Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi faoliyati va boshqaruv tizimi. Reja



Download 22,94 Kb.
Sana12.01.2022
Hajmi22,94 Kb.
#353395
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi faoliyati va boshqaruv tizimi.

Reja:

1.Kutubxona haqida.

2.Faoliyati va bo’limlari.

3.Boshqaruv tizimi

1. O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasining tarixi bevosita Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarixi va faoliyati bilan bog'liqdir.

O'zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining 1929 yil 17 yanvardagi qarori bilan jumhuriyat poytaxti Samarqandda O'rta Osiyoda birinchi marta O'zbekiston Davlat ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilingan edi.

Davlat ilmiy tadqiqot instituti 1931 yilda Toshkentda bir necha tarmoq institutlarga ajratilgan. Bulardan biri O'zbekiston Madaniy qurilish instituti bo'lib, uning qoshida aspirantura tashkil qilingan. Bo'lajak o'zbek tilshunoslaridan Faxriy Kamolov, Olim Usmonov, Safo Zafariy va boshqalar dastlabki aspirantlar edi.

Bu institutning o'z kutubxonasi bo'lgan.

1934 yilda O'zbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (O'zNIIKS) negizida uch ilmiy tadqiqot instituti ochilgan: Xalq maorif komissarligi huzurida Maktablar instituti hamda hozirgi san'atshunoslik va til hamda adabiyot institutlari.

Xalq maorif komissarligi huzuridagi Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti tugatilgach, institut kutubxonasi Xalq maorif komissarligi ixtiyorida qolgan, oradan ko'p vaqt o'tmay bu kutubxona Maktablar instituti ixtiyoriga o'tkazilgan va unga birinchi mudir etib 1935 yil may oyida Rubina Lyudmila Dmitrievna (1902-1978) tayinlangan. Kutubxonachilik ixtisosligi bo'yicha o'rta ma'lumotli, o'z ishida fidoiy, insonparvar Lyudmila Dmitrievna mazkur ilm maskanini 36 yil boshqardi. 1971 yilda tantana bilan pensiyaga kuzatildi.

Rubina Lyudmila Dmitrievna kutubxonaga rahbarlik qilgan davrida o'zi bilan ishlagan jamoa bilan birgalikda kutubxona tarixida unutilmas iz qoldirdi. U yillari kutubxonada yoshlar Pavlova Lyudmila Viktorovna, Zalegskaya Lyudmila Kalimirovna, Olya Fiala bilan birga, o'rta yashar mutaxassislar Olga Dmitrievna, Boyburova Amina, Belousova Valentina Ilinichna va boshqalar ishlar edilar.

Bu davrda ziyo maskani Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining ilmiy pedagogika kutubxonasi nomi bilan yuritilar edi. L.M.Rubina ishbilarmonligi bilan kutubxona fondi O'zbekiston tabiati, tarixi, ta'lim-tarbiyaga oid inqilobgacha va inqilobdan keyin nashr qilingan turli kitoblar, gazeta va jurnallar, darsliklar, turli to'plamlar bilan boyitilgan. Kutubxonada XIX-asrda nashr qilingan 2000 ga yaqin kitob bo'lgan. Bu kitoblarning ma'lum qismi sotib olingan, ayrim kitobxonlar, chunonchi: S.M.Gromeniskiyning qizi, N.P. Afangalskiy, V. Krestovskaya va boshqalar o'z shaxsiy kitoblarini kutubxonaga topshirganlar. Bu yillari kutubxonadagi arab alifbosida nashr qilingan kitoblar, darslik, qo'llanma, gazeta va jurnal va hokazolarning to'liq kartotekasi tuzilgan.

Kitobxonlar jamoasi ichida ta'lim tarbiya, xususiy metodika, maktab-maorif sohasida ilmiy ishlar olib borgan dastur va darsliklar, o'quv-metodik qo'llanmalar yaratish masalalari bilan shug'ullangan mualliflar, chunonchi: Halil Qayimov, Mashriq Osimov, Ye.D.Polivanov, N.P.Arxangalskiy, Mashriq Yunusov, V.A.Chinnova, N.Takanaev, Imomxon Xusunxo'jaev, A.V.Mirtov, Fayzulla Erg'oziev, M.Muhamedov va boshqalar kutubxonaning faollari bo'lganlar, ular o'z kitoblaridan dasxatlar berib turganlar.

Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va uning kutubxonasi Ulug' Vatan urushi davrida (1941-1945) o'z faoliyatini to'xtatmagan, ammo ishlovchilar soni qisqartirilgan. Kutubxonada vaqti-vaqti bilan urush davrida Toshkentda istiqomat qilgan adiblar, olimlar bilan uchrashuvlar o'tkazilgan. Bunda Aleksey Tolstoy, Korney Chukovskiy, Anna Axmatova, akademik Nachkina va boshqalar qatnashganlar.

Kutubxona fondidagi kitoblardan ortiqcha nusxalari urush davrida tashkil qilingan bolalar uylariga berib turilgan.

1971 yildan kutubxonaga Gorban Alisa Vlasovna rahbarlik qila boshladi. Bu davrda kutubxona Toshkentning 1 may ko'chasidagi 17 uydan (O'zbekiston Maorif ministrligi shu binoda edi.) Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti binosiga (direktor E.Q.Qodirov), ya'ni Olmazor ko'chasidagi 174 uyga ko'chirilgan.

Kutubxona mudiri A.V.Gorban o'z faoliyatida M.D.Rubina olib borgan ishlarni davom ettirdi. Kutubxonada 9 kishidan iborat kengash tuzildi. Kutubxona fondini asosan pedagogik va xalq ta'limi masalalariga oid ishlar, davriy matbuot bilan boyitish yuzasidan ish olib borildi, o'zbek tilida nashr qilingan kitoblarni ko'proq olishga e'tibor qaratildi. Sobiq Ittifoqdagi pedagogika ilmiy tadqiqot institutlari kutubxonalari bilan adabiyotlar almashtirish ishi yo'lga qo'yildi. Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardagi kutubxonalardan ham vaqtincha foydalanish uchun kitoblar almashib turildi. Toshkent shaxrida sobiq Ittifoqdagi pedagogika ilmiy tadqiqot institutlari kutubxonalari rahbarlari bilan seminar va uchrashuvlar o'tkazildi.

A.V.Gorban boshchilik qilgan yillarda kutubxona xodimlari Respublika viloyatlariga borib, joylarda maktab kutubxonalari ishini tartibga keltirish sohasida katta ishlar qildilar. Institutlarning ilmiy kengashlarida hamda yil oxirida kutubxona ishlari yuzasidan axborot va hisobotlar muntazam eshitib borildi.

1935-1980 yillarda kutubxona institut qoshidagi ilmiy kutubxona edi; 1981 yil yanvardan O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi nomini oldi. Kutubxonadagi kitoblar o'zbek va rus tilida boyitildi, gazeta va jurnal maqolalari kartotekasi tuzildi. Nodir kitoblar fondini tartibga solishga kirishildi.

O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasiga 1993 yil 17 yanvardan G'anieva Donoxon Akmalovna direktor qilib tayinlandi. Hozir kutubxonada 30 dan ortiq mutaxassis ishlaydi, uning kitob fondida besh millionga yaqin kitob bor. 1986 yildan boshlab kutubxonadagi kitoblarning ko'rsatkichi o'zbek va rus tilida nashr qilina boshlandi.

O'zbekistonning mustaqillika erishuvi, "Ta'lim to'g'risida" gi Qonun, "Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida"gi Qonun, "Kitob maxsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi" Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasining oldiga yangi vazifalar qo'ydi. "Davr talablari darajasida ishlash har bir xodimning burchidir" - shiori ostida kutubxona xalq uchun xizmat qilmoqda.

Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtiirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 26 sentyabrdagi ПҚ-3289 – son Qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti tasarrufida faoliyat olib bormoqda. Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi xodimlariga va idoralariga qarashli axborot-kutubxonalar taremog’iga hizmat ko’rsatadigan ilmiy-pedagogik, axborot-bibliografik soha kutubxonasi, pedagogika va psixologiya bo’yicha respublikada ilmiy izlanishlar olib borayotgan izlanuvchi va magistrlar uchun asosiy pedagogika va ta’lim bo’yicha adabiyotlar to’plangan majmui hisoblanadi.

Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasiga 1934 yilda asos solingan. 

2.  Kutubxonada ilmiy-metodik bo’lim, ilmiy-bibliografik bo’lim, adabiyotlar bilan jamlash va adabiyotlarga ilmiy ishlov berish bo’limi, foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish va kitob saqlash bo’limi, zamonaviy information texnologiyalar va internet sinf bo’limi kabi bo’limlar faoliyat yuritmoqda.

Kutubxona fondida noyob nashrlar mavjud bo’lib, XIX asrda nashr etilgan 3435 ga yaqin kitoblardan tashkil topgan. Chunonchi: Asvad Ibrahimbekning “Turk tili grammatikasidan darslik” (arab tilida 1887 yilda nashr qilingan). Rasuliyning “Mahalliy bilim yurtlarining 4-5 sinflari uchun eron tilidan o’quv qo’llanma”si (1913 yilda arab yozuvida nashr qilingan). Mafradatning “Nastalih eroniy husnihatidan o’quv qo’llanma”si (1893 yilda Toshkentda arab yozuvida nashr qilingan). Mahammad Zixniyning “Tilni mustaqil ravishda chuqur (mufassal) o’rganish uchun arab tilidan siyosiy grammatika” kitobi (1987 yilda arab tilida nashr qilingan). Mamsadin Somiyning “Qomus al-olam. Ilmiy. Texnikaviy atamalar, tarix, tuxrofiyat xar tomonlama tushuntirish va olamni atoqli kishilari bilan tanishtirish uchun” nomli kitobi. (1889-1893 yillarda arab yozuvida nashr qilingan). Kutubxona fondlari bugungi kunga kelib yarim 500 mingdan ortiq bosma birlikni o’z ichiga oladi. Kutubxona fondi xar yili o’rta hisobda 18-20 ming nusxa kitob. 152 nomdagi maxalliy, xorijiy va axborot tarzidagi jurnallar, 46 nomdagi gazetalar bilan boyib boradi. Kutrubxonada 6348 nusxada ilmiy nashrlar mavjud bo’lib. Bular pedagogika sohasida taqdim etilgan nomzodlik va doktorlik dissertatsiya va avtoreferetlar hisoblanadi.

Kutubxonada pedagogika va ta’lim bo’yicha chop etilgan barcha jurnallar eng birinchi sonidan boshlab jamlangan. Bular 1869 yildan boshlab nashr qilingan, ustozlar va ota-onalar uchun mo’ljallangan “O’qituvchi” (Учитель) jurnali, 1917 yildan chiqa boshlagan “Туркестанский учитель”, 1907 yildan nashr qilingan “Свободное воспитание” jurnali, 1893 yildan chiqa boshlagan “Русская школа” jurnali, 1889 yildan nasr qilina boshlagan “Министерство народного просвешения” jurnallaridir.

Hozirgi vaqtda kutubxona 5000 dan ortiq kitobxonga xizmat ko’rsatmoqda. Bular ilmiy xodimlar, aspirantlar, maktab o’qituvchilari va talabalardir.

Kutubxonaning ma’lumotnoma majmuini umuman mamlakat bo’yicha, shu jumladan O’rta Osiyo Jumxuriyatlarida 1920 yildan to bugungi kungacha xalq ta’limining tug’ilishi, rivojlanishi xaqida kitobxonga axborot beruvchi, pedagogika va xalq maorifiga doir gazeta va jurnal maqolalarining bosh sistemali katalogi durdonasi bo’lmish kataloglar va kartotekalarning bir butun tizimi ifoda etadi.

Kutubxonada O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 5 iyuldagi “Elektron kutubxona to’g’risida”gi namunaviy Nizomni hamda axborot-kutubxona va axborot – resurs markazlarida va kutubxonalarda to’liq matnli electron axborot – kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalini tasdiqlash xaqida”gi 198-sonli Qaroriga asosan electron kutubxona tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar 20000 ga yaqin adabiyot va jurnallarning electron nushalari yaratildi. Shuningdek kutubxona ishlarini avtomatlashtirish ucun mo’ljallangan KaDaTa dasturiy ta’minotida electron katalog ishlab turibdi. Elektron katalogda 122000 dan ortiq bibliografik yozuvlar jamlangan.



Hozirgi vaqtda kutubxona 5000 dan ortiq kitobxonga xizmat ko’rsatmoqda. Bular ilmiy xodimlar, aspirantlar, maktab o’qituvchilari va talabalardir.
 
Download 22,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish