoliyat ko‘rsatgan. “Ziji 
Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asarlarida 1018 yulduzni o‘rni va holati 
aniqlab berilgan. Uning hisob-kitoblari hozirgi zamon texnologiyalaridan deyarli 
farq qilmaydi. “Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk alloma sifatida 
shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordono Bruno, Goleley 
va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi”,─ dedi Ilom Karimov 
konfrensiya qatnashchilariga qarata. 
Mirzo Ulug‘bek akademiyasida faoliyat ko‘rsatgan Qozizoda Rumiy, Ali 
Qushchi va uning safdoshi Al-Koshiy kabi allomalarning fan taraqqiyotidagi 
yutiqlarini e’tirof etdi, Al-koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga 
kiritgani qayt etdi. Istiqlol yillarida Mirzo Ulug‘bek merosini o‘rganish borasida 
ulkan ishlar qilindi, 1994 yil mamlakatimizda Ulug‘bek yili deb e’lon qilindi, 
uning 600 yilligi jahonda keng nishonlandi, Parij shahrining YUNESKO 
qarorgohida buyuk allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman 
o‘tkazildi. 
Jahonda buyuk allomalarning ilm-fandagi yutuqlari qadrlanadi, ularning 
merosini o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda, ularning xotirasiga yodgorliklar 
barpo etilgan. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, latviyada Mirzo Ulug‘bekka, 
Yaponiya, Rossiya va Azarboyjonda Alisher Navoiyga, misrda Ahmad 
Farg‘oniyga o‘rnatigan haykallar buning ifodasidir. 
Renessansning beshigi bo‘lgan Sharqda fanning ko‘pgina sohalari 
rivojlangan. Adabiyotshunoslik, san’at, tarixnavislik, tilshunoslik kabi ijtimoiy 
fanlar jahonshumul asarlar yaratilgan. Abu Abdulloh Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy 
Ganjafiy, Sa’diy, Hofiz SHeroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur kabi faylasuf, 
ma’rifatparvarlarning asarlari shular jumlasidandir. Prezidentimizning nutqida 
dunyo tarixida birinchi turkiy tillar lug‘ati Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni 
lug‘atit turk” kitobi, Mahmud Zamaxshariyning arab tili grammatikasi dunyoda 
birinchi marta ko‘p tilli arabcha-forscha-turkiy lug‘ati, Yusuf Xos Hojibning 
didaktik asarlarini misol keltirish mumkin. 
Tarixiy xalqaro anjumanda Islom Karimov “buyuk merosning mingdan bir 
qismigina bizgacha yetib kelganini” ta’kidladi. “Bugun hech bir mubolag‘asiz 


aytish mumkin va buni men alohida qayd etmoqchiman. O‘rta asrlar Sharq 
ldaholarining buyuk kashfiyotlaridan iborat ilmiy merosning chuqur qatlamlari hali 
to‘liq o‘rganilmagani va o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda,─ deydi yurtboshimiz. 
Haqikatdan ham Samarkand, Toshkent, Xiva, Shaxrisabz, Buxoro, Qarshi 
kabi qadimiy madaniyat markazlarining YUNESKO qarori bilan tarixi, shu 
jarayonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ilmiy taraqqiyotini o‘rganish borasida 
anchagina tadqiqotlar olib borildi, borilmoqda. Prezidentimiz tariximizni 
o‘rganishga da’vati mustaqillik dastlabki yillaridan boshlangan edi. Anjumanda 
“Barchamiz yaxshi tushunamizki,─ dedi Islom Karimov ─ erishilgan bilimlarni, 
o‘tmishda, jumladan, o‘rta asrlar Sharqida amalga oshirilgan olamshumul 
kashfiyotlarni chuqur o‘zlashtirmasdan turib na ilm-fanda, na boshqa sohalarda 
yangi, yanada yuksak marralarni zabt etib bo‘lmaydi. Biz kelgusi faoliyatimizda 
ham ayni shu tamoyillarga qat’iy amal qilamiz”. 
Fanning tarixini o‘rganish, avvalo, ilmiy tadqiqotning mezoni, asosiy 
tamoyilidir. Makon va inson, inson va makon, zamon va inson, inson va zamon 
dialektik uyg‘unlik shu ona zaminda kelajak avlodni yashashi ijtimoiy iqtisodiy 
qonuniyatlari, tarixiylik ─ milliylik ─ umuminsoniylik triada pedagogik 
tadqiqotlarning istiqboli va metodologik asosidir. Ikkinchidan, barkamol avlod 
milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish omilidir. Bu tamoyil 
yurtboshimizning anjumanda so‘zlagan nutqining xulosasida o‘z ifodasini topdi: 
“O‘zining tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylashga, boyitish va 
ko‘paytirishga, shuningdek, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yetarli e’tibor qaratmaydigan, har 
tomonlama uyg‘un rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z qarash va yondashuviga, 
grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxsni kamol toptirishni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘ymaydigan har qanday davlat va jamiyat tarix va taraqqiyot yo‘lidan 
chetga qolib ketishga mahkum ekani biz o‘zimizga yaxshi tasavvur qilib kelganmiz 
va yaxshi tasavvur etamiz”. 
Bu haqiqat mamlakatimiz taraqqiyoti uni jahonning mashhur olimlarining 
anjumandagi e’tirofida o‘z isbotini topdi. 
Anjumanda YUNESKO bosh direktorining o‘rinbosari Xubert Gizen nutqida 
shunday degandi: “Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Ulug‘bek Al-farg‘oniy, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma va mutafakkirlar dunyo 
ilm-fani, falsafa va madaniyat rivojiga ulkan hissa qo‘shganlar va ushbu mintaqa 
dovrug‘ini butun jahonga taratganlar. Ular amalga oshirgan tadqiqotlar va ilmiy 
ishlarning natijalari bir necha asrlar davomida Yevropaning yetakchi 
universitetlarida ilm-fanning muhim manbai bo‘lib xizmat qilgan va bugungi 
kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasdan kelmoqda. Demak, ushbu 
allomalarning ilmiy va hayotiy jasorati, bebaho kashfiyotlari nafaqat Markaziy 
Osiyo mintaqasida, balki boshqa qit’alarda ham bugungi davr olimlari, ayniqsa, 
yoshlar uchun saboq bo‘lib kelmoqda, o‘rnak va namuna vazifasini o‘tamoqda”.
 

Download 240,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish